1. Freydning psikanalizi


Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday?


Download 264.02 Kb.
bet5/9
Sana05.10.2023
Hajmi264.02 Kb.
#1692911
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ONGSIZLIK

Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday?
Z. Freyd o‘z kuzatuvlariga asoslanib, inson ruhiyatining yangi bir modelini yaratdi. Unga asosan bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 3 ta psixologik tuzilma mavjud. Bular id, ego va super-ego. “Id” – bu instinktlar. U ongdan xolis. “Ego” – bu Men. Uning ongi bor. “Super-ego”, ya’ni “Super-men” – bu odamni o‘rab turgan muhit, jamiyat. “Super-men” odamning xulq-atvorini “tepadan” nazorat qilib turadi. Bu tushunchalarning har biriga ta’rif berib chiqamiz.

“Id” – biologik instinktlarmi?
Zigmund Freyd fikricha, evolyutsiyaning dastlabki bosqichida odamda o‘z-o‘zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq-atvorini belgilab bergan. Shu bilan parallel holda yoki biroz so‘ng bu funksiyani ko‘payish instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan. Freyd barcha biologik instinktlarni (himoya, ovqat izlash va ko‘payish, ya’ni seksual) bitta so‘z bilan “Id” deb atagan.

“Id” ongda aks etmaydi, u ong ostida joylashgan, to‘g‘rirog‘i, ong ostiga tiqishtirilgan. “Id” qoniqish prinsiplariga asoslanib faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda jinsiy qoniqish alohida o‘rin tutadi. Z. Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag‘oyat kengaytirib yuboradi. Ya’ni uning ta’limoti bo‘yicha jinsiy mayl odamning xatti-harakatini tug‘ilganidan buyon boshqarib keladi. Z.Freyd qondirilmagan his-tuyg‘u yoki maylning ruhiy quvvati ong ostida to‘planib boradi va o‘z ifodasini topishga urinadi, deb fikr yuritadi. Mayllar ichida u libidoni asosiy o‘ringa qo‘ygan.

“Id” tajovuzkormi?
“Id” doimo “Men” va “Super-men” bilan murosasiz jang olib boradi, chunki ular “Id”ni doimo nazorat qilishga intiladi-da. “Id” kuchli quvvatga ega bo‘lsa-da, “Men” uni ong ostidan suzib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham “Id” tajovuzkordir. “Men” nazoratni to‘la qo‘lga olgunga qadar instinktlar go‘yoki odamning hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan. “Men”ning rivojlanishi odamning hayot tarzini o‘zgartirib yubordi va uning xulq-atvorini nazorat ostiga oldi. Shunga qaramasdan, psixoanalitiklar “Id”ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida qarashadi. “Id” o‘zgarmas, “Men” esa rivojlanib va o‘zgarib boradi.


Download 264.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling