1. Freydning psikanalizi
Download 264.02 Kb.
|
ONGSIZLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongsizlik nima
Freydning bolalik davri
Zigmund Freyd Chexiyaning Prshibor (hozirgi Freyburg) shahrida 1856 yili 6 mayda dunyoga kelgan. 1860 yili Freydlar oilasi Vena shahriga ko‘chib o‘tishgan. Demak, kichik Zigmund bu shaharda bor-yo‘g‘i 4 yoshga kirgunga qadar yashagan. Shunday bo‘lsa-da, chexlar buyuk olim sharafiga Praga shahrida “U bizning yurtda dunyoga kelgan” deb yodgorlik haykalini o‘rnatishgan. Z. Freyd ko‘p bolalik oilada tug‘ilgan. Ularning oilasida 8 nafar farzand bor edi. Zigmund esa oilada uchinchi farzand bo‘lgan. Zigmund o‘ta nimjon bo‘lib, tez-tez kasal bo‘lardi. Shuning uchun ham oilada asosiy e’tibor unga qaratilardi. Otasi o‘g‘lining o‘lib qolishidan juda qo‘rqardi. Freydlar oilasi kambag‘al yashashgan. Uning otasi jun (sherst) sotib, farzandlarini boqqan. Zigmund jismonan nimjon bo‘lishiga qaramasdan ilm olishga juda chanqoq bo‘lgan. U bolalik davridanoq o‘ta ziyrak va aqlli bo‘lsa-da, injiq va qaysarligi bilan ham ajralib turgan. Yosh Zigmundni deyarli barcha ma’lumotlar qiziqtirardi. U chet tillarni ham tez o‘zlashtirgan. Ongsizlik nima? Z. Freyd bizda “yashirinib” yotgan psixologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: “bessoznatelnoye” (ongsizlik), “podsoznaniye” (ongosti). O‘zbek olimlari ichida ongsizlikni “botiniy ong” deb atash taklifi ham kiritilgan (A. Usmonxo‘jayev). Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan va mohiyati to‘laligacha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayonlarning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Ularning ma’nosini o‘zgartirmagan holda men “ongsizlik” atamasini ma’qul topdim. Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar o‘z-o‘zidan kundalik hayotda, uyquda, ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat. Z. Freydning ta’biricha, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostida qo‘nim topadi. Ongsizlik tug‘ma xususiyat bo‘lib, insonning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi. Download 264.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling