8-ma’ruza. Moylar va yоg’larning yоg’ kislota tarkibi. Asosiy yog’larning tavsifi reja
Download 191.5 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Palma yadro moyi.
- Yeryong’oq moyi.
Palma moyi. Palma moyi moyli palma (E1aeis gnineesis) mevasini yumshoq qismidan presslab olinadi. Palma moyi ozuqa moyi sifatida va yog’larni qayta ishlash korxonalarini turli sohalarida keng foydalaniladi. Uning tarkibida to’yingan palmitin kislotasi ko’p bo’lganligi sababli bu moy qattiq bo’lib, margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Palma moyini 15°C dagi zichligi 921-925 kg/m3, yod soni 48-58% yod, 40°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,453-1,459 ga teng bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 0,1-4,3% kaprin, 1,2-4,5% miristin, 39,0-46,8% palmitin, 1,3-6,5% stearin, 36,7-43,0% olein va 5-18% linol kislotalaridan tashkil topgan. Palma mevalaridan olingan moyning rangi karotin miqdorini ko’p bo’lganligi hisobiga to’q sariqdan qizil ranggacha bo’ladi, u yoqimli binafsha hidini eslatuvchi o’ziga xos hidga va ta’mga ega.
Palma yadro moyi. Palma yadro moyi palma (Elaeis guineensis) danagi mag’zini presslab va mag’iz kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Palma yadro moyi texnik maqsadlarda keng foydalaniladi, uning tarkibida to’yingan yog’ kislotalaridan laurin va miristin kislotalarining miqdori ko’p bo’lganligi uchun, bu moy asosan, atir sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. Palma yadro moyini 15°C dagi zichligi 925-935 kg/m3, yod soni 12-20% yod, 40°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,449-1,452 ga teng bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 2,4-4,3% kaprin, 3-7% kapron, 44,5-52,0% laurin, 14,0-18,6% miristin, 6,5-9,0% palmitin, 1,0-3,5% stearin, 10,5-19,0% olein va 0,7-2,1% linol kislotalaridan iborat. Palma yadro moyining rangi to’q sariq rangdan to’q qizil ranggacha bo’ladi, hamda u o’ziga xos hidga ega. Yog’ kislota tarkibi bo’yicha palma yadro moyi kokos moyiga yaqin, ammo u yod sonini biroz yuqoriligi bilan kokos moyidan farqlanadi. Yeryong’oq moyi. Yeryong’oq moyi yeryong’oq (Agashis hyrogaea), urug’idan presslab va urug’ kunjarasini geksan, ekstraktsiya benzini (A markali) bilan ekstraktsiyalab olinadi. Yeryong’oq moyini suyuq fraktsiyasidan asosan salatlar uchun salat moyi sifatida, hamda quyuq fraktsiyasi (palmitin)dan margarin ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yeryong’oq moyini 15°C dagi zichligi 911-929 kg/m3, qotish harorati 2,5°C dan 3,0°C gacha, yod soni 82-92% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,468-1,472, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 74-8910-6 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 6-18% palmitin, 2-7% stearin, 0,8-7,3% araxin, 39-70% olein va 13-38% linol kislotalaridan tashkil topgan. Yeryong’oq moyi och sariq rangdan qizil jigarranggacha bo’yalgan bo’lib, o’ziga xos ta’m va hidga ega. Past haroratlarda moy tarkibidagi glitseridlar kristallanib, yeryong’oq stearini hosil qiladi. Yeryong’oq moyi yarim quriydigan moylar turkumiga kiradi va tarkibida to’yingan yog’ kislotalarini kamligi va olein kislotasini ko’pligi bilan boshqa moylardan ajralib turadi. Bu ko’rsatkichlar uni ozuqaviy qiymatini yuqoriligini ko’rsatadi. Download 191.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling