1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
Lyudvig Feyerbax (1804-1872)
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Artur SHopengauer (1788-1860)
Lyudvig Feyerbax (1804-1872) moddiyunchilik nuqtai nazaridan Xegel
falsafasini jiddiy va har tomonlama tanqid ostiga olgan birinchi faylasufdir. Falsafa mavzusini ifodalab, Feyerbax shunday qarorga keladiki, uning diqqat markazida inson turmog’i lozim. «YAngi falsafa, -deb yozadi nemis mutafakkiri, – tabiatni ham inson poydevori sifatida qo’shgan holda, insonni falsafaning yagona, umumiy va oliy mavzusiga aylantiradi» 10 . SHundan ko’rinadiki, Feyerbax moddiyunchiligi antropologik xususiyat kasb etadi. Insonni vujudga keltiradigan yagona sabab yoki asos tabiatdir. SHuning uchun, falsafaning vazifasiga qayta to’xtab, Feyerbax yozadiki, uni ta’limotini «ikki og’iz so’zda ifodalash mumkin: tabiat va inson». Tabiat (yoki olam) Feyerbax uchun abstrakt tushuniladigan substansiya emas, balki o’zining butun xilma-xil va behisob ko’rinishlarida berilgan hissiy hodisadir: «tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u insonni o’zidan boshqa insoniy bo’lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir… Tabiat inson uchun bevosita uning hayotining asosi va mavzusi sifatida hissiy jihatdan namoyon bo’ladigan barcha narsadir» 11 . Xuddi shuningdek, cheksizlik, kuch-qudrat, birlik, zaruriyat, abadiylik kabi tabiatning xususiyatlari, ya’ni «barcha hissiy xususiyatlarni chiqarib tashlangandan keyingi qolgan mohiyat», «tabiatning mavhum mohiyatidan» yoki fikrdagi tabiatdan boshqa narsa emas. Tabiat abadiy bo’lib, hech kim tomonidan yaratilgan emas. U o’z-o’zining sababi bo’lib, «fikrda yoki niyatda va iroda hukmlarida emas, balki astronomik yoki samoviy, mexanik, kimyoviy, fizik, fiziologik yoki organik kuch yoki sabablarda» 12 o’zining asosiga ega. Biror bir vaqtda tabiat (olam) bo’lmagan edi degan tasavvurni faylasuf «be’mani va asossiz uydirma» deb ataydi. Tabiat doimiy ravishda rivojlanish jarayonidadir. Hozirgi yer qurasi o’zining avvalgi holatidan farq qiladi. Hayot murakkab kimyoviy o’zaro ta’sirlar (reaksiyalar) mahsuli sifatida paydo bo’lgan. Ilgari mavjud bo’lgan ko’plab hayvonlar va o’simliklar hozir vaqtda qirilib ketgan. Inson va uning ongi ham tabiat rivojining mahsulidir. Idealizmni tanqid qilib, Feyerbax borliq bilan ongning bir-biriga nisbati haqidagi masalaning moddiyuncha yechimini ifodalab beradi: «borliq - sub’ekt (ega), ong - predikat 10 L.Feyerbax. Izbrannыe filosofskiye proizvedeniya. –M.: 1955. T.1 202-b. 11 O’sha yerda. T.2. 590-591-b. 12 O’sha yerda. 591-b. 42 (kesim)» 13 . «Fikriy borliq haqiqiy ongdan tashqaridagi siymosi modda bo’lib, voqeylikning umumiy asosidir» 14 . Feyerbax nuqtai nazaricha, idealizm va din umumiy ildizlarga ega. «Agar siz idealizmni inkor etsangiz, u vaqtda Xudoni ham inkor etasiz! – deb yozadi u. Faqat Xudogina idealizmning asoschisidir» 15 . Feyerbax yoshlik yillaridayoq o’z ismini yashirgan holda «O’lim va abadiy yashash haqida fikrlar» degan asarini nashr qildirib, unda jonning o’lmasligi haqidagi e’tiqodni tanqid ostiga olgan edi. Buning kim tomonidan yozilganligi aniqlangandan keyin, kitob musodara qilinib, uning muallifi esa dars berish huquqidan mahrum qilinib, universitetdan bo’shatildi. yetuk yoshda Feyerbax ochiqdan-ochiq xudosizlik nuqtai nazariga o’tib, uni u «insondan farq qiluvchi Xudodan yuz o’girish» sifatida ifodaladi. Feyerbax tug’ma diniy his-tuyg’ular haqidagi nazariyaga qarshi chiqib, dinni tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida qarab chiqadi. Xudo, Feyerbax qarashicha, insonlarning o’zlari tomonidan o’z mohiyatlarini ifodalash sifatida vujudga keltirilgan ob’ektga aylantirilgan abstrakt tushunchadir. Dinning ildizlarini Feyerbax kishilar hayotining sharoitidan, va avvalo, unga tobe bo’lmagan va hissiy jihatdan tashqi ta’siri insonga tushib turadigan kuchlarda ko’radi. Inson hamma vaqt o’z ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ammo uning bu intilishlari insonning tabiat kuchlari oldidagi ojizligiga borib taqaladi. Uydirma va xayol xudolar to’g’risidagi tasavvurlarni tug’diradiki, ular insonning amalga oshirib bo’lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga qoldirdilar. Din insonga uning hayotini o’zgartirish, orzulariga yetkazish imkonini beradigan umid va kuch bag’ishlovchi uydirma va xayol mahsulidir. «Xudo, - deb yozadi faylasuf, - shunday zotki, inson o’zining mavjudligi uchun unga ehtiyoj sezadi» 16 . Feyerbax fikricha, dinning ildizlari bashariyat tarixi jarayonida o’zgaradi. Agar ma’jusiylik dinlarining ildizlari insonning tabiat kuchlari oldida ojizligi va undan tobeligida yashiringan bo’lsa, hozirgi zamon jamiyatda ular ijtimoiy kuchlar sohasida yotadilar. Diniy axloqqa Feyerbax insonning baxt-saodatga bo’lgan tabiiy intilishi asosiga qurilgan «xudbinlik axloqi»ni qarama-qarshi qo’yadi. SHu bilan birga, faylasuf baxt-saodatni alohida olingan kishining emas, balki bashariyatniki sifatida nazarda tutadi. «Ayrim olingan baxt-saodat» g’oyasini u «umumiy baxt-saodat» g’oyasi bilan almashtiradi. Bu baxt - saodatga erishish imkoniyati faqat kishilarning bir - birlariga muhabbati asosidagina amalga oshishi mumkin. Feyerbax fikricha, aynan «muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg’unlikka olib keladi va ijtimoiy adolatsizlikka barham beradi. 13 O’sha yerda T.1. 28 14 O’sha yerda. 175-176-b. 15 O’sha yerda. 159-160-b. 16 O’sha yerda. T.2. 320-b. 43 Mumutoz falsafasi davrining tugallanishi bilan, uning yangi sahifasi ochiladiki, uni jahon falsafasining hozirgi bosqichining boshlanishi sifatida qayd etish mumkin. U XX asrning butun falsafasiga o’z ta’sirini o’tkazgan falsafiy tizimlarning paydo bo’lishi bilan belgilanadi. Nemis faylasufi Artur SHopengauer (1788-1860) falsafasi volyungarizm (o’zboshimcha irodaga ishonish), irratsionalizm, umidsizlik falsafasi sifatida maydaonga chiqdi. SHopengauer o’zining asosiy g’oyalarini o’zining bosh asari bo’lgan «Olam iroda va tasavvur sifatida» (1819) nomli ishida bayon etgan. Garchi SHopengauer o’z falsafiy sistemasini XIX asrning 20-nchi yillaridayoq vujudga keltirgan bo’lsa ham, uning asarlari butun umri davomida ma’lum bo’lmasdan qola berdi. Faqatgina umrining oxiridagina, ya’ni 50-yillarda u tan olindi. 1848 yil inqilobining mag’lubiyati, germaniyadagi yangi iqtisodiy va mafkuraviy vaziyat, umidsizlik kayfiyatlari, afsus-nadomat, bo’g’iq va umidsizlik muhiti SHopengauer falsafasi g’oyalarini qabul qilish uchun qulay sharoit yaratdi. SHopengauer falsafiy sistemasi asosida o’zining to’rt ko’rinishida yoki ildizida borliqning va bilishning umumiy qonuni sifatida namoyon bo’ladigan aprior yetarli Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling