1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Pragmatizm falsafasi. Pragmatizm asoschisi mashhur Amerika matematigi
mantiqshunosi va faylasufi CHarlz Pirs (1839-1914) edi. Pragmatizm asosida 
«shubha – din» nazariyasi yotadi. O’z hayoti jarayonida inson qandaydir birlamchi 
xildagi faoliyatlarni ishlab chiqadi. Bizning barcha fikrlarimiz ushbu faoliyatlar 
ko’nikmasini ishlab chiqishga qaratilgandirlar. Pirs aqidasicha, bu maqsadga 
nimaiki taalluqli bo’lmasa, ularning barchasi fikrga qadaladi, ammo uning o’zi yoki 
uning qismi bo’la olmaydi. Bilish jarayonida bizning barchamiz qandaydir 
ishonchga (nimalargadir shonamiz) va qandydir shubhalarga yetib kelamiz. Bizning 
ishonchimiz yoki e’tiqodimiz (nimagalargadir ishonish) – bu muayyan sharoitlarda 
ishlab chiqilgan ko’nikmalar asosida muayyan tarzda faoliyat ko’rsatishga 
tayyorligimizdadir. E’tiqod – bu inson intilgan narsaga aqlning qoniqqan holatidir. 
SHubha esa –qoniqtirmaydigan holatdirki, inson undan qutilishga harakat qiladi. 
Pirs fikricha, har qanday, shu jumladan ilmiy tafakkurning ham maqsadi barqaror 
e’tiqodga (qat’iy fikrga) erishishdir. Haqiqat shunday narsadirki, biz uning 
borligiga ishonamiz. 
SHubhadan ishonchga o’tish uch bosqichni bosib o’tadi: abduksiya 
(gipotezani, taxminni o’rtaga surish), deduksiya (taxmindan oqibatni keltirib 
chiqarish va uning aniqligini tekshirish) va induksiya (oqibatlarni tajribaviy 
tekshirish). Hosil qilingan ishonch to’rtta vosita orqali mustahkamlanishi mumkin. 
Tirishqoqlik usuli. Tirishqoqlikka amal qilgan kishi tanqid va dalillarga qarmay 
o’z qarashlarida sobit turadi. Obro’ga e’tibor usuli. Bu usul qoidasiga binoan ba’zi 
ishonchlar qo’llab-quvvatlanadi, ba’zilariga esa taqiqlar qo’yilgan. Ma’qul ko’rilgan 
ishonchlar boshqa fikrdagilarni taqiq qilish yordamida o’rnatiladi. Ushbu usul o’rta 
asrlar davrida keng tarqalgan edi. Aprior usul. Bunda barqaror ishonchlarning 
shakllanishi metafizik nazariyalarning tug’ilish jarayonida o’z ifodasini topadi. Bu 
nazariyalarning yaratuvchilari ko’p hollarda o’z e’tiqodlarini aql bilan muvofiqlikda 
turgan deb tasavvur qiladilar. 
Ilm-fan usuli. Turli kishilar ilmiy usulni qo’llab bir xil xulosalarga yetib 
kelishlari lozim. Pirs fikricha, bu usul asosida shunday gipoteza yotadiki, 
birinchidan, bizning fikrimizga bog’liq bo’lmagan aniq ashyolar mavjud; 
ikkinchidan, doimiy qonunlarga muvofiq bu voqeylik bizning his-tuyg’ularimizga 
o’z ta’sirini o’tkazadi va, uchinchidan, agarchi bizning hissiyotlarimiz va 
munosabatlarimiz ob’ektlarga nisbatan turlicha bo’lsa ham, mulohaza yuritish 
yordamida biz ashyolarning voqeylikda qanday ekanliklarini aniqlashimiz va birdan 
bir to’g’ri xulosaga kelishimiz mumkin. 
«Ashyolarning voqeylikda qanday ekanligi haqidagi «haqiqiy xulosa»ning o’zi 
nimadan iborat? Mashhur «Pirs qoidasi» shunday deydi: «Agar biz o’zimiz 
o’ylagan «amaliy oqibatlar»ni ko’rib chiqsak, ular bizning tushunchalarimizning 


52 
ob’ekti bo’lishi mumkin, unda ushbu oqibatlar haqidagi tushuncha, bizning ob’ekt 
haqidagi to’la tushunchamiz bo’ladi». Pirs fikricha, pragmatizm har bir tushuncha 
amaliy oqibatlarning fikriy tushunchasi haqidagi ta’limot. 
Keyinchalik pragmatimz g’oyalari keng tarqalib, o’z rivojini Uilyam Djems 
(1842-1910) va Djon Dyui (1859-1952) asarlarida topdi. 
U Djems Pirsning pragmatik qoidalarini rivojlantirib unga volyutarizm nuqtai 
nazaridan yondoshganligi tufayli, uning oqibatida irodaga asoslangan haqiqat 
nazariyasi vujudga keldi. Ana shu iroda inson tajribasida markaziy o’rinni egallaydi. 
Bizdan tashqarida bo’lgan ashyolarni ham qo’shib hisoblaganda bizning 
tajribamizda bo’lgan barcha narsa irodaga bog’liqdir. SHunday qilib, dunyo 
to’g’risidagi bizning bilimlarimiz voqeylikning in’ikosi emas, balki irodaviy 
qurilmaning o’zidir. «Haqiqiy» va «foydali» ifodalari Djems nazarida bir xil 
ma’noga egadirlar. O’z navbatida, foydali narsa iroda orqali ifodalanadi. Djems 
fikricha, voqeylikni biz qanday tasavvur etsak, shundayligicha namoyon bo’ladi, 
ya’ni biz uni qanday ko’rishni xohlasak, o’shanday ko’rinadi. Insoniy his-tuyg’u 
haqida to’xtab, Djems shunday yozadi: «O’z xulosalarimizdan qaysi biriga diqqat-
e’tibor qaratishimiz, qaysi birini belgilashimiz va ulardan qaysi birini qat’iy talab 
qilishimiz bizning shaxsiy manfaatlarimizga bog’liqdir. Va biz nimaga urg’u 
berishimizga bog’liq ravishda haqiqatning butunlay turli-tuman ifodalari kelib 
chiqadi»
32

Djemsning diniy e’tiqodining asosida ham iroda yotadi. Garchi faylasuf hech 
qayerda Xudoning mavjudligi haqida yozmagan bo’lsa ham, uning fikricha, tarixiy 
tajriba shuni ko’rsatadiki, Xudoga ishonishning kishilar uchun ulkan ahamiyati bor. 
Xudoga ishonish – bu bizning irodamizning omilidir.
Pirs va Djems g’oyalarini rivojlantirib D.Dyui o’z e’tiborini muammoviy 
vaziyat deb atalmish narsaga qaratdiki, u o’zining taraqqiyot bosqichlarida 
shubhadan ishonchga (imon-e’tiqod) o’tishi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Dyui 
nazarida tushunchalar, g’oyalar va nazariyalar instrumentaliklik («asbob va qurol») 
xususiyatiga, ya’ni ularning haqiqiyligi qay darajada muammoviy vaziyatni xal 
qilishga qodirligi bilan ifoda qilinadi. 
Neopozitivizm YAngi pozitivizm (neopozitivizm) yoki mantiqiy empirizm – 
XX asr falsafasida eng ko’zga ko’ringan oqimlardan biridir. U pozitivizm rivojida 
uchinchi bosqichdir. Falsafiy oqim sifatida yangi pozitivizm Vena to’garagi asosida 
20-nchi 30-nchi yillarda shakllandi. YAngi pozitivizmning asosiy vakillari – 
L.Vitgenshteyn (1889-1951), M. SHlik (1882-1936), R.Karnap (1891-1970), 
O.Neyrat (1882-1945), G.Reyxenbax (1891-1953), B.Rassel (1872-1970), A.Ayer 
(1910-1989) va boshqalar edilar. 
YAngi pozitivizmga muvofiq ilmiy bilimni ikki tabaqaga bo’lish mumkin: 
formal imlar (matematika va mantiq) va faktual ilmlar. Birinchi ilmlarda bayon 
qilingan narsalar tahliliy yoki analitikdirlar, ya’ni tajribadan mustaqil bo’lib, dunyo 
haqida ma’lumotlarga ega emas. Ularning haqiqiyligi mantiqiy jihatdan ifodalanib, 
32
O’sha joyda. 150-b. 


53 
faqat ularni tashkil etgan atamalarning ma’nosigagina bog’liqdir. Faktual ilmlar 
sintetik bayonotlar bilan ish ko’rganliklaridan mazmunga egadirlar va voqey 
hodisalarga asoslanadirlar. Ular tajribaviy «kuzatish gaplariga» tengdirlar. 
YAngi pozitivistlar ilmiy bilimning tajribaviy asosida aniq (protokol 
uslubidagi) gaplar yotadilar, deb hisoblaydilar. Ilmlarning barcha gaplari ularga 
kelib taqalishi zarur edi yoki boshqacha aytganda, verifikatsiya qilinishi 
(tasdiqlanishi) lozim edi. Verifikatsiya qoidasi yangi pozitivizm gaplarni fikriy 
barqarorligini o’rnatuvchi metologik talab sifatida markaziy o’rinni egallaydiki, 
uning mohiyatida har qanday fikriy ifodaning to’g’riligini tekshirish yotadi. Bunday 
tekshirishdan o’tmaydigan barcha narsa, ilmlardan bartaraf etilishi lozim bo’ladi. 
Verifikatsiya qoidasiga muvofiq ravishda yangi pozitivistilar barcha 
metafizikani (an’anaviy falsafani) bema’ni deb e’lon qiladilar. YAngi pozitivistga 
talqinda falsafa fan tilining mantiqiy tahliliga aylanib qoladi. Uning vazifasi fan 
tilini be’mani, «soxta ilmiy» gaplardan tozalashdir. YAngi pozitivizmning fanlar 
talqiniga xos xususiyati deskriptivizm (fanlarni vazifasini tariflash), uslubiy 
empirizm (nazariy bilimlarni baholashda tajribaviy tekshirishlar jarayonini 
mutaronlashtirish), o’ta induktivizm (ilmiy bilimning mantiqiy-uslubiy 
muammolarini hal etishda induktiv mantiqqa yagona vosita sifatida ishonish) va o’ta 
so’l siyentizm (ilmiylikka tayanish) dir. 
XX asrning ikkinchi yarmida yangi pozitivizm o’z ta’sirini yo’qota boshlaydi. 
SHu narsa oshkor bo’lib qoldiki, yangi pozitivizm be’mani narsa sifatida bartaraf 
qilmoqchi bo’lgan (uloqtirmoqchi bo’lgan) dunyoqarash, jamiyat rivojiga ham, 
shuningdek, fanning o’ziga ham o’lgan ahamiyatlidir. SHu narsa o’z isbotini 
topdiki, fundamental fanlarning eng muhim nazariy asoslari verifikatsiya qilib 
bo’lmaydi, ilmiy bilimning esa, o’z rivoji va oldiga qo’yilgan vazifasini bajarishi 
murakkab omillar tizimini, jumladan, uning tarkibida hissiy tajribaga 
tayanmaydigan va «metafizik» (falsafiy) xususiyatga ega bo’lgan dunyoqarashga va 
uslubiy asoslarga (zamin) ega bo’lganligidan kelib chiqadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling