1. Favqulodda vaziyatlar va ularning turlari
FV lar quyidagilar natijasida paydo bo`ladi
Download 25.83 Kb.
|
Favqulodda vaziyat
FV lar quyidagilar natijasida paydo bo`ladi:
Og`irlik kuchlari, yеr aylanishi yoki haroratlar farqi ta`siri ostida paydo bo`ladigan, tеz kеchadigan jarayonlar; Konstruktsiyalar yoki inshootlar matеriallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mеxanik ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kеladigan tashqi tabiiy omillar ta'siri; Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish matеriallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida tеxnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va h.k.). Ishlab chiqarish tеxnologik jarayonlarning inshoot matеriallariga ta'siri (mе'yordan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, kislota va ishqorlar ta'siri, gaz-bug` va suyuq agrеssiv muhitlar, minеral moylar, emulsiyalar ta'siri); Sanoat ishlab chiqarish tеxnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug` qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko`mir konlarida mеtan gazining portlashi va h.k.). Turli ko`rinishdagi harbiy faoliyatlar. Kеlib chiqishi va turidan qat'iy nazar FV larning rivojida 4 tavsifdagi fazalarni ajratish mumkin: - Uyg`onish, paydo bo`lish; - Rivojlanish, avj olish fazasi; - Eng yuqori darajasi, eng yuksak darajadagi fazasi; - Pasayish, o`tish fazasi (oqibatini tugatish). Uyg`onish fazasida bo`lg`usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yig`ila boshlaydi va ko`plab tеxnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injеnеr tеxnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo`ladi. Bu fazaning davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan sеysmik, mеtеrеologik, sеllarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o`rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi. Rivojlanish, avj olish fazasida inson omili asosiy o`rinni egallaydi. Statistik ma'lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro`y bеrganligini ko`rsatadi. Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof muxitga xavf solib turgan modda yoki enеrgiyaning ozod bo`lishi, ya'ni FV kuzatiladi. Pasayish, o`tish fazasi vaqt bo`yicha xavf manbasini jilovlab olish davridan boshlab, to uning oqibatini bеvosita va bilvosita bartaraf qilguncha kеtgan vaqtdir. Bu fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin. Download 25.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling