1-fasl. Ma’naviy merosimizda bozor iqtisodiga munosabat


Download 23.81 Kb.
bet5/6
Sana11.09.2023
Hajmi23.81 Kb.
#1675900
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisod

tadbirkor kim?
Alloh bani basharga “yer yuzida xalifalik” mas’uliyatini yuklar ekan, unga o‘z mutlaq sifatlariga muvofiq qator fazilatlar baxshida etgan. Albatta inson foniy, uning qudrati, fazilatlari ham to‘kis emas, nokomil va o‘tkinchi. Ammo inson fazilatlarida ma’naviyat nuri zohirdir. Bu nur unga boqiy dunyo bilan tutashlik imkonini beradi. Allohning insonga eng buyuk inoyati ham shunda. Ana shu fazilatlarning eng avvalida insonning yaratuvchiligi turadi. Yaratuvchilik fazilati insonga Alloh nasib etgan rizqini qo‘lga kiritishi uchun bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘z aqli, malakasi, mehnati, kasb-kori vositasida rizqini terib yeydi. Ammo vosita insonning o‘zidagina emas, undan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. Asli insonlar jamoasi ham iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda, ham ma’naviy kamolotga erishish yo‘lida bir-birlari bilan hamkorlik natijasida tashkil topadi. Bugungi rivojlangan bozor iqtisodi tizimiga xos xususiyatlardan biri shuki, unda nafaqat almashuv jarayoni, balki bevosita ishlab chiqarish ham moddiy mahsulot yaratuvchilar va iste’molchilardan tashqari qator vositachilar toifasi mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Ular moddiy yaratuvchilik va iste’mol jarayonining tashkiliy takomillashuvi va sifat jihatidan yuksalishida muhim o‘rin tutadilar. Almashuvdagi vositachi tadbirkor qadimdan bizda savdogar qiyofasida mavjud bo‘lsa, ishlab chiqarishni tashkil etuvchi tadbirkor ilgari nisbatan kamroq urf bo‘lgan toifa vakilidir.
Amir Xusrav o‘z vaqtida sultonlar, ya’ni hukmdorlarning qo‘l ostidagilarga nisbatan himmat-saxovatini nazarda tutib, "sening o‘z xodimlaringga qilayotgan inoyatlaring tarnovdan tushayotgan yomg‘ir suvi kabidir", degan edi. Alloh marhamati bilan osmondan obi rahmat yomg‘iri yog‘adi, u, masalan, tomda to‘planib, tarnov orqali yerga shovullab to‘kiladi, tarnov ostiga paqir qo‘yib, bir zumda kerakli suvni yig‘ib olish mumkin, ammo hech kim bu suvni tarnov menga berdi, demaydi, tarnovni bir vosita deb hisoblaydi.
Hozirgi zamonda
Download 23.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling