1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1372198
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Benedikt Spinoza.  Dekart ratsionalizmi juda ko’plab o’z davomchilariga ega 
bo’ldiki, ular ichida eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) 
edi. Alohida olingan maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni 
rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz javharga qo’shdi, ya’ni g’oyaviylik va 
moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o’z o’zining sababi bo’lib, hech qanday 
boshqa sabablarga muhtoj emas. SHaxs sifatida mutlaq mahrum bo’lgan Spinoza 
talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. YAgona javhar bo’lgan Xudo -tabiat ikki 
sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo’lsa ham, fikrlash 
qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr 
Spinoza tomonidan tabiatni o’z-o’zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan 
muhim xulosa kelib chiqadi: g’oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va 
aloqasi kabidir. Fikrning yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me’yori 
bilan ifodalanadi va aynan shunga o’xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va 
dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi 
vositasida umumiylik unsurini ko’ra bilish, ayrimlik ko’rinish - modusdan javhar 
(substansiya) tomon borish demakdir. 
Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, 
javharda zaruriyat va ozodlik qo’shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u 
nimaiki qilsa, o’zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza 
insonni ham kiritadi, sababiy bog’langanlik (determinizm), ya’ni zaruriyat 
hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko’rinishga ega bo’lgan modusdir. Unga 
fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan 


36 
irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim 
darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza 
fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o’zboshimchalikdir. 
Insonning hatti - harakati o’zini saqlash (instinkt) g’arizasi ta’siri ostida va 
undan kelib chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari 
shodlik, g’am-alam va istakdir. Hamonamki, inson ularga bo’ysunar ekan, u ozod 
emas. Insonning ozodlik muammosi ular ta’siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa 
ochiq va aniq bilishni mo’ljallaydi. SHunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan 
zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling