Mavzu: Kirish. Tutash muhitlar mехanikasi predmeti. Tutash muhit tushunchasi. Asosiy farazlar. Reja


Download 169.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi169.76 Kb.
#196777
Bog'liq
1-maruza-1



 

Mavzu: Kirish. Tutash muhitlar mехanikasi predmeti. Tutash muhit tushunchasi. 

Asosiy farazlar.

 

Reja: 

          1. Tutash muhit tushunchasi. 

2. TMM ning tadqiqot ob’etlari va predmeti. 

3. TMM metodlari. Statik va fеnomenologik metodlar. 

4. Asosiy gipotezalar. 

5. Asosiy tushunchalar. 

 

Tayanch iboralar: tutashlik, fazo va vaqt, ikki va uch o’lchovli metrik, 

 Еvklid va noevklid fazolar, absolyut vaqt.  

 

 



 

Tabiatdagi  hamma  jismlar  o’zlarining  gaz,  suyuq  yoki  qattiq  holatlaridan 

qat’iy  nazar  alohida-alohida  mayda  bo’lakchalar  –  zarrachalardan  tashkil  topgan. 

Molekulyar  fizika  kursidan  ma’lumki  1  sm

3

  hajmdagi  u  yoki  bu  gazning 



molekulalari  soni,  yulduzlararo  muhitdagi  molekulalar  soni,  biror  qattiq  jism, 

masalan  temirning  kichik  bir  bo’lakchasidagi  zarrachalar  soni  va  hokazolarni 

hisoblab topish qiyin emas. Hisoblashlar odatda bu sonlar biz qaraydigan hajmlar 

uchun  juda  katta  ekanligini  ko’rsatadi,  shunung  uchun  har  qanday  jismni  biz 

taqribiy  ravishda  fazoning  ma’lum  bo’lagini  tutash  (uzluksiz)  to’ldirgan  deb 

qaraymiz  (asosiy  gipoteza).  Biz  yaxshi  biladigan  odatdagi  jismlar  –  suv,  tuproq, 

havo, tosh, temir va hokazolarni  fazoning biror bo’lagini butunlay to’ldirgan jism 

sifatida qaraymiz. Nafaqat oddiy moddiy jismlarni, balki har xil maydonlarni ham, 

masalan elektromagnit maydoni, gravitasion maydon va boshqalarni ham uzluksiz 

kontinuum  sifatida  qarash  yoki  hisoblash  mumkin.  Bundan  keyin  biz  yuqorida 

eslatilgan  jismlar  va maydonlarni bitta  umumiy  nom  bilan  – Tutash  muhitlar  deb 

ataymiz.  Ushbu  muhitlarning  mexanik  xarakteristikalarini  o’rganuvchi  ularning 

o’zaro ta’siri, ulardagi  boshqa jismlar harakatlari va muvozanatlari bilan bog’liq 

masalalarni o’rganuvchi fanni Tutash muhitlar mexanikasi deb ataydilar. 




 

Tabiatdagi  u  yoki  bu  jismni  tutash  muhit  deb  qarash  uni  ideallashtirishdan 

iboratdir.  Bunday  ideallashtirish  biz  deformatsiyalanuvchi  jismlar  harakatlarini 

tekshirishda  uzluksiz  funksiyalar  apparatini,  differensial  va  integral  hisobini 

qo’llaganimiz bois zarurdir. 

 

Yuqorida  aytilganlardan  quyidagicha  xulosa  qilish  mumkin:  tutash  muhit 



deganda deformatsiyalanuvchi (tashqi ta’sir natijasida shakli o’zgaruvchi), qattiq, 

suyuq, gaz va plazma holatidagi jismlarni hamda ba’zi maydonlarni tushunamiz. 

 

Nazariy  mexanika  kursida  qattiq  jism  ideallashtirilib,  ya’ni  uni  absolyut 



qattiq  jism  deb  qarab,  uning  muvozanati  va  harakati  o’rganiladi.  Tutash  muhitlar 

mexanikasi  esa  deformatsiyalanuvchi  qattiq,  suyuq  va  gazsimon  jismlarning 

muvozanati, harakati va o’zaro ta’siri masalalarini o’rganadi. Bu yerdan ko’rinib 

turibdiki  tutash  muhitlar  mexanikasi  fan  va  texnikaning  juda  ko’p  sohalariga  

tegishli  masalalarni  hal  qilish  bilan  shuq’ullanishi  kerak.  Bunday  masalalarning 

ichidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 

-  gaz  va  suyuqliklarning  ularda  harakat  qilayotgan  jismga  ta’sirini 

o’rganish; 

-  gaz va suyuqliklarning quvurlardagi harakati; 

-  suyuqliklarning tuproq qatlami yoki jismlardan o’tish harakati – filtrasiya 

masalalari

-  gidrostatika masalalari; 

-  to’lqin  harakati  masalalari,  bu  yerda  to’lqin  harakati  jismning  har  uch 

fazaviy  holatida  ham sodir bo’ladi; 

-  suyuqlik va gazlarning turbulent harakati masalalari; 

-  qattiq  jismlar  atmosferaning  qalin  qatlamlariga  yorib  kirganda  ularni 

yonishdan va erishdan saqlash

-  magnit gidrodinamikasi masalalari; 

-  qovushoq elastiklik nazariyasi masalalari; 

-  elastiklik nazariyasi masalalari; 

-  plastiklik nazariyasi masalalari; 

-  astrofizika va kosmogoniya masalalari




-  qurilmalarning mustahkamligi va yemirilishi masalalari

-  biomexanika masalalari; 

-  metereologiya masalalari; 

-  yer fizikasi va seysmologiya masalalari; 

-  harakatlanuvchi jismlarning elektromagnit maydonlar bilan o’zaro ta’siri 

masalalari; 

-  va hokazo. 

Moddiy  jismlar  harakatini  o’rganishda  tutash  muhitlar  mexanikasi  asosan 

ikki usuldan foydalanadi – statistik hamda fenomenologik – makroskopuk usullar: 

1) 


biror  muhitning  harakati  tekshirilayotganda  uning  zarrachalari  bir 

biriga nisbatan harakatda deb qaraladi, lekin uning har bir zarrasining traektoriyasi

tezligi,  tezlanishi  va  boshqa  xarakteristikalari  o’rganilmasdan,  shu  jism 

zarrachalari  uchun  umumiy  bo’lgan  o’rtacha  xarakteristikalar  o’rganiladi.  Bu  esa 

o’z  navbatida  fizika  fanida  qo’llaniladigan  statistik  usulga  olib  keladi  va 

o’rganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi nuqtai – nazaridan qaraladi. 

Statistik  metodlar  har  doim  zarralarning  xususiyatlari,  o’zaro  ta’siri  va 

hokazolar  bilan  bog’liq  bo’lgan  qo’shimcha  gipotezalarga  asoslanadi.  Shuning 

uchun  ham  statistik  metodlarni  qat’iy  va  aniq  metodlar  deb  bo’lmaydi.  Bundan 

tashqari statistik metodlar asosida chiqarilgan harakat tenglamalari juda murakkab 

bo’lganligi sababli bu metodlar o’z effektivligini yo’qotadilar;              

2)  moddiy  jismlar  harakatini  o’rganishdagi  ikkinchi  yo’l  –  tajribadan 

olingan  umumiy  qonuniyatlar  va  gipotezalar  asosida  fenomenologik  – 

makroskopik nazariyani yaratishdir. Amaliy jihatdan muhim ko’pgina masalalarni 

yechishda  makroskopik  nazariya  juda  effektiv  apparat  hisoblanadi  va  uning 

yordamida  topilgan  ma’lumotlar  tajriba  natijalari  bilan  mos  tushadi.  Shuning 

uchun ham biz tutash mumitlar mexanikasi kursini o’rganishni moddiy muhitning 

fenomenologik – makroskopik nazariyasi asosida olib boramiz. 

Tutash muhitlar mexanikasida ham, moddiy jismlar harakatini o’rganadigan 

boshqa  fanlarda  bo’lgani  kabi,  fazo  va  vaqt    tushunchalari  asosiy  tushunchalar 

bo’lib  hisoblanadilar.  Chunki  har  qanday  harakat  biror  fazoda  qandaydir  vaqt 



davomida  sodir  bo’ladi.  Tutash  muhitlar  mexanikasi  doirasida  har  qanday 

harakatni biz metrik (ixtiyoriy nuqtalari orasidagi masofalar aniqlangan) fazolarda 

tekshiramiz.  Bunday  metrik  fazoga  misol  sifatida  oddiy  uch  o’lchovli  Evklid 

fazosini  keltirish  mumkin.  Bu  fazoning  har  bir  nuqtasi,  butun  fazo  uchun  yaroqli 

bo’lgan,  yagona  (x,y,z)  Dekart    koordinatalari  sistemasi  bilan  aniqlanadi  va 

ixtiyoriy  x

1

  ,  y


,  z


1

  hamda      x

2

  ,  y


,  z


2

  koordinatali  nuqtalari  orasidagi  masofa 

quyidaqi 

  



 

 


2

2



1

2

2



1

2

2



1

z

z

y

y

x

x

r





 

formula  bilan  aniqlanadi.  Bundan  keyin  biz  faqat  hamma  nuqtalari  uchun  yaroqli 



bo’lgan  yagona  Dekart  koordinatalari  sistemasini  kiritish  mumkin  bo’lgan 

fazolarni  qaraymiz.  Bunday  fazo  Evklid  fazosi  deyiladi  va  shu  asosda 

rivojlantiriladigan mexanika Nyuton mexanikasi deyiladi. 

 

Tutash  muhitlar  mexanikasida  absolyut  vaqtdan  foydalaniladi.  Vaqtning 



absolyutligini  uning  hamma  uchun  bir  xilligida  deb  tushunish  kerak,  ya’ni  vaqt 

poezddagi, samolyotdagi, auditoriyadagi va h.k. kuzatuvchilar uchun bir xil o’tadi. 

Lekin shuni ta’kidlash lozimki, bu narsa faqat Eynshteynning nisbilik nazariyasini 

hisobga olmaslik mumkin bo’lgan holdagina o’rinlidir. 

 

Har  bir  fanning  o’ziga  xos  tekshirish  uslublari  bo’ladi.  Xuddi  shunday, 



tutash  muhitlar  mexanikasining  ham  o’ziga  xos  uslublari  mavjud.  Bu  uslublar 

matematik analiz, differensial geometriya, funksional analiz va boshqa matematik 

fanlar  qonunlariga  tayanadi.  Tutash  muhitlar  mexanikasining  hamma  uslublari 

asosida  quyidagi  konsepsiya  yotadi:  tutash  muhitning  harakatini  bir  qiymatli 

aniqlovchi  va  tavsif  etuvchi  (xarakterlovchi)  qator  tushunchalar  kiritiladi  va  ular 

sonlar  yoki  boshqa  matermatik  tushunchalar  yordamida  aniqlanadi.  Bunday 

tushunchalarga  misol  sifatida  tezliklar  maydoni,  bosimlar  maydoni,  harakat, 

muvozanat, zichlik, harorat va boshqalar ko’rsatilishi mumkin. 

 

Tutash  muhitlar  mexanikasida  mexanik  masalalarni  matematik  masalalarga 



keltiruvchi  uslublar  ishlab  chiqiladi.  Bu  yslublar  yordamida  mexanik  masala 

qandaydir sonlarni yoki sonlar funksiyalarini har xil matematik amallar yordamida 

topishga  keltiriladi.  Lekin  shuni  ta’kidlash  lozimki,  ko’p  hollarda  matematik 



masalaga  keltirilgan  mexanik  masala  shunday  qiyinlashadiki  uni  echish  amri-

mahol  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  matematik  ko’rinishga  keltirilgan  mexanik 

masalani  echish  matematikaning  yoki    matematiklarning  ishi  emas,  balki 

mexanikaning,  xususan  mexaniklarning  ishi  hisoblanadi.  Chunki  ana  shunday 

masalalar  mexanik  gipoteza  va  mulohazalar  asosida  soddalashtirilib,  keyin 

echilishi  mumkin.  Shunday  qilib,  tutash  muhitlar  mexanikasining  uslublari 



mexanik  masalani  matematik  masalaga  keltirish  va  uni  echish  uslublaridan 

iboratdir

 

Shunday qilib quyidagi asosiy gipotezalarga ega bo’ldik. 



1)  jism  zarrachalari  jism  joylashgan  fazo  bo’lagini  (qismini)  tutash, 

(bo’shliqlarsiz)  to’ldiradi.  Bu  zarrachalar  cheksiz  kichik  hajmga  ega 

bo’lib mexanik parametrlarga egadir (zichlik, harorat va h.k.); 

2)  Jism harakat qiladigan fazo Evklid fazosi bo’lib, bu shunday fazoki unda 

hamma  nuqtalar  uchun  umumiy  bo’gan  Dekart  koordinatalari 

sistemasini  kiritish  va  ixtiyoriy  nuqtalar  orasidagi  masofani  aniqlash 

uchun yagona formula beriladi. Masofaning o’lchov birligi sifatida Parij 

meridianining milliondan bir bo’lagi – metr qabul qilingan. 

3)  Vaqt absolyutdir. Ya’ni u har qanday koordinatalar sistemasida bir xil va 

bir  tekis  o’tadi,  boshqacha  aytganda  koordinatalar  sistemasining  nisbiy 

harakati  bilan  uzviy  ravishda  bog’langan.  Vaqt  birligi  sifatida  o’rtacha 

quyosh sutkasining 86400 dan bir qismi – sekund  qabul qilingan. 

 

Mustaqil ishlash uchun savollar 

1. Tutash muhit deganda nima tushuniladi? 

2.  Tutash  muhit  mexanikasining  tadqiqot  ob’ektlariga  fanning  qaysi  sohalari 

kiradi? 


3. TMM predmeti nima? 

4. Jismlar harakatini tekshirishda TMM qanday uslublardan foydalanadi? 

5. TMM uslublari asosida qanday konsepsiya yotadi? 

6. TMM ning asosiy qipotezalarini sanab bering. 




7. Qanbay fazo Evklid fazosi deyiladi? 

8. Metrik fazo ta’rifini bering? 

9. TMM da masofa va vaqtning o’lchov birliklarini ayting. 

10.  TMM ning asosiy tushunchalari nimalardan iborat ? 

 

Adabiyotlar 

1.  Xudoynazarov  X.X.    Deformatsiyalanuvchi  muhit  kinematikasi.    Ma’ruzalar 

matni. – Samarqand, 1995 yil. – 3 – 6 betlar. 

2. Golubeva O.V., Shohaydarova P. Sh.,  Hamidov A.A. Tutash muhit mexanikasi 

elementlari. O’quv qo’llanma – Toshkent, 1987 yil. – 4 – 5 betlar. 

3. Седов Л.И. Мeхaника сплошной среды. Учeбник. Том. 1. – Москва, 1970 г. 



– стр. 9 – 21.   

 

Download 169.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling