1. Fayllarni arxivlash nima? Arxivlash dasturlari


Download 195 Kb.
bet2/9
Sana01.03.2023
Hajmi195 Kb.
#1240042
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Arxivlash dasturlari va ularning turlari

MS DOS muhitida ARJ, RAR, PKZIP, LIMIT va hokazolar.
Windows muhitida Winrar, Winzip va hokazolar.
Hozirgi kunda Windows operatsion tizimi ostida ishlaydigan Winzip, Winrar, Winzip Self-Extractor va shu kabi boshqa arxivatorlar turlari yaratilgan bo’lib ulardan keng foydalanilmiqda.
Shuningdek fayl va kataliglarni arxivlashda qobiq dasturlardan keng foydalaniladi. Arxivator dasturlar qobiq dasturlarga qo’shimcha imkoniyat sifatida qo’shilgan bo’lib, ular ma’lumotlarni arxivlashning keng imkoniyatlariga ega. Fayl va kataloglarni qobiq dasturlarda arxivlash qulay va vaqtni tejaydi.
Hozirgi kunda keng tarqalgan qobiq dasturlardan biri bular:
Norton Commander, Windows Commander, Total Commander va boshqalar.
Qobiq dastur imkoniyatiga ko’ra uning tarkibiga kiruvchi arxivator dasturlar soni o’zgarib boradi.
Lekin insoniyat hamisha yangilikka, qulaylikka intilib yashashini hisobga olsak, demak, bundan buyon bundan ham qulayroq, yanada ham keng imkoniyatga ega bo’lgan yangi-yangi arxivator dasturlari yaratilishi mumkin.


Nazorat savollari:

  1. Arxiv fayllarni nima uchun tekshirish kerak?

  2. Arxiv fayllarni qanday ko’rish kerak?

  3. Qanday buyruq bilan arxiv fayllarni tekshirish mumkin?

  4. Qanday buyruq bilan arxiv fayllar haqida ma’lumot ko’rish mumkin?

  5. Arxiv fayli ichidagi ma’lumotlarni qanday ko’rish mumkin?

  6. Arxiv ichidagi fayl haqida qanday ma’lumotlarni ko’rish mumkin?

Mavzu: MS DOS muhitida ishlaydigan arxivlash dasturlari.
Arj, Rar dasturlari ishlash uslubi.
Reja
1. Arxivlash haqida tushunchasi.
2. MS DOS da arxivlash uslubi.
3. Arj va Rar arxivator dasturlari.


Tayanch iboralar: operatsion sistema, qobiq dasturlar, arxivatorlar, arxiv fayllarning kengaytmalari.
Ma’lumki, kompyuterlarda o’zaro ma’lumotlar almashuvini qulaylashtirish maqsadida turli xil hajmdagi disketlardan foydalaniladi. Lekin shu disketalar ham kattaroq hajmdagi ma’lumotlarni o’zida sig’dirolmay, ma’lumot almashinuvi jarayoniga yetarli muammolar tug’dirishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, kompyuterni ishlatish jarayonida qattiq diskka ko’p murojaat etish natijasida diskdagi axborotlar ishdan chiqishi mumkin. Bu muammolarni bartaraf etish maqsadida kompyuter texnologiyasiga fayllarni arxivlash usuli kiritilgan. Shundan so’ng turli xil sabablarga ko’ra magnit disklar ishlashi yaxshilandi. Xotiradan joy egallash masalasi xal etildi. Kompyuter texnikasi rivojlanishi natijasida arxivlash usullari ham yaxshilandi. Dos tizimi ostida ishlaydigan Arj, Pkzip, Rkunzip, Rar arxivatorlari yaratildi. Fayl yoki fayllar arxivlanganda arxiv fayli hosil bo’ladi va ularda arxivlangan fayllar mundarijasi hosil bo’ladi. Arxiv mundarijasida arxivda qaysi fayllar borligi haqida ma’lumot olish mumkin. Arxiv mundarijasida arxivdagi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:



  • Fayl nomi.

  • Fayl saqlangan katalog haqida ma’lumot.

  • Faylning oxirgi modifikatsiyasining kuni va vaqti.

  • Diskdagi va arxivdagi faylning uzunligi.

  • Arxivdagi har bir faylni davriy nazorat qilish uchun maxsus kod. Bu kod arxiv butunligin tekshirish uchun foydalaniladi.

Arxivlash jarayonida fayllar siqiladi. Shuning uchun ham arxivlashda siqish darajasi tushunchasi kiritlgan. Arxivlashda siqish darajasi deganda, faylning saqalgandan keyingi hajminig boshlang’ich qismiga nisbatiga aytiladi. Masalan, faylning boshlang’ich hajmi 100 kb bo’lib, uning siqilgandan keyingi hajmi 10kb bo’lsa, Arj arxivatori siqish darajasi 10% bo’ladi (boshlang’ich ma’lumotdan qancha qolganini ko’rsatadi).
Arxivlovchi fayllarning hozirgi kunda eng ommabop, qulay va ko’p ishlatiladigan turlaridan biri bu Dos operastion tizimi ostida ishlatiladigan Arj va Rar arxivatorlaridir.
Bu arxivatorlar yordamida har qanday o’lchamdagi va har qanday sondagi fayllarni bir necha usul bilan siqish mumkin. Tomlarga bo’lib arxivlash, yuqori zichlikda arxivlash, o’zi ochiladigan qilib arxivlash, parol qo’yib arxivlash va hokazo. Arxiv fayl yagona faylga joylashtirilgan va kerak bo’lgan paytda muayyan holatdan avvalgu holiga qaytarish mumkin bo’lgan, bir yoki bir nechta fayllar to’plamini siqilgan holda o’zida mujassamlashtirgan fayldir. Agar arxivlangan fayl o’z holiga qaytarilmasa, ya’ni arxivlash ochilmasa, uni ishlatish mumkin emas.
Buyruqning umumiy ko’rinishi:

Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling