1. Fizik-kimyoviy analiz usulalari fanining maqsad va vazifalari


Fizik-kimyoviy metodlar bir necha afzalliklarga ega


Download 44.1 Kb.
bet4/5
Sana04.01.2023
Hajmi44.1 Kb.
#1079060
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Fizik-kimyoviy metodlar bir necha afzalliklarga ega:

  1. Analizni uzoq masofadan turib boshqarish. Masalan, rentgen-fluoressent metod bilan oydagi tuproqni analiz qilish bunga yaqqol misol bo’la oladi.

  2. Bu metodlarda ishlatiladigan asboblar jarayonni sistemalashtirishga imkon beradi.

  3. Namunani buzmasdan turib analiz qilish bu kriminalistika va meditsinada katta ahamiyatga ega.

Fizik-kimyoviy metodlarning kamchiligi shundaki, ularni bajarish uchun standart eritmalar, etalonlar va darajalangan grafiklar tayyorlash kerak bo’ladi.


Fizik-kimyoviy analiz metodlarining turlari juda ko’p lekin eng asosiylari:

  1. Optik analiz metodlari;

  2. Elektrokimyoviy analiz metodlari;

3.Xromatografik analiz metodlari;

Fizik – kimyoviy tahlilning optik usullari

Optik usul eritmа rаngining uning kоntsеntrаtsiyasi bilаn bоg’liq bo’lishigа аsоslаnаdi. (аniqrоg’i eritmа rаngining, rаng хоsil qiluvshi mоddа kоntsеntrаtsiyasi bilаn bоg’liqligigа)


Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy tahlillarni o`tkazishda optik tahlil usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o`zining umumiyligi, sеzgirligi, ayrim moddalarning to`g`ridan-to`g`ri aniqlash imkoniyatiga egaligi eksprеsligi (tahlil o`tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
Optik tahlil usullari fizik–kimyoviy usullarning bir qismi bo`lib, nur enеrgiyasining tahlil qilinadigan modda bilan o`zaro ta'sirini o`rganishga asoslangan. Optik tahlil usullari quyidagi qismlarga bo`linadi:
1. Nurni yutilishiga asoslangan usullar.
2. Nurning chiqarilishiga asoslangan usullar.
Birinchi qismga kiradigan usullar bu:

  • Fotomеtrik

  • Kinеtik

  • Emission spеktral tahlil

  • Atom- absorbsion

  • Aktivatsion

  • Mass-spеktral tahlil usullari.

Ikkinchi qismga kiradigan usullar bu:

Nurning yutilishi yoki chiqarilishiga asoslangan tahlil usullari optik tahlil usullari dеyiladi. Tahlilning optik usullari,fizik-kimyoviy usullarning bir qismi bo`lib, nur enеrgiyasining tahlil qilinadigan modda bilan o`zaro ta'sirini o`rganishga asoslangan.
Электрокимёвий анализ усуллари
Электрокимёвий анализ усуллари — моддаларни электр токи ёрдамида текширишга асосланган кимёвий анализ усуллари мажмуи. Амалда электрокимёвий анализнинг электролиз (электрогравиметрик анализ, ички электролиз, металларни контакт алмаштириш — цементация, полярографик анализ) ва титриметрик (амперметрик, кондуктометрик, потенциометрик титрлаш) усулларидан фойдаланилади.
Электрогравиметрик анализ электролиз натижасида ҳосил бўлган элементнинг массасини аниқлашга асосланган. У, асосан, рангли, оғир ва баъзан қора металларни миқцорий аниқлашда ёки уларни бир-биридан ажратишда қўлланади. Ички электролиз усули турли материаллар таркибидаги металлар миқдорини аниқлашда қўлланади. Металларни контакт алмаштириш (цементация) усулидан модда таркибида жуда оз миқдорда учрайдиган металларни ажратиб олишда ва уларнинг концентрацияларини оширишда фойдаланилади. Полярографик усулда анализ қилиниши зарур бўлган модда эритмаси симоб томчилардан иборат катод ёрдамида электролиз қилинади. Бунда модда сифат ва миқдорий жиҳатдан анализ қилинади (қ. Поляриметрия).
Титриметрик усулларда нейтралланиш, чўктириш, комплекс ҳосил бўлиш, оксидланиш-қайтарилиш реакцияларининг тугаши индикаторлар иштирокида титрлаш йўли билан аниқланади. Амперметрик усулда титрлашнинг тугаши микроэлектрод маълум потенциалга эга бўлганида ток кучининг кескин ўзгариши бўйича (қ. Амперметрик титрлаш), кондуктометрик усулда эса эритманинг электр ўтказувчанлиги ўзгаришига қараб аниқланади. Потенциометрик титрлаш усулида эритмадаги модданинг концентрациясини аниқлаш мумкин.



Download 44.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling