1. Fermentlarning umumiy xususiyatlari Tirik organizmlarda fermentativ reaksiyalar tezligining


Download 56.63 Kb.
bet5/7
Sana06.11.2023
Hajmi56.63 Kb.
#1751543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fermentlar ishtirokida organik kislotalar olish

Fermentlarning spetsifikligi. Ko‘p substratlardan bir yoki bir necha kimyoviy tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lganlarni tanlab olish xususiyatiga fermentlarning spetsifikligi deyiladi. Fermentlarning yuqori spetsifiklikka ega bo‘lishi termodinamik sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy reaksiyalardan faqat ba’zilarini tanlab oladi va shuning uchun metabolik jarayonlarni umumiy yo‘nalishini ko‘pincha aniqlaydi.
Quyidagi spetsifiklik turlari tafovut etiladi:

  1. Absolut spetsifiklik.

  2. Absolut-guruh spetsifikligi.

  3. Nisbiy guruh spetsifikligi.

  4. Nisbiy spetsifiklik.

  5. Steriokimyoviy spetsifiklik.

Absolut spetsifiklikka faqat bitta substratga ta’sir eta oladigan va o‘xshash bo‘lgan molekulalar bilan ta’sir etmaydigan fermentlar egadir. Masalan: ureaza, aspartaza, arginaza va boshqalar.
Absolut-guruh spetsifikligiga bir xil tipda tuzilishga ega bo‘lgan substratlarga ta’sir etadigan fermentlar kiradi. Masalan: glyukozidaza, karboksipeptidaza, aminopeptidaza va boshqalar.
Nisbiy-guruh spetsifikligiga kimyoviy bog‘ turiga nisbatan spetsifik bo‘lgan fermentlar kiradi. Masalan: lipaza, esterazalar triglitserid, diglitserid, monoglitserid molekulasidagi murakkab efir bog‘larini uzadilar va boshqalar.
Nisbiy spetsifiklik xususiyatiga sitoxrom R450, pepsin, ximotripsin, tripsin va boshqa proteolitik fermentlar ega.
Sterioximik spetsifiklikka faqat bir fazoviy izomerga ta’sir etuvchi fermentlar egadir. Masalan: aminokislotalarning L – oksidaza yoki D – oksidazalari faqat tegishli izomerlargagina ta’sir etadilar.
Fermentlarning spetsifik ta’siri 2 gipoteza yordamida tushuntiriladi: Fisher gipotezasi – ferment va substrat bir-biriga kalit qulfga to‘g‘ri kelganidek mos kelishi kerak. Koshland gipotezasi – majburan to‘g‘ri kelishlik, ba’zan ferment o‘zining konformatsiyasini o‘zgartirish va substratiga mos kelishi mumkin. Buni qo‘lpaypoq va kaft misolida tushuntirish mumkin.

Download 56.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling