1. Funksiyaning limiti va uning asosiy xossalari. Aniqmasliklar va ularni ochish. Tayanch iboralar va tushunchalar


Download 0.51 Mb.
bet3/6
Sana11.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1675795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
funksiya limiti. cheksiz kichik va ch

Mustahkamlash uchun savollar
1. Funksiyaning limiti deb nimaga aytiladi va u qanday yoziladi?
2. Chap va o’ng limitlar nimalar va u qanday yoziladi?
3. Cheksiz katta va cheksiz kichik miqdorlar qanday miqdorlar?
4. Ikki funksiya algebraik yig’indisining limiti nimaga teng?
5. Chekli sondagi funksiyalar ko’paytmasining limiti nimaga teng?
6. O’zgarmas ko’paytuvchini limit ishorasidan chiqarish mumkinmi?
7. Ikkita funksiya nisbatining limiti nimaga teng?
8. Birinchi ajoyib limit deb nimaga aytiladi?
9. Ikkinchi ajoyib limit nimaga teng?
10. Aniqmasliklarni ochish nimadan iborat?

Mavzu: Funksiya hosilasi
Reja:
1. Funksiya hosilasi, uning geometrik va mexanik ma’nosi
2. Differensiallash, uning asosiy qoidalari va formulalari
Tayanch iboralar: harakat tezligi masalasi, funksiya orttirmasi, argument orttirmasi, hosila, differensiallash, asosiy differensiallash formulalari, yig`indi, ayirma, ko`paytmaning hosilasi, murakkab funksiya hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma’nosi.
Differensial hisob – matematikaning hosilalar va differensiallarni hisoblash, ularning xossalarini o`rganish hamda funksiyalarni tekshirishga tatbiq qilish bilan shug`ullanadigan bo`limi.
Differensial hisobning vujudga kelishidagi dastlabki ishlar egri chiziqqa urinma o`tkazish masalasini echishda Ferma, Dekart va boshqa matematiklar tomonidan qilingan. I.Nyuton va G.Leybnits o‘zlaridan avvalgi matematiklarning bu boradagi ishlarini nihoyasiga yetkazdilar.
1. Funksiya hosilasi, uning geometrik va mexanik ma’nosi
Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar. Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar jumlasiga qattiq jismni to`g`ri chiziqli harakatini, yuqoriga vertikal holda otilgan jismning harakatini yoki dvigatel silindridagi porshen harakatini tekshirish kabi masalalarni kiritish mumkin. Bunday harakatlarni tekshirganda jismning konkret o`lchamlarini va shaklini e‘tiborga olmay, uni harakat qiluvchi moddiy nuqta shaklida tasavvur qilamiz. Biz bitta masalani olib qaraymiz.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling