1. Fizik-kimyoviy analiz usulalari fanining maqsad va vazifalari


Download 44.1 Kb.
bet5/5
Sana04.01.2023
Hajmi44.1 Kb.
#1079060
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Xramatografik analiz

Turli moddalar o’z tabiatiga bog’liq ravishda bir xil adsorbentga turlicha yutilishi mumkin. Adsorbent sifatida alyuminiy oksididan foydalanib moddalar aralashmasi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu usul xromatografiya usuli bilan mashg’ul.


Xramatografik analizda 2 ta faza bo’ladi:
1.Qo’zg’almas faza –asosan inert va adsorbsiyalash xususiyatiga ega moddalar(silikagel)
2.Qo’zg’aluvchan faza asosan analiz qilinayotgan moddalar yaxshi eriydigan va harakatlanadigan erituvchilardan ibotar bo’ladi.
Хrоmаtоgrаfik usuldа tеkshirilаyotgаn eritmа ishigа pоrоshоk аdsоrbеnt (mаsаlаn, silikаgеl) sоlingаn shishа kоlоnkа оrqаli o’tkаzilishi ham mumkin. Turli mоddаlаrning аdsоrbilаnish qоbilyati turlishа bo’lgаnligi uchun, ulаr kоlоnkаdа bir-biridаn аjrаlаdi. Аgаr аjrаlgаn iоnlаr rаngli bo’lsа ulаr kоlоnkаdа аlохidа-аlохidа аjrаlib turаdi. Rаngi bo’lmаsа, kоlоnkаni shu iоnlаr (yoki iоn) bilаn rаng хоsil qilаdigаn mоddа eritmаsi bilаn yuvilаdi.


Хулоса

Fizik-kimyoviy usullar nazariy masalalarni hal etish bilan bir qatorda amaliyotda xalq xo’jaligining ko’pgina sohalarida ham o’z o’rnini topgan. Jumladan, tibbiyotda hamda qishloq xo’jaligida ishlatiladigan dorivor moddalarni ishlab chiqarishda ularni standartlashtirish ishlarida va tashqi muhitdagi zaharli moddalar miqdorini aniqlashda yetarli ma’lumot beradi.


Tahlilning fizik-kimyoviy usullarini kimyoviy reaktsiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy usullardan biri –kolorimetrik tahlil. Kolorimetrik tahlil moddaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan eritma rangining intensivligi o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Tahlilning konduktometrik usulida esa eritma kontsentratsiyasi o’zgarganida elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishi aniqlanadi.
Shuni eslatib o’tish lozimki, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishdagi asboblar qo’llashni talab qiladi. Ana shu sababli kimyoviy tahlil usullari qulay va ularning qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham keng. Fizik-kimyoviy tahlil usullari alohida fan sifatida anorganik va organik moddalarning tarkibini aniqlash masalalari bilan shug’ullanadi. Shuning uchun bu fan kimyoviy ishlab chiqarishga bevosita bog’lanadi. Har qanday ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotning davlat standartiga mos keladigan tarkibini aniqlash laboratoriyalari mavjuddir. Shuning uchun bu fanda kimyoviy ishlab chiqarishdagi moddalarning tahlil masalalari ham qarab chiqiladi.

Ma’ruzachi A.J.Djurayev
Download 44.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling