1. Funksiyani aniqlanish sohasini topish; Funksiyaning uzulish nuqtalarini aniqlash


Download 0.5 Mb.
bet4/12
Sana28.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1304595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mirzohid kurs ishi mat analiz

Hosila hisoblash qoidalari


Biz oldingi paragraflarda hosila tushunchasini turli fizik masalalarni yechishda, urinma tenglamasini yozishda foydalandik. Hosilaning boshqa tatbiqlarini kelgusida o‘rganamiz. Bu degani har xil masalalarda uchrashishi mumkin bo‘lgan turli xil funksiyalarning hosilalarini hisoblashni bilish zarurligini anglatadi. Ushbu paragrafda u(x) va v(x) funksiyalarning hosilalarini bilgan holda ularning yig‘indisi, ko‘paytmasi va bo‘linmasining hosilalarini topishni o‘rganamiz.
Quyida keltirilgan teoremalar isbotida hosila topish algoritmidan, limitga ega bo‘lgan funksiyalar ustida arifmetik amallar haqidagi teoremalardan foydalanamiz. Shuningdek ∆u=u(x+x)-u(x) va ∆v=v(x+x)-v(x) ekanligini hisobga olgan holda, u(x+x)=u(x)+u, v(x+x)=v(x)+v tengliklardan foydalanamiz.
u(x) va v(x) funksiyalar (a,b) intervalda aniqlangan bo‘lsin.
1. Yig‘indining hosilasi.
1-teorema. Agar u(x) va v(x) funksiyalarning x(a,b) nuqtada hosilalari mavjud bo‘lsa, u holda f(x)=u(x)+v(x) funksiyaning ham x nuqtada hosilasi mavjud va
f’(x)=u’(x)+v’(x) (4.1)
tenglik o‘rinli bo‘ladi.
Isboti. 10. f(x)=u(x)+v(x).
20. f(x+x)= u(x+x)+ v(x+x)= u(x)+u+ v(x)+v.
30. y= f(x+x)- f(x)= u+v.
40 . =
50. lim y = lim u + ∆v = lim u + lim v = u'( x )+ v'( x ).
x→0 ∆x x→0 ∆x x→0 ∆x x→0 ∆x
Shunday qilib, (4.1) tenglik o‘rinli ekan. Isbot tugadi.
Misol. (x2+1/x)’=(x2)’+(1/x)’=2x-1/x2.
Matematik induksiya metodidan foydalanib, quyidagi natijani isbotlash mumkin:
Natija. Agar u1(x), u2(x), ... ,un(x)funksiyalarning x nuqtada hosilalari mavjud bo‘lsa, u holda f(x)= u1(x)+ u2(x+ ...+un(x) funksiyaning ham x nuqtada hosilasi mavjud va quyidagi formula o‘rinli bo‘ladi:
f’(x)=( u1(x)+ u2(x+ ...+un(x))’= u’1(x)+ u’2(x+ ...+u’n(x) .

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling