1. Ферментларни барқарорлашнинг афзаллик жиҳатлари


Download 88.58 Kb.
bet1/12
Sana06.05.2023
Hajmi88.58 Kb.
#1435455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
biotex


1.Ферментларни барқарорлашнинг афзаллик жиҳатлари.
Fermentlar biologik katalizatorlar bo'lib,ularning ko'plab sinflarga mansub turlari mavjud.Fermentlar oqsil tabiatli bo’lganligi uchun oqsilga xos xususiyatga ega. Lekin shu bilan birga faqat ularning o’ziga xos bo’lgan bir qator xususiyatlari xam bor. Bular fermentlarning termolabilligi, spestifikligi, muhit RN ning o’zgarishiga nisbatan sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlarning ta’siriga moyilligi va boshqalardir. Fermentlarning faolligi umumiy va solishtirma holatda namoyon bo'ladi..Biotexnolgiyada anorganik katalizatorarga qaraganda biologik katalizatorlardan foydalanishning ko'plab afzallik tomonlari mavjud.Fermentlarni texnologiyalarda qo'llashda fermentlarni asosiy xususiyatlari muhim rol o'ynaydi.Ferment faolligini oshiruvchi uni boshqaruvchi omillarga harorat, pH, substrat konsentratsiyasi, ferment barqarorligini misol qilib keltirish mumkin. Fermentlarning barqarorligi- uning maksimal haroratida aniqlanadi.Labaratoriya sharoitda ham fermentlardan foydalansak energiya kam ketadi va reaksiya tezlashadi.


2.Ферментларни биоспецифик усулда тозалаш.
Fermentlar va boshqa oqsil moddalari har xil erimaydigan birikmalarga adsorbsiyalanish (so’rilish) qobiliyatiga ega. Bu xususiyat oqsil aralashmalarini ajratishda va ayniqsa fermentlarni laboratoriya sharoitida tozalashda hamda gomogen bo’lgan ferment preparatlarini olishda ishlatiladi. Adsorbsiya usuli, shu bilan birga kolonkali xromatografiya usullari fermentlarni yuqori darajada toza va ko’p mikdorda olish imkonini beradi.Fermentlarni Affinli (biospesifik) xramotografiya usuli bilan tozalash oqsil va fermentlarni tozalash va ajratishning adsorbsiya hodisasiga asoslangan usullari ichida alohida o’rinni egallaydi. Ko’pincha uni affinli xromatografiya yoki bioaffinli, yoki biospesifik xromatografiya deyiladi.Ma’lumki barcha biologik faol birikmalar, xususan fermentlar ham ligandlar yoki affinli ligandlar deb nomlanadigan birikmalarga maxsus bog’lanish xususiyatlariga egadir. Agarda shunda ligandlarni inert matrisaga kovalent bog’lansa faqat kerakli fermentni ushlovchi va qolgan oqsil va moddalarni o’tkazib yuboruvchi maxsus adsorbentni olish mumkin. Maxsus yuvuvchilardan yoki jarayon sharoitlari farqi asosida ligandni fermentga bo’lgan xususiyatini o’zgartirish yo’li bilan oqsilni desorbsiyaga uchratib, tozalash natijasida bitta yuqori tozalikka ega bo’lgan fermentni olish mumkindir. Lekin ligand va uni ushlab turuvchini tanlash juda qiyin vazifadir. Ko’pchilik hollarda affinli adsorbentlarni sintez qilishda tozalanayotgan fermentning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Bu jarayon boshqa qiyinchiliklarga ham ega. Masalan, sorbent yuqori spesifiklikka ega bo’lmay kerak bo’lmagan boshqa fermentlarni ham ushlab qolishi va natijada fermentni bu murakkab kompleksdan ajratib olishni qiyinlashtirishi ham mumkin. Affinli xromatografiya uchun har xil turdagi erimaydigan sorbentlardan foydalaniladi, lekin eng ko’p tarqalgani ko’ndalang qilib ulangan agaroza donachalaridir. Ular yuqori bosimda o’z shaklini saqlaydi va buferlarni hamda erituvchilarni almashtirishga bardoshlidir

Download 88.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling