1. Faoliyat shakllari va ko’rinishlari. Har xil shakldagi faoliyatni energiya sarfi
Download 103 Kb.
|
Inson faoliyatining òziga xosligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson borlig‘ida ongning tabiati. Ong inson borlig‘ining eng muhim omilidir.
Individuallik borlig‘i. Nima uchun bilish jarayonida insonning ichki dunyosi doim birinchi o‘rinda turadi? Nima uchun inson borlig‘i narsalar borlig‘ini tushunishda aksariyat mualliflarga tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi? Bu savollarga javobni qisman fransuz faylasufi A.Bergson (1859-1941)ning quyidagi so‘zlaridan topish mumkin: «Mavjud barcha narsalar orasida eng ishonchlisi va bizga ko‘proq ma'lum bo‘lgani, hyech shubhasiz, bizning o‘z mavjudligimizdir, zero bizda boshqa narsalar haqida mavjud tushunchalarni sirtqi va yuzaki deb hisoblash mumkin, holbuki o‘z-o‘zini bilish ichki, teran bilishdir»1.
Odamlar asrlar osha o‘zlariga o‘zlari nazar tashlab, o‘z ichki dunyosini tahlil qilish va o‘z mohiyatini tushunishga urinish yo‘li bilan ba'zi bir shak-shubhasiz tamoyillarni aniqlaganlar. Ular orasida inson tana va ruhning uzviy birligidir degan tamoyil, birinchi o‘rinda turadi. Zero bu inson mavjudligining mutlaq va zaruriy omilidir. Ayni vaqtda bu birlikning yo‘qolishi, uning uzilishi muayyan individning o‘limini, u fikrlovchi jonzot sifatida borliqdan yo‘qlikka o‘tishini anglatadi. Bunda tana tabiiy-jismoniy tuzilma sifatida inson o‘limidan keyin ham ma'lum vaqt mavjud bo‘ladi, ya'ni o‘z borlig‘ini muayyan darajada saqlaydi. Ammo borliq ma'nosidagi individual ruh, ongdan asar ham qolmaydi. Mohiyat e'tibori bilan ularning yo‘qolishi muayyan insonning o‘limini, individuallik yo‘q bo‘lganini anglatadi. Inson borlig‘ida ongning tabiati. Ong inson borlig‘ining eng muhim omilidir. Ong muammosini yechishga nisbatan yangicha yondashuvlar hozirgi zamon falsafasining irratsionalistik oqimlariga (lot. Irra Ongning tabiati.) mansub. Ong muammosi o‘ta murakkab muammolardan biri bo‘lib, falsafada doim qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Bu bahs va munozaralar hozir ham tugagani yo‘q. Ongning tabiati shunday: u hissiy idrok etiladigan ob'ektiv borliqni tushunish va aks ettirish uchun biz yuqorida foydalangan aksariyat ko‘rsatkichlar va tavsiflarga mos kelmaydi. Ongni o‘lchash, biron-bir tarzda miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin emas, zero uning massasi ham, energiyasi ham yo‘q, shuningdek u moddiy ob'ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega emas. Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi. Ayni vaqtda mazkur muammo o‘ta murakkabligi tufayli uning falsafiy talqini ayrim fanlar uchun muhim metodologik rol o‘ynaydi. Ularning natijalari esa, o‘z navbatida, ongning tabiati xususidagi falsafiy mulohazalar uchun asos bo‘ladi. Ongning tabiati masalasining qo‘yilishi va unga berilgan tegishli javob, odatda, barcha keyingi falsafiy, chunonchi: ontologik, gnoseologik, ijtimoiy va boshqa mavzulardagi mulohazalarning yo‘nalishini belgilaydi. Insonning sub'ektiv borlig‘ida – o‘zlikni anglash ong strukturasining elementidir. Bu insonning o‘zini shaxs sifatida anglab yetish, o‘zining mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun javobgar bo‘lish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, o‘zlikni anglash – bu o‘z-o‘ziga, o‘zining ma'naviy qiyofasiga, o‘z bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor mo‘ljallari, harakatlari va shu kabilarga yaxlit baho berishdir. O‘zlikni anglash yordamida inson o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ro‘yobga chiqaradi, o‘z-o‘ziga his qilishga qodir bo‘lgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda sub'ekt o‘z-o‘zini va o‘zining ongini bilish ob'ektiga aylantiradi. Shu tariqa inson o‘z-o‘ziga baho beradigan, shusiz hayotda o‘z o‘rnini belgilash va topishga qodir bo‘lmagan mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi. Faylasuflarning o‘zlikni anglashga sub'ektiv dunyoning alohida sohasi sifatida yondashishlari Suqrotdan, uning «O‘z-o‘zingni angla» deb nomlangan maksimasidan boshlangan. Falsafa dunyo va inson haqidagi alohida bilim sifatida shakllanishi jarayonida jonning faolligi, aqlning o‘z-o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabati haqida qarashlar vujudga kelgan. Platon fikriga ko‘ra, jon faoliyati – bu o‘zi bilan o‘zi suhbat xususiyatiga ega bo‘lgan ichki ishdir. Jon mulohaza yuritar ekan, o‘zi bilan o‘zi tinimsiz gaplashadi, savollar beradi, javoblar qaytaradi, tasdiqlaydi va e'tiroz bildiradi. Shunday qilib, o‘zlikni anglash – insonning o‘zini o‘zi tinimsiz kamol toptirishining muhim shartidir. O‘zlikni anglash strukturasida o‘z-o‘zini his qilish, o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘ziga baho berish, o‘z-o‘zini boshqarish kabi elementlarni ham ajratish mumkin. Umuman olganda o‘zlikni anglash refleksiya bilan uzviy bog‘liq. Falsafiy adabiyotlarda refleksiya tafakkurning unga o‘z faoliyat shakllarini (tafakkur kategoriyalarini) tahlil qilish va anglab yetishga ko‘maklashuvchi tamoyil sifatida tavsiflanadi. Ayni shu sababli refleksiyaga inson ma'naviy dunyosining ichki tuzilishi va xususiyatlarini namoyon etuvchi o‘zlikni anglash faoliyati sifatida yondashish, bizningcha, o‘rinli bo‘ladi. Insonning o‘z ichki holatini tushunishi, o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. O‘zlikni anglash shaxsning dunyoqarash, qobiliyatlar, fe'l-atvor, qiziqishlar kabi ma'naviy elementlari bilan bir qatorda ijtimoiy muhit ta'sirida shakllanadi. Muhit shaxsdan o‘z harakatlarini boshqarishni va ularning natijalari uchun javob berishni talab qiladi. Ong darajasi shaxs oldiga qanday talablar qo‘yilgani va mazkur muhitda qaysi ijtimoiy qadriyatlar amal qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda inson o‘z harakatlarini o‘zi boshqarishi va ularning oqibatlari uchun javob berishi lozimligi asosiy talab hisoblanadi. Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va ongga inson hayoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan bir qancha funksiyalarni ta'minlaydi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling