1. Fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt qonunlari. Ichki fotoeffekt haqida tushuncha
Download 170.05 Kb.
|
Diyor sex
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
- Kurs ishining asosiy maqsadi va vazifalari.
Reja: Kirish 1. Fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt qonunlari. 2. Ichki fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt hodisasining fan texnikadagi qo’llanilishi. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda tashqi va ichki fotoeffekt hodisalariga asoslanib yorug’lik signallarini elektr signallariga aylantiruvchi qabul qilgichlar zamonaviy sanoatda juda ko’p ishlab chiqarilmoqda; bularning umumiy nomi fotoelementlar deb ataladi. Ular texnikada va ilmiy tadqiqot ishlarida juda keng ishlatiladi. Hozirgi kunda turli-tuman optik o’lchashlarni biror turdagi fotoelementlardan foydalanmasdan o’tkazib bo’lmaydi. Hozirgi zamon fotometriyasi, spektrometriyasi va spektrning keng sohasidagi spektrofotometriyasi, moddaning spektral analizini, yorug’likning kombinatsion sochilishida kuzatiladigan zaif yorug’lik oqimlarini ob’yektiv o’lchashlarni, astrofizika, biologiya va boshqalarni fotoelementlarni qo’llamasdan tasavvur qilish qiyin; infraqizil spektrlar ko’pincha spektrning uzun to’lqinli sohasida ishlaydigan maxsus fotoelementlar yordamida qayd qilinadi. Shu sababli tanlangan mavzu hozirgi zamon muammosi va aktualdir. Kurs ishining asosiy maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi fotoeffekt hodisasini tasdiqlovchi tajribalarni va uning fan va texnikada qo’llanilish sohalarini o’rganishdan iborat. Natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati. Fotoelementlar yordamida hal qilinadigan masalalar juda turli-tuman bo’lgani uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan fotoelementlarning juda ko’p turlari yaratildi. Har bir masalani hal qilishda fotoelementning optimal turini tanlash uchun bunday xarakteristikalardan xabardor bo’lish kerak. Tashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlarning (vakuum fotoelementlarining) quyidagi xarakteristikalarini bilish zarur: 1) spektrning qaysi sohasida ishlashi; 2) spektral sezgirligining nisbiy xarakteristikasi (bu xarakteristika monoxromatik yorug’lik bilan yoritilgan holdagi spektral sezgirlikning xarakteristikaning maksimumdagi sezgirlikka bo’lgan o’lchamsiz nisbatining tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligidan iborat); 3) umumiy sezgirlik (bu sezgirlik fotoelementni standart yorug’lik manbai bilan yoritganda aniqlanadi); 4) beradigan kvantlari miqdori (chiqayotgan fotoelektronlar sonining fotokatodga tushayotgan fotonlar soniga bo’lgan nisbatning protsent hisobidagi qiymati); 5) inersionlik (vakuum fotoelementlarida bu xarakteristika elektronlarning fotokatoddan anodga uchib borishiga ketadigan vaqt bilan aniqlanadi). Shuningdek olingan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari umumlashtirilgan holda fizika, fizika-astronomiya yo‘nalish bakalavrlari hamda fizika, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kabi magistrlarga tanlov fani, maxsus fanlarga o‘quv adabiyoti sifatida ishlatilishi mumkin. Download 170.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling