8-ma’ruza. Moylar va yоg’larning yоg’ kislota tarkibi. Asosiy yog’larning tavsifi reja
Download 191.5 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rik moyi.
Pomidor moyi. Pomidor moyi pomidor (Lugopersion) urug’idan presslab va qisman moyi olingan urug’larni erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Pomidor moyi ozuqa va texnik maqsadlarda foydalaniladi. Pomidor moyining 15°C dagi zichligi 920-930 kg/m3, qotish temperaturasi 6°C dan 12°C gacha, yod soni 109-115% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,470-1,479, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 72,4 - 89,0106 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 10-20% palmitin, 5-6% stearin, 5,7% gacha araxin, 13-30% olein, 35-62% linol va 1,7-2,5% linolen kislotalaridan iborat. Pomidor urug’laridan olingan moyning rangi och sariqdan to’q jigarranggacha bo’lib, ba’zida karotinoidlar miqdori yuqori bo’lganligi hisobiga qizg’ish rangga, bo’yalgan bo’ladi, o’ziga xos ta’m va o’tkir qalampir hidiga ega.
Uzum moyi. Uzum moyi uzum (Vitis) urug’idan presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Uzum moyi oziq-ovqat uchun tozalanmagani olif va laklar tayyorlashda va boshqa texnik maqsadlarda foydalaniladi. Uzum moyi 15°C dagi zichligi 9,9-9,56 kg/m3, qotish temperaturasi 10°C dan 20°C gacha, yod soni 176-196% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,470-1,480, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 57,610-6 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 5,0-6,5% palmitin, 2,3-10,0% stearin, 12-37% olein va 45-72% linol kislotalaridan tashkil topgan. O’zum urug’laridan olingan moyining rangi och sariqdan yashil tusli jigarranggacha bo’lib, o’ziga xos yoqimli hid va ta’mga ega. O’rik moyi. O’rik moyi o’rik (Agmeniaca) danagi mag’zidan sovuq usulda ikki marta presslab olinadi. O’rik moyi oziq-ovqat uchun va tibbiyotda dori-darmonlar tayyorlashda qo’llaniladi. O’rik moyining 15°C dagi zichligi 915-921 kg/m3, qotish temperaturasi 14°C dan 22°C gacha, yod soni 90-112% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,470-1,476 bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 2,1-4,5% palmitin, 1,0-1,2% stearin, 60-79% olein va 18-32% linol kislotalaridan iborat. Yangi olingan o’rik moyi och rangli, yoqimli ta’mga va achchiq bodomni eslatuvchi hidga ega. Download 191.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling