1. Fermentlarning umumiy xususiyatlari Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezligining


Download 56.63 Kb.
bet1/7
Sana06.11.2023
Hajmi56.63 Kb.
#1751543
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fermentlar ishtirokida organik kislotalar olish


Fermentlar ishtirokida organik moddalar sintezi
Reja:
Kirish

1. Fermentlarning umumiy xususiyatlari

2. Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezligining

haroratga bog‘liqligi


3. Fermentlar faolligining boshqarilishi
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Fermentlar deb organizmdagi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi biologik faol oqsillarga aytiladi. (Lotincha «Fermentum» – achitqi yoki «enzim» grekcha «en» – ichki, «zim» tomizg‘i).
Fermentlar tashqi muhitdan tushgan va organizmning o‘zida hosil bo‘lgan moddalarning o‘zgarishini amalga oshiradi. Ovqat moddalarning o‘zlashtirilishi va ularning keyinchalik ishlatilishi, yuqori molekulali birikmalardagi kimyoviy energiyaning biologik oksidlanish davrida ajralishi va hujayra hamda to‘qimalarning ularning rivojlanishi va takomillanishi davrida struktur elementlarining hosil bo‘lishi fermentlarning bevosita ishtiroki ostida boradi. Fermentativ reaksiyalar asosida moddalarning o‘zgarishi organizm hayot faoliyatining material va energetik asosini tashkil etadi, shuning uchun fermentlar hayot jarayonlarini haraktlantiruvchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Murakkab fermentlarning faol markaziga kofaktor kiradi. Oligomer fermentlarda faol markazlar soni subbirliklar soniga teng, yoki ikkita subbirliklar faol markazni hosil qilishi mumkin. Ba’zi fermentlarda faol markazdan tashqari regulyator – allosterik markaz bo‘lishi mumkin. Bu markaz modifikatorlar bilan birikadi. Modifikatorlar ferment faolligini oshirishi (effektorlar) yoki susaytirishi (ingibitorlar) bo‘lishi mumkin. Fermentativ reaksiya tezligining ferment konsentratsiyasiga bog‘liqligi tabiatan chiziqli bo‘ladi. Ferment miqdorini ko‘pchilik hollarda absolyut miqdorlar (masalan, grammlar hisobida) bilan o‘lchash mumkin bo‘lmaganidan reaksiya tezligining ferment miqdoriga chiziqli tarzda bog‘liqligiga asoslangan shartli birliklardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.


Fermentlarning umumiy xususiyatlari


Fermentlar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrda nemis olimi Libaviya va golland olimi Van Gelmontlar tomonidan xususiyatlarini spirtli bijg‘ish o‘rganishda aniqlangan. XVIII asr oxirida Reomyura va Spallansiani yirtqich hayvonlarning me’da shirasida go‘shtni hazmlanishi mexanik ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon tufayli ekanligini isbotlaganlar. 1836-yili esa Shvan me’da shirasida pepsin fermenti borligini kashf qilgan. Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor kraxmalni shakarga aylanishida kimyoviy moddalar (fermentlar) ishtirokini ko‘rsatgan bo‘lsa, 1837-yili Payyen va Perso ularni ajratib olgan va termolabilligini aniqlaganlar. Shu yili Berselius fermentlarni anorganik katalizatorlar bilan solishtiradi. M.M. Manaseina, G. Buxner va E. Buxner bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettiradilar, 1894-yilda esa E.Fisher fermentlar spetsifikligini «qulf-kalit» nazariyasi asosida isbotlab beradi. XX asrning boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak yo‘lidagi fermentlar nofaol – proferment holatda bo‘lishini, tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko‘rsatadi va fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi. Mixaelis va Menten 1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va fermentativ reaksiyalar kinetikasini yaratishadi. 1926-yili Samner ureaza fermentini kristall holda oladi va uni oqsil tabiatligini ko‘rsatadi. 1957-yili Viland

Download 56.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling