1. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo'qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko'plab asarlar yozishgan. Xo'sh, borliq nima


Download 13.02 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi13.02 Kb.
#1642969
Bog'liq
Falsafa


1.Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo'qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko'plab asarlar yozishgan. Xo'sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko'ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo'q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai - nazarlardan qarashlarning mayjudligi bilan izohlanadi.
2. Siz bilan biz yashayotgan shu dunyo o’zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go’zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo’lmaganida edi, bu olam haqidagi tasavvurlar ham bo’lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Hech narsasi yo’q olam yo’qlikdir. U mavhum tushuncha, ya`ni abstraksiyadir.Qadimgi davrlardan buyon odam o’zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta`minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib etdi va ularni e`zozlash, avaylab-asrash tuyg’usi shakllana boshladi.
3.Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda qadriyat, gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi.
Download 13.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling