1. Fizik-kimyoviy analiz usulalari fanining maqsad va vazifalari


Download 44.1 Kb.
bet1/5
Sana04.01.2023
Hajmi44.1 Kb.
#1079060
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu.ANALITIK KIMYODA FIZIK KIMYOVIY USULLAR FANI, UNING SINFLANISHI, MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA:
1.Fizik-kimyoviy analiz usulalari fanining maqsad va vazifalari,
2.Aniqlash (sifat va miqdor analizi) metodlari, ularning turlari.
3. Fizik–kimyoviy taxlil usullarining sinflanishi , xususiyatlari (sezgirligi, takrorlanuvchanligi, tanlovchanligi).
4.Fizik-kimyoviy analiz usullarining ishlab chiqarish korxonalaridagi axamiyati.

“Analitik kimyoda fizikaviy usullar” fani analitik kimyoning fizik-kimyoviy usullarini o’z ichiga oladi. Ushbu kursni o’qitishning asosiy maqsadi talabalarda zamonaviy optik analiz usullari va elektrokimyoviy hamda mass-spektroskopik analiz, keyingi vaqtlarda barcha ishlab chiqarish sohalarini egallab borayotgan zamonaviy xromatografik usullar, ularning mohiyati, ishlash prinsipi, asosiy kattaliklari, qonuniyatlari hamda halq xo’jaligidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni shakllantirish iborat.
Analitik kimyoda fizikaviy usullar fanining vazifasi ushbu fan bo’yicha amaliy mashg’ulot va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda talabalar analizning fizik-kimyoviy va fizikaviy usullarini har qanday ob’yektlar analizida amalda qo’llash bo’yicha bilim va tajribasini oshirish, shuningdek, eng yangi, zamonaviy asbob-uskunalarda ishlay olish ko’nikmasini bevosita ishlab chiqarish korxonasi laboratoriyasida ishlab chiqarish jarayoda o’rganishdan iborat.
Fanning vazifalaridan yana biri – talabalarni har bir analitik usulning fizik ma’nosi, spektroskopik parametrlarining qiymatlari bilan modda tarkibi va tuzilishi orasidagi bog’liqlik, hamda har bir usulga oid muammolarni bevosita ishlab chiqarish jarayonining o’zida hal etish ko’nikmasiga ega bo’lishdan iborat.


Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Analitik kimyoda fizikaviy usullar fani keyingi vaqtlarda barcha ishlab chiqarish sohalarini egallab borayotgan zamonaviy taxlil usullari, ularning mohiyati, ishlash prinsipi, qo’llanilishi, shuningdek, asosiy kattaliklarini o’rganishni taqozo etganligidan bu fan barcha kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida o’zining mustahkam o’rniga ega. Ushbu fanni o’rganish bilan talabalar haqiqatdan ham zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullaridan kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida foydalanish natijasida ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifatini nazorat qilishga hamda atrof–muhit musaffoligiga erish uchun imkon yaratilishiga amin bo’ladilar. Analitik kimyoda fizikaviy usullar fanining laboratoriya mashg’ulotlarini talabalar tomonidan bevosita ishlab chiqarish korxonalari kimyo laboratoriyalarida bajarilishi fanning ishlab chiqarishdagi o’rni haqidagi bilimlarining yanada mukammalroq shakllanishiga olib keladi.

Moddalarning tuzilishi va ularning reaksuyaga kirishish qobiliyatini o’rganish bilan bog’liq muhim masalalar kimyo fanining rivojlanishidagi asosiy omillardan hisoblanadi. Ma’lumki, moddalarning tuzilishi va ularning fazoviy holatlari bir qancha klassik usullar: oksidlanish-qaytarilish, degidrogenlash reaksiyalari va turli xil hosilalarini olish orqali o’rganilib kelingan va shuning bilan bir qatordaa ularning fizikaviy doimiyliklari ham aniqlanib, ma’lum kerakli ma’lumotlar olinishiga erishilgan, ammo bu usullar yordamida masalani hal etish uzoq vaqtni va moddani yetarli miqdorda bo’lishligini talab etadi. Adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga binoan, sinxona daraxti po’stlog’idan ajratib olingan biologik faol modda-xinin alkaloidining tuzilishini aniqlashga 100 yildan ortiq vaqt sarf bo’lgan, aynan shunday misollarni kimyo fanidan bir qanchsini keltirish mumkin.


Аnаlitik rеаktsiyalаrni o’tkаzishdа qаnshа miqdоr mоddа bilаn ishlаnishigа qаrаb sifаt аnаlizini:

  1. Mаkrо

  2. Yarimmikrо

  3. Mikrо

  4. Ultrаmikrо mеtоdlаrgа bo’linаdi.


Download 44.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling