8-ma’ruza. Moylar va yоg’larning yоg’ kislota tarkibi. Asosiy yog’larning tavsifi reja


Download 191.5 Kb.
bet1/9
Sana17.11.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1783137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu


8-MA’RUZA.MOYLAR VA YОG’LARNING YОG’ KISLOTA TARKIBI.
ASOSIY YOG’LARNING TAVSIFI
Reja :
1.Tabiiy yоg’lar triglitseridlari yоg’ kislotalari tuzilishining umumiy tomonlari.
2.Yоg’ qatori birikmalari sifatida triglitserid tarkibiga kiruvchi yоg’ kislotalarining ta’siri.
3.Yоg’ qatori birikmalari sifatida triglitserid tarkibiga kiruvchi yоg’ kislotalarining ta’siri.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Triglitseridlar, yоg’ kislotalar, tuzilishi, yоg’ qatori birikmalari sifatida, triglitserid tarkibiga kiruvchi yоg’ kislotalar, yоg’larning yоg’ kislota tarkibi.
Yog’lar va moylar deb turli yuqori molekulyar yоg’ kislotalardan hosil bo’lgan har xil uchglitseridlar bilan yo’ldosh moddalarning aralashmasiga aytiladi. Tabiatda ma’lum lipidlar (yоg’simon moddalar) ichida yоg’lar va moylar eng katta guruhni tashkil qiladi. Ularning fizik va kimyoviy xossalarini ifoda qilib, odatda hayvonlar tanasidan olingan, qattiq strukturaga ega bo’lgan lipidlar kompleksi - yog’lar deb atalsa, o’simlik mevasi va urug’laridan olingan, asosan suyuq holatdagi lipidlar kompleksi - moylar deb yuritiladi. Biroq ayrim hollarda yоg’ning yoki moyning fizik strukturasidan qat’iy nazar, faqat kelib chiqishi nazarga olingan holda nomlanadi, masalan, baliq yоg’i yoki kokos moyi deb ham yuritiladi.
Yog’larning turi juda ham ko’p. Ular asosan yuqorida aytilganday, kelib chiqishi bilan farq qiladi, shuning uchun ikki xil hayvon yоg’ilari va o’simlik moylari bo’lishi mumkin. Hayvon va o’simlik hujayralaridan eritib, presslab va organik erituvchi bilan eritib olingan yоg’lar va moylar tarkibida boshqa lipidlar (yo’ldosh moddalar) ham erigan holda bo’ladi va ular hom yоg’lar va moylar deb ataladi. Hom yоg’lar va moylarning 95-97%-ni yоg’ kislotalarning glitseridlari tashkil qiladi.
Hayvon yоg’lari kelib chiqishi bilan bir necha xil bo’lishi mumkin, ya’ni hayvonlarning tanasidan, sutdan, parranda va baliqlardan olingan yоg’lar bo’lishi mumkin. O’simlik moylari esa o’z navbatida urug’dan va meva tanasidan olinishi mumkin.
Yog’lar va moylar bir-birlaridan asosan glitseridlari tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalari va yo’ldosh moddalari bilan farq qiladilar. Yog’lardagi glitseridlar uch xil - birglitseridlar, ikkiglitseridlar va uchglitseridlar ko’rinishida bo’lib, ulardan eng ko’pi va yоg’larning asosini tashkil etuvchi uchglitseridlardir. Glitseridlarning nisbati hujayralardagi biosintez jarayonining bosqichiga yoki ajratib olingan yоg’ yoki moylarning saqlanish sifatiga bog’liqdir.
Yog’lardagi farq asosan yog’ kislotalari va ularning miqdorida bo’lib, ko’p uchraydigan yog’lar misolida quyidagi jadval berilgan.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling