1. Faoliyat shakllari va ko’rinishlari. Har xil shakldagi faoliyatni energiya sarfi
Download 103 Kb.
|
Inson faoliyatining òziga xosligi
Inson faoliyatining òziga xosligi Reja:
1. Faoliyat shakllari va ko’rinishlari. 2. Har xil shakldagi faoliyatni energiya sarfi. 3. Mehnat faoliyati sharoitining klassifikasiyasi. 4. Mehnat faoliyatini og’irligi va kuchlanganligini baholash. 1.Faoliyat shakllari va ko’rinishlari Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyati. Inson borlig‘i tabiiy rivojlanishning butunlay yangi, yuqoriroq bosqichi ham tegishli va uning tabiiy-jismoniy, biologik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, jonli organizmlarning mavjudlik qonunlari va tamoyillari his etuvchi mavjudot sanalgan insonga nisbatan ham to‘la tatbiq etiladi. Ammo bundan tashqari insonni qolgan barcha jonli narsalardan farqlash imkonini beradigan, unda hyech shubhasiz mavjud bo‘lgan, lekin sinchiklab qaraganda ko‘rinmaydigan, aniq tavsif berishning iloji bo‘lmagan nimadir mavjud. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi bu «nimadir» turli davrlarda turli mutafakkirlar tomonidan jon, ruhiyat, ong, tafakkur, ideal va hokazolar deb atalgan. Insonning mohiyatini tushunishga urinishlar, inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatini aniqlash istagiga biz ibtidoiy jamoa davridayoq duch kelamiz. Falsafa tarixida inson individualligining ichki, yashirin holatini aks ettiruvchi «jon» va «ong» tushunchalarining tahliliga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan atoqli sofistlardan biri Protagor (mil. av. 490-420 yillar) mil. av. V asrdayoq «inson barcha narsalar mezonidir: u mavjud narsalarning mavjudligini, yo‘q narsalarning esa yo‘qligini belgilaydi», deb qayd etgan edi. Suqrot (mil. av. 469-399 yillar) ham haqiqat izlab insonga murojaat etadi. Inson o‘z joni faoliyatini boshqara oladi, shu bois dunyoni tushunish yo‘li o‘z-o‘zini bilish orqali o‘tadi, deb hisoblaydi. Suqrotning mashhur shogirdi Platon birinchi bo‘lib jon haqidagi yaxlit ta'limotni yaratdi. U odamlar jonining qandayligiga qarab ularni har xil tiplarga ajratdi. Keyingi davrlarda Seneka, R.Dekart, A.Navoiy, A.Jomiy, I.Kant, I.G.Fixte, J.P.Sartr, M.Xaydegger va boshqa mutafakkirlar insonning ma'naviy negizini birinchi o‘ringa qo‘yib, uning ongi, ma'naviy dunyosi va bilish qobiliyatlarini o‘rganish ishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Biroq XXI asrda deyarli ikki yarim yillik tarixiy taraqqiyot jarayonida ham inson muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling