1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Hayot falsafasi. Hayot falsafasining bosh tushunchasi – «hayotdir». Bu 
tushuncha juda ham tarqoq bo’lib, aniq va tushunarli ifodaga ega emas. U turli 
faylasuflar qarashlarida o’ziga xos xususiyatga ega. Nitsshe nuqtai nazarida hayot 
tirik, tabiiy, «kuchlarni to’plovchi iroda»ga va hokimiyatga intiluvchi narsadir. 
Diltey va Zimmel uchun hayot – bu «yuz bergan narsalarning irodasi, turtki va his-
tuyg’usi», «boshdan kechirilgan afsus-nadomat»dir; Bergson qarashlariga muvofiq 
hayot – bu «uzunlik», «hayotiy jo’shqinlik», «to’xtovsiz ijod», «oqim»dir. Hayot 
uzluksiz oqim sifatida bo’lib, uni aql, mantiq, nazariya vositasida bilib bo’lmaydi, 
faqat bevosita, ichki tuyg’u bilangina idrok etish mumkin. 
Hayot falsafasining asoschisi va eng yirik vakili F.Nitsshe hisoblanadi. Nitsshe 
falsafasida hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda haqidagi ta’limot markaziy o’rinda 
turadi. «Nima yaxshi? – deb so’raydi Nitsshe, - insondagi kuchga, hokimiyatga 
nisbatan bo’lgan iroda va qudratga nisbatan bo’ladigan his-tuyg’uni oshirib 
boruvchi hamma narsa. Nima yomon? Zaiflikdan kelib chiqadigan hamma narsa. 
Baxt-saodat nima? – Kuch va hokimiyatning oshib borishiga nisbatan bo’lgan 
tuyg’u, hamda yangi to’siqni bartaraf qilinganligi sezgisi»
29
. Tirik mavjudot 
dunyosida yashash uchun kurash ham, hokimiyat uchun kurash tarzi sifatida talqin 
etilgan. Jismoniy jarayonlar asosida ham hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda yotadi. 
Nitsshe tortilish va itarish kuchlari agar hokimiyatga nisbatan bo’lgan iroda nuqtai 
nazaridan qarab chiqilmas ekan, unda ularning barchasi ma’noga ega bo’lmagan 
«uydirma» bo’lib chiqadi. 
Jismoniy jarayonlar va hodisalarni soxta deb e’lon qilib, Nitsshe «substansiya», 
«modda», «ruh», «sub’ekt», «ob’ekt» tushunchalarini taxminiy mohiyatlar sifatida 
rad etadi. Uning uchun «ashyoning mohiyati faqat ashyo haqidagi fikrdir». Nitsshe 
dunyoni talqin qilishda «ashyoviylik» va «moddiylik» tushunchalaridan ozod 
bo’lishni talab qiladi. Ammo unday bo’lsa dunyoning o’zi nima? Nitsshe bizga 
hodisa sifatidagi ko’rinishga ega bo’lgan dunyo va tartibsiz his-tuyg’u dunyosini 
29
F.Nitsshe. Antixristianin. –V kn.: Sumerki bogov. M., 1989. 19-b. 


50 
bir-biridan farq qiladi. O’zining «Hokimiyatga bo’lgan iroda» asarida u yozadi: 
«Hodisalar» dunyosi qayta ishlangan dunyo bo’lib, biz uni vrqeylik sifatida 
sezamiz… bu hodisalar dunyosiga qarama-qarshi bo’lgan dunyo «haqiqiy dunyo» 
bo’lmasdan, balki shakli bo’lmagan, ifoda qilib bo’lmaydigan tartibsizlikni sezuvchi 
dunyodir…»
30
.
«Ashyolarni» va ularning xususiyatlarini sub’ektiv uydirma sifatida inkor 
etilishi Nitsshe bilish nazariyasining relyativistlik va agnostlik xususiyatini belgilab 
berdi. Bilish faqat «hokimiyatga bo’lgan intilish irodasi»ning vositasi bo’lib, 
foydanigini ko’zlaydigan xususiyatga ega. SHunga bog’liq ravishda Nitsshe 
haqiqatni bahosi haqidagi masalani o’rtaga qo’yadiki, u narsa uning fikricha, foyda, 
manfaat (agar ular foydali bo’lsa, xatto adashish, anglishish va yolg’on bilan ham) 
bilan tenglashtiriladi va voqeylikni aks ettirishga uning aloqasi bo’lmaydi. Bu bilan 
Nitsshe haqiqatning pragmatik nazariyasiga asos soladi. Nitsshe mantiq va fan, 
umuman aqliy tafakkurning tanqid ostiga oladi. Uning uchun mantiq qonunlari-
«o’ydirma mohiyatlariga» taalluqli bo’lgan soxta narsalardir. Nitsshe dinni, avvalo, 
xristianlikni alohida tanqid ostiga oladi. Xristianlik raxm qilishni tashviq qilib 
ojizlarni qo’llab-quvvatlaydiki, bu «hokimiyatga nisbatan bo’lgan irodaga», o’z 
hokimiyatini yoyish uchun bo’ladigan kurash sifatidagi hayot mohiyatiga qarama-
qarshidir.
Boshqatdan baholash, shu jumladan, hukmron xristianlik axloqni ham Nitsshe 
yYevropa sivilizatsiyasi asosidagi xristianlikni rad etib «barcha qadriyatlarni» 
kerakligini e’lon qiladi. Nitsshe ikki xil axloqni ya’ni asosiy axloqiy tushuncha 
bo’lgan «yaxshilik» va «yomonlik»ni «xo’jayinlar axloqi» va «qullar axloqi» kabi 
bir-biriga to’g’ridan to’g’ri qarama-qarshi nuqtai nazaridan talqin qiluvchi axloqni 
ajratib ko’rsatadi. Xo’jayinlar axloqida «xayrli ish», «yaxshilik» «aslzoda», 
«olijanob», «kuchli» degan ma’nolarga teng, «yomon», «qabohat» esa «past», 
«plebeylik» tushunchalariga teng. «Barcha qadriyatlarni qayta baholash» 
nobarobarlik qoidasidan kelib chiqadigan «xo’jayinlar axloqi»ni tiklashga qaratilgan 
edi. Tengsizlik o’zining barcha xilma-xilliklari va yuksalib borishi bilan barcha 
hayot mohiyatida yashiringandir. «Kishilar barobar emaslar, deydi Nitsshe, va ular 
teng ham bo’lmasliklari kerak»
31
. Tenglikni targ’ib qilish hasad, o’ch olish istagi va 
hokimiyatga ega bo’lmaslikdan kelib chiqadi. «Xo’jayinlar axloqi» yangi 
qadriyatlar tomon yo’naltirilishi lozim: «kimki buyura olmas ekan, bo’ysunishi 
lozim», «o’zingni yaqiningga shafqat qilma», «yiqilayotganni itarib yubor», «yaxshi 
narsa hukmron bo’lishi lozim», «xayrli ishlar qiluvchilar va taqvodorlarni daf’ etish 
lozim», «eng xayrli narsa – hammadan qattiqdir» va hokazo. 
«YAngi axloq» va qadriyatning sub’ekti kelajakdagi «Zabarmard kishi» 
(Sverxchelovek)dir. Nitsshe tasavvuricha, kishilar o’z to’dalarida notavon, 
yolg’onchi, hasadchi, qo’rqoq, ikki yuzlamachi, shahvatron, injiq, qalbaki, nochor, 
sarosimachi, abgor va iflosdirlar. Ular uning uchun «poda», «bozor 
30
F.Nitsshe. Poln. Sobr.soch. T. IX. M., 1910. 269-b. 
31
F.Nitsshe. Tak govril Zaratustra. M.1990. 83-b. 


51 
pashshalari»dirlar. Zabarmard kishi bilan solishtirganda oddiy odam maymunga 
o’xshaydi. «Zabarmard» siymosini Nitsshe Gomer qahramonlarida, vikinglar, Rim, 
arab, yapon va nemis aslzodalarida, sezar, Napoleon va Makiavelli kabi tarixiy 
shaxslarda ko’radi. «Zabarmard» siymosi – bu ilgarigi axloqdan, sarqitlardan 
mutlaqo ozod bo’lgan «yirtqich hayvon»dir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling