2-mavzu. Adabiy-nazariy ilmlar ko‘lami va tarixi
Download 19,62 Kb.
|
2-mavzu (adabiyot)
2-mavzu. Adabiy-nazariy ilmlar ko‘lami va tarixi Badiiy adabiyot, s a n ’atning h a m m a turlari kabi, iste’dod egalarining m ehnati mahsulotidir. Iste’dod esa nodir, betakror va yagona hodisa. Shu sababli bir iste’dodli shaxs tarafidan yaratilgan asar boshqa iste’dod egasining asaridan doim o farq qiladi. Bu esa hatto bir z am o n d a yashagan yozuvchilarning estetik nuqtayi nazarlari va mahsulotlari orasida ham sezilarli farqlar b o ‘lishini m uqarrar qilib q o ‘yadi. Shu bilan birga, insoniyat tarixining har bir davri badiiy ijod oldiga qo‘yiladigan talablarga sezilarli o ‘zgarishlar kirgizib keldi. Binobarin, har bir tarixiy davr ehtiyojlariga javob tariqasida yaratilgan badiiy m ahsulot ham m uqarrar ravishda o ‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi. Shunday sabablarga ko‘ra, go‘yo san’at va adabiyot sohasida doimiy, ustivor qonunlar yo‘qdek va bo'lishi ham mumkin emasdek ko‘rinadi. Am m o aslida buning aksidir: badiiy ijodda xilma-xillik, tadrijiy o ‘zgarishlar bilan bir qatorda abadiy qonunlar ustivordir. H am m a tarixiy davrlarda va ham m a xalqlar adabiyotida doimiy ustivor qonunlardan biri — adabiyotda asosiy qurolning til bo'lib qolishidir. Adabiyot — so‘z san’ati va doimo shunday b o ‘lib qoladi. O dam larning o ‘zaro aloqa quroli b o ‘lgan til adabiyotda katta emotsional ta ’sir kuchiga ega bo'ladi, ya’ni insonning hislarini larzaga soluvchi omilga aylanadi. Adabiyot sohasidagi doimiy ustivor qonunlarning yana biri — adabiy turlarning doimiyligi va mustaqilligidir. Adabiy turlar ju d a kam va ju d a sekin o ‘zgaradi. Aytish mumkinki, asrlar davomida ular o ‘zlarining asosiy alomatlarini saqlab kelganlar. Bu yerda adabiy shakllarning m azm unga nisbatan mustaqilligi va kam o ‘zgarish qonuniyati o ‘z kuchini ko'rsatadi. D arhaqiqat, b u n d a n ikki yarim m ing yilcha b u ru n Aristotel adabiyot turlarining uchta ekanini aniqlagan bo'lsa, bugun ham adabiy turlar uchtadir: epos, lirika va drama. Adabiyotning har bir turida qadim davrlarda nam oyon bo'lgan bosh xususiyatlar hozirgi zam on adabiyotlarida ham mavjuddir. Asosiy x u su siyatlarning ustivorligi va doim iyligi adabiy turlarning butoqlari bo'lm ish janrlarda ham asosan saqlanadi. Asosiy ijodiy qoidalarning doimiyligi adabiy-tarixiy jarayonning asosiy q o n u n la r id a n biridir. Bu q o n u n n i, shartli ravishda, m e ’y o r iy lik deb atash m um kin. Agar tarixiylik (yoki tarixan shartlanganlik)dan m a h ru m etilsa, dogm atizm ga aylanadi va adabiyotning, estetik tafakkuming rivojiga katta to ‘siq b o ‘lib qoladi. Shu bilan birga, adabiy-tarixiy jara y o n n in g ikkinchi bir qonuni ham mavjud: hayot adabiyotning yaratilishi qonunlariga b a ’zi o'zgartishlarni kirita boradi. A m m o bu o ‘zgartishlar san’atda asosiy abadiy qonunlar mavjudligini bekor qilmaydi, balki ularni m a ’lum darajada boyitadi, har bir tarixiy davrning m a ’naviy ehtiyojlariga moslashtiradi. Bu qonunni, shartli ravishda, tarixiylik (yoki tarixan shartlanganlik) deb atash m um kin. Bu q o n u n , ko'pincha adabiyotning turlari va janrlariga xos sifatlaming o ‘zgarishi yoki boyishida nam oyon bo'ladi. H ar bir tarixiy davr turiar va janrlaming o'ziga xosligida o'z izini qoldiradi. Biz bilamizki, dramatik turning xususiyatlari m a ’lum darajada o'zgarib, boyib borgan. Masalan, yunon dram asida bosh qahram on voqea bo'lgan va shu m unosabat bilan unda epizm ustunlik qilgan bo'lsa, yangi zam on dram asida bosh qahram on inson bo'lib qoldi va buning natijasi o'laroq unda lirizm kuchaydi. Yana bir misol: harakat birligi (ya’ni bosh g'oy an in g asosan yaxlit bir voqea orqali ifoda etilishi) dram aning bosh talabidir. A m m o bu talab h am m a hollarda ham yagona talab bo'lmagan. Masalan, adabiyotda klassitsizm hukm ron chog'ida (XVIII asr fransuz adabiyotida bo'lgani kabi) dram ada yana voqeaning bir joyda bo'lishi (joy birligi) va bir vaqtda, bir kecha-kunduzda bo'lib o'tishi (vaqt birligi) ham talab etilgan. Klassitsizm o'm iga kelgan romantizm oqimi „uch birlik" deb atalgan bu „tem ir q o n u n “ ni buzdi: hayotni haqqoniy va keng tasvirlash shuni taqozo etdi. R om antik dram adan realistik dram aga esa, bosh talab sifatida faqat „harakat birligi" talabi meros bo'lib o'tdi. Biz yana bilamizki, qadim eposda bosh qahram on — zam on va voqea edi, unda shaxs bilan jam iyat orasida ziddiyat bo'lm agan, XX asrning eposi bo'lgan rom anda esa shaxs va uning rivoji markaziy o'rin tutadi, shaxs jam iyat bilan ziddiyatda tasvir etiladi va shu munosabat bilan dram atik unsur kuchaydi, rom an „katta dram a" bo'lib qoldi. M ana shu hodisalarning ham m asi adabiyot tarixida muayyan tarixiy sharoit o'z izini qoldirishidan va adabiy jarayonga yangiliklar kirgizishidan dalolat beradi. Shu bilan birga, adabiyot hodisalarining tarixiyligi va o ‘zaro singib ketish qonuniyatlari san’at va adabiyotda abadiy qonunlar mavjudligini rad etmaydi. San’atning abadiy qonunlari mavjudligi buyuk badiiy asarlarning o ‘z qim m atini abadiy saqlashiga xizmat etadi. M asalan, Shekspir ijodining olam shum ul aham iyat kasb etganiga buyuk iste’dodning o ‘z y o i i bilan borib, ijodning abadiy nizom nomalariga muvofiq ishlagani sababdir. Adabiyot nazariyasi adabiy ijodning qonunlarini o ‘rganadi. Bu qonunlardan biri — adabiy-tarixiy jarayonning o ‘zida m e ’yoriylik (ya’ni m a ’Ium o ‘lchovlarning mavjudligi) bilan tarixiylikning chambarchas bog‘liqligidir. Ular bir-birlarini to ‘ldiradi. (Bu qonun „an’ana va novatorlik“ deb ham ataladi). Ijodiy jarayonning o ‘zida bu ikki hodisa — m e ’yoriylik va tarixiylik — o ‘zaro q o ‘shilib ketadi. Shuning u chun ham , ayniqsa, buyuk yozuvchilarning ijodida bu birlik o'zining butun murakkabligi bilan nam oyon b o iad i. Bunday hollarda, yuzaki qaraganda, buyuk yozuvchilar ijodi san’atning a badiy n iz o m n o m a la rin i u lo q tirib ta s h la g a n d e k k o ‘rinadi. A.P.Chexov dramaturgiyasi bunga yaxshi misol b o i a oladi. Uning asarlarida dramaning asosiy talabi boigan voqeanavislik va dramatizm yo'qdek tuyuladi. Chunki, yuzaki qaraganda, Chexov asarlarida hech qanday voqea ro‘y berm ayotgandek taassurot qoladi. Aslida esa, bu — tasvimi hayotga yaqinlashtirishga intilishning natijasidir. Sinchiklab qaralsa, Chexov dramaturgiyasi dram aning ikki juda m uhim talabi doirasidan chiqmaydi. Hayotiy haqiqatga sadoqat, voqealarda va personajlar taqdirida dramatizmning mavjudligi buyuk dram aturgning ham m a asarlari u chun xarakterlidir. Shuni ham doimo esda tutish kerakki, badiiy ijod — bir qancha jihatdan g‘ayriixtiyoriy va g‘ayrishuuriy ravishda maydonga keladigan jarayon. S huning u c h u n ham uning bir q a n c h a qonunlarini aniqlash m um kin b o isa -d a , bu jarayonni a w a ld a n belgilangan qoidalar doirasida sodir b o iish g a m ajbur etish, h am m a zam onlar va har qanday shaxs uchun majburiy qoidalar bilan cheklash m um kin emas, hatto zararlidir. Yuqorida aytilganlardan m uhim bir xulosa chiqadi: adabiyot nazariyasida qayd etilgan qoida va m ulohazalarni k o ‘r-k o ‘rona ravishda ham m a davrlar adabiyotiga va ham m a yozuvchilarning ijodiy mahsulotiga bir xilda tatbiq eta berish — q o ‘pol xatodir. Adabiy hodisalarga to ‘g ‘ri, xolis baho berish va shu y o i bilan adabiyotning m o ‘tadil rivojini t a ’m inlash u c h u n har gal m uayyan tarixiy davrning xususiyatlarini va har bir iste’dod sohibining o ‘z oldiga q o ‘ygan vazifalarini ham da u tan olgan ijod qonuniyatini e ’tiborga olgan holda hukm chiqarish zarur. Bu vazifani adabiy tanqid bajaradi. Adabiy tanqid joriy adabiy jarayonning m ahsulotini tahlil etadi. (Arabcha „tanqid“ so‘zining asosi — ,,naqd“ so‘zidir; tanqid adabiyotda yaratilgan asarlarni ,,naqd“ , ya’ni yutuq va nasiyaga, ya’ni yaroqsizga ajratadi.) U ch bosh yo‘nalish (adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid va adabiyot tarixi)dan iborat adabiyotshunoslik bamisoli bir qon aylanishi tizim i bilan yashovchi jo n li organizm dir: o ‘tm ish adabiyotining yutuqlari haqidagi m a ’lum tushunchalarga ega bo‘lgan adabiy tanqid joriy adabiyot hodisalari va asariarini tahlil etadi, ularga baho beradi; shu bilan adabiy tanqid adabiyot tarixiga ,,masalliq“ tayyorlaydi va uning asoslarini yaratadi; adabiyot tarixi esa, o ‘z navbatida, ilmiy xulosalarga zamin hozirlaydi; bu xulosalar adabiyot nazariyasini yanada boyitadi, yangidan boyigan adabiyot nazariyasini va endi joriy b o ‘lgan adabiyot masalalarini yangi darajada yoritadi. Shunday qilib, „adabiyotshunoslik1* deb atalmish fan bunyodga keladi va rivojlanadi. Download 19,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling