1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

 Leybnits (1646-1716) falsafiy tizimining o’zagi yagonalik haqidagi ta’limot - 
monadologiyadir. Dunyo monadalardan yoki ruhiy unsurlarning zarrachalaridan 
tashkil topgandir. Monadalar faollikga ega bo’lib, mustaqildirlar, ular uzluksiz 
ravishda o’zgarishda bo’lib, azob-uqubat chekishga, idrok etishga va ongga 
qodirdirlar. Monadalarning birligi va bir-biriga muvofiqligi Xudo tomonidan «tayin 
etilgan uyg’unlik» natijasidir. Rivojlanish darajalariga qarab Leybnits uch xil 
monadalarni farqlaydi. Kuyi darajadagi monadalarga faqat noaniq tasavvurlar 
xosdir (jonli bo’lmagan va o’simliklar dunyosi ana shunday holatdadir). YUqori 
darajadagi monadalar his-tuyg’uga ega bo’lib, ularga tayangan holda oydinroq 


37 
tasavvurlar sohibidirlar (hayvonlar va inson). Ushbu ikki monadani Leybnits jon 
monadalari sifatida ifodalaydi. Monadalar o’zlarining eng yuqori rivojlanish 
bosqichlarida appersepsiyalarga (ongga ega bo’lish) qodir bo’ladilar. Leybnits 
ularni monada-ruhlar sifatida ifodalaydi. Monadalarning har birida rivojlanish 
imkoniyati mavjuddir. Har bir monada o’zida o’z kelajagini ham, o’zining 
o’tmishini ham olib yuradi. 
Leybnits modda bilan bir qatorda va undan mustaqil ravishda mavjud bo’lgan 
borliqning mustaqil ibtidolari sifatidagi makon va zamon haqidagi tasavvurni rad 
etadi. Makonni u ayrim olingan ko’plab yakka jismlarning o’zaro joylashishining 
tartibi sifatida qarab chiqadiki, ular bir-biridan tashqarida mavjuddirlar. Zamon esa 
uning tomonidan bir-biri bilan almashib turadigan hodisalar yoki jismlarning 
holatining tartibi sifatida talqin qilinadi. Leybnits falsafasining yorqin sahifalaridan 
biri uning tomonidan umumiy va yakkaning dialektikasini ishlab chiqilganligidir: 
alohida olingan yakka monada dunyoning bir markazga to’plangan va yagona va 
cheksiz Koinotning ko’zgusidir. Leybnits sezilarli darajada mantiq rivojiga o’z 
hissasini qo’shib, uning tuzilishi va daliliy qonunlarini ochib berib, uning ramzini 
ishlab chiqdi. U hozirgi zamon simvolik va matematik mantig’ining asoschilaridan 
biridir. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling