8-ma’ruza. Moylar va yоg’larning yоg’ kislota tarkibi. Asosiy yog’larning tavsifi reja


Download 191.5 Kb.
bet6/9
Sana17.11.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1783137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

Kunjut moyi. Kunjut moyi kunjut (Sesamum indicum) urug’idan presslab va urug’ kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi.
Presslab olingan kunjut moyi iste’mol uchun oziq-ovqat sanoatida va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda tabobat va parfyumeriyada qo’llaniladi. Kunjut moyini 15°C dagi zichligi 921-924 kg/m3, qotish temperaturasi 3°C dan 7°C gacha, yod soni 103-117% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,471-1,476, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 10-6 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi 3,5-9,9% palmitin, 3,3-6,6% stearin, 36-48% olein va 35,8-55,6% linol kislotalaridan iborat. Kunjut moyi ham yarim quriydigan moylar turkumiga kirib, rangi och sariqdan to’q sariqgacha bo’lib, deyarli hidsiz va yoqimli ta’mga ega. Kunjut urug’ini po’stidan ajratib, mag’zini ezib olingan mahsulot holva tayyorlashda xomashyo hisoblanadi. Kunjut moyi ozuqaviy qiymatini yuqoriligi bilan boshqa moylardan ajralib turadi, hamda uning tarkibida aktiv antioksidant - sezomol (oksigidroxinonni metil efiri) mavjud bo’lib, u moyni saqlash vaqtida yuqori chidamliligini ta’minlaydi.
Tung moyi. Tung moyi tung daraxti (Aleurites) mevasi danagi mag’zidan presslab va kunjarasidan erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Tung moyi tez quriydigan moy hisoblanadi. Shuning uchun biror sirt yuzasiga surtilganda, tez quriydi va chidamli, egiluvchan yupqa parda, atmosfera yog’inlari va har xil kimyoviy reagentlar, asosan kislota va ishqorlar ta’siriga, yaxshi elektr himoyalash xususiyatiga ega va namlikka chidamli bo’ladi. Bu moyni samolyot va avtomobilsozlikda, kemalarning suv ostki qismlarini bo’yashda, konservalashda, laklarni, polietilen, linoleum, issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish sanoatida va boshqa sohalarda ko’p qo’llaniladi. Tung moyini 20°C dagi zichligi 925-943 kg/m3, qotish temperaturasi 2°C dan 17°C gacha, yod soni 145-176% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,500-1,524, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 216-220,510-6m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi 3-17% palmitin, 3-7% stearin, 4-19% olein, 8-13% linol va 66-82% linolen kislotasini izomeri elostearin kislotalaridan iborat. Tung moyi yorug’likda issiqlik ta’sirida eriydigan och rangli qattiq massani hosil qiladi.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling