8-ma’ruza. Moylar va yоg’larning yоg’ kislota tarkibi. Asosiy yog’larning tavsifi reja


Download 191.5 Kb.
bet8/9
Sana17.11.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1783137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

Bodom moyi. Bodom moyi bodom (Amigdalus) danagi mag’zidan presslab olinadi. Bodom moyi asosan tibbiyotda, parfyumeriya, kosmetika sohalarida va oziq-ovqatda ishlatiladi. Bodom moyining 15°C dagi zichligi 914-921 kg/m3, qotish temperaturasi 9°C dan 21°C gacha, yod soni 92-106% yod, 200С dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,468-1,471, 30°C dagi kinematik qovushqoqligi 47,810-6m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi 1,2% miristin, 3,0-9,8% palmitin, 2,1-4,0% stearin, 43,8-84,0% olein va 13,4-44,3% linol kislotalaridan iborat. Bodom moyi och sariq rangda bo’lib, deyarli hidsiz va yoqimli yong’oq ta’miga ega.
Olxo’ri moyi. Olxo’ri moyi olxo’ri (Rrunus) danagi mag’zidan presslab va kunjarasini geksan, ekstraktsiya benzini yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Olxo’ri moyi tibbiyotda, parfyumeriya, kosmetika sohalarida va oziq-ovqatda ishlatiladi. Olxo’ri moyining 15°C dagi zichligi 915-920 kg/m3, qotish temperaturasi 58°C dan 8°C gacha, yod soni 91-105% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,470-1,472 bo’lib, yog kislota tarkibi 4,5-4,9% palmitin, 1,0-1,4% stearin, 69-72% olein va 19-25% linol kislotalaridan iborat. Olxo’ri moyi tilla sariq rangdan jigarranggacha bo’lib, achchiq bodomni eslatuvchi ta’m va hidga ega.
Olcha moyi. Olcha moyi olcha (Segasus) danagi mag’zini presslab va kunjarasini erituvchilar (geksan, ekstraktsiya benzini) yordamida ekstraktsiyalab olinadi. Olcha moyi deyarli, faqat oziq-ovqatda foydalaniladi. Olcha moyining 150C dagi zichligi 921-929 kg/m3, qotish temperaturasi 16°C dan 20°C gacha, yod soni 93-122% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,472-1,474 bo’lib, yog’ kislota tarkibi asosan 4,3% palmitin, 2,9% stearin, 47-50% olein va 40-42% linol kislotalaridan iborat. Olcha moyi tilla sariq rangli bo’lib, yoqimli bodom hidiga va xushta’mga ega.
Chakanda (oblepixa) moyi. Chakanda moyi chakanda mevasidan presslab olinadi. Bu moy tibbiyotda bitishi qiyin bo’lgan yaralarga, kuygan va sovuq urgan terilarga, qizil o’ngach, me’da (oshqozon) shilliq qavatlari xastaliklarini, o’n ikki barmoqli ichak, A vitamining etishmasligi sababli kelib chiqadigan avitaminoz kasalligini davolashda yaxshi naf keltiradi. Chakanda moyining 15°C dagi zichligi 921-924 kg/m3, qotish temperaturasi 6°C gacha, yod soni 70-76% yod bo’lib, yоg’ kislota tarkibi 10-11% palmitin, 10-11% stearin, 23-63% olein va 26-38% linol kislotalaridan iborat. Moyning rangi to’q sariq bo’lib, unda karotin va E,R vitaminlari bor.
Shaftoli moyi. Shaftoli moyi shaftoli (Regsisa) danagi mag’zidan presslab olinadi. Bu moy farmakologiyada va oziq-ovqat maqsadida ishlatiladi. Bu moy olein kislotasi miqdorining ko’pligi bilan baholanadi. Olein kislotasi odam organizmiga zarur bo’lgan kislotadir. Buning tarkibiga V1, B2, RR, P5 hamda nikotin kislotasi va vitamin E kiradi. Shaftoli moyi inson organizmidan o’t haydashni normallashtiradi, hamda nafas olish yo’llari shamollaganda, allergik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Shaftoli moyini 15°C dagi zichligi 914-925 kg/m3, qotish temperaturasi -20 dan -23°C gacha, yod soni 74-123% yod, 20°C dagi nur sindirish ko’rsatkichi 1,471-1,473, 20°C dagi kinematik qovushqoqligi 72,8- 10-6 m2/s bo’lib, yog’ kislota tarkibi 3% gacha palmitin, 15% stearin, 73,3-85,0% olein va 16,4% linol kislotalaridan iborat. Shaftoli moyi tiniq holda och rangdan tilla sariq ranggacha bo’lib, achchiq bodomni eslatuvchi ta’m va hidga ega. Shaftoli moyi siydik haydash xususiyatiga ega. Bu moylar parhez taomlar tayyorlashda ya’ni teri yallig’lanishni oldini olishda qo’llaniladi. Bundan tashqari shaftoli moyi farmokologiya sohasida yuqori sifatli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling