Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika unisituti Chet tillar fakulteti
Download 8.17 Kb.
|
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika unisituti Chet tillar -fayllar.org
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika unisituti Chet tillar fakulteti Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika unisitutiChet tillar fakulteti1-D guruh talabasiSaidqulova NozimaFalsafa fanidan tayyorlaganMustaqil ishi-15Agnostitsizm skeptitsizm nigilizm umumiy va o’ziga xos jihatlari Reja: 1.Agnostitsizm ta’limoti 2.Skeptitsizm nazariyasi 3.Nigilizm Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga yetish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida – sub'ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma tushunchalariga ta'siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub'ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir. Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta'kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma'lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta'limot sifatida, hyech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi. «Men buning nimaligini bilmayman va hyech qachon bila olmayman», deb ta'kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta'biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga yetish sari tashlangan qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur yetkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi. Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona, hyech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etish natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma'lumotga ega bo‘lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz, modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib yetishga shu yo‘sinda da'vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz. Shunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm, fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar, ichki mantiq bilan, balki ma'lum darajada D.Yum va O.Kont falsafasi boshlab bergan an'ana bilan ham belgilanadi. Agnostsizm haqida so‘z borar ekan biz beixtiyor I. Kantga murojaat qilamiz. Kant agnostitsizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz biladigan narsa (fenomen) va o‘z holicha mavjud bo‘lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay darajada teran anglamaylik, bizning bilimimiz baribir o‘zicha mavjud bo‘lgan narsalardan farq qiladi. Shunday qilib, I. Kant fikricha, bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o‘zida» sifatida ta'riflaydi. I.Kantning fikricha, bilish jarayoni «narsa o‘zida»ning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'siri ostida his-tuyg‘uning uyg‘onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‘ular, tushuncha va hukmlar o‘z holicha «narsa o‘zida» haqida muayyan nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan ishonchli bilim yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatshunoslik aynan shunday ishonchli bilim manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo‘lmasin, «narsa o‘zida» haqidagi haqiqiy bilim bo‘la olmaydi. Kant bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar «narsa o‘zida»ni qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob mavjud emas, deb ta'kidlaydi. Skeptiklarga xos bo‘lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o‘zgaradiki, unda mutlaqo o‘zgarmas bo‘lgan hyech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta'limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‘lishi mumkin. Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e'tibori bilan, bilishda o‘zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o‘zgarmas, ishonchli narsalar mavjud bo‘lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o‘rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo‘qoladigan, binobarin, hayotda hyech narsaga amal qilib bo‘lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon bo‘lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‘lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo‘lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e'tirof etilgan hollar fan tarixida ko‘p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo‘li – amalda to‘g‘ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hyech ish qilmayman»1. E’tibor uchun raxmat!!! http://fayllar.org Download 8.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling