Keldiboyev abror


Download 29.73 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi29.73 Kb.
#1389865
  1   2   3
Bog'liq
PUL


KELDIBOYEV ABROR
9 8/2-GURUH
FAN; PUL VA BANKLAR
Mustaqil ish
1 Istemol krediti va uning turlari
2 J Keynsning arzon pullar nazaryasi
3 Pul bazasi va uning tarkibi
Isteʼmol krediti - isteʼmol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti bilan aholiga beriladigan pul mablagʻlari yoki tovarlardan iborat kredit. Odatda, aholining qimmatbaho tovarlarni harid etishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalanadigan tovarlar (avtomashina, uy, dala-hovli, yaxta va h. k.) borki, ularni harid etish uchun joriy daromadlar yetishmay qoladi, ularni narxi yuqori boʻlganidan nasiyaga olish zarurati paydo boʻladi. I.k. bevosita (bunda tovar egasi uni haridorga oʻz nomidan nasiyaga sotadi va haridorni oʻzining qarzdoriga aylantiradi) va bilvosita (bunda kreditni bank beradi, yaʼni tovar haqini toʻlab yuboradi va haridor tovar egasidan emas, balki bankdan qarz boʻlib qoladi) kredit berish orqali amalga oshiriladi. I. k. berilganda haridor uchun tovar narxi oshadi, chunki u kelajakda kaytariladigan pul tarkibida tovar naqdiga sotiladigan narxdan tashqari qarz uchun foiz ham toʻlaydi. Ammo tovarlarni sotish mushkullashganda va aholining muayyan qatlamini qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlganda foizsiz kredit ham ochiladi. Mas, talabalarga oʻqish haqini toʻlash uchun I. k. ochilganda foiz undirilmasligi mumkin. Firma oʻz ishchisi yoki xizmatchisiga tovar olish, oʻqish yoki davolanish uchun arzon yoki foizsiz kredit beradi. I. k. isteʼmolchini zamonaviy, lekin qimmatbaho tovarlardan bahramand etish, kishilarda kelajakda yaxshi daromad topishga intilish hosil qilish (chunki qarzni to'lash qoʻshimcha daromad talab qiladi) va ichki milliy bozorni kengaytirish hisobiga tovarlar sotuvini oshirib, kapital oborotini tezlashtiradi. Koʻpchilik xorijiy davlatlar, xususan, AQShda aholiga I. k. berish keng rivojlangan. Ularda isteʼmolchilar kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, hatto uzoq foydalaniladigan maishiy texnika, shuningdek, avtomobillar va b. ni ham nasiyaga olishi mumkin. Mahsulot yoki tovar haqi isteʼmolchining kelgusida ishlagan haqidan undirib olinadi
I. k. hamma yerda emas, balki toʻyingan bozor (daromad topib qarzni toʻlash imkoni bor) yerda amal qiladi. Oʻzbekistonda 90-y. larning 2-yarmidan boshlab "Oʻzuyjoyjamgʻarmabank" davlat-aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki aholiga kvartiralar sotib olish uchun I. k. ajratadi].
Isteʼmol kreditini naqd pul koʻrinishida berishga yoʻl qoʻyilmaydi
Isteʼmol kreditini taqdim qilishda Banklar mijozlarga tovar yoki xizmatlarni bankning hamkor-kompaniyalaridan sotib olishni taklif qilishi mumkin. U

Iste’mol krediti doimiy yashash joyiga va doimiy daromadga ega bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga, shuningdek pensiya va kreditni qaytarish uchun etarli daromad manbalariga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.


Iste’mol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin
Iste’mol kreditlari mahsulot ishlab chiqarish joyidan qat’iy nazar beriladi.
Iste’mol kreditini berish bank tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchining hisob-raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Iste’mol kreditini naqd pul ko‘rinishida berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit berish shartlaridan biri sifatida qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olinayotgan tovar qiymatini qisman to‘lash (oldindan to‘lov) belgilanishi mumkin. Pul mablag‘lari qarz oluvchi tomonidan bankka topshiriladi, bank esa qarz oluvchining kirim qilingan mablag‘lari va kredit shaklida unga berilgan mablag‘larni tovar sotuvchisiga ko‘chirib beradi. Boshlang‘ich to‘lov miqdori bank tomonidan belgilanadi.
Iste’mol krediti hajmi, uning muddati, foiz stavkasi, iste’molchining to‘lovlarni amalga oshirish grafigi bank tomonidan belgilanadi va iste’mol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Download 29.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling