1. Fuqarolik jamiyati g‘oyasining kelib chiqishi tarixiy shartsharoitlari nimalardan iborat edi?


Download 39 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi39 Kb.
#129729
Bog'liq
1. Fuq.jam 1-topshiriq. Mirzayeva Lola


1. Fuqarolik jamiyati g‘oyasining kelib chiqishi tarixiy shartsharoitlari nimalardan iborat edi?

1. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g’oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g’oyasi G’arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma‘lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo’shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to’g’risidagi g’oyalar, bilimlar bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish noto’g’ri yondoshuvdir.

Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy hayotining yorqin namunasi – Avesto muqaddas kitobida izchil yoritilgan

Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini ta‘minlash g’oyasi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga bo’lib,bugun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva boshqa me‘yoriy hujjatlarda ayollarning teng imkoniyati vakeng huquqlari ta‘minlangan. XXI asrda ba‘zi mamlakatlarda ayollarning saylash va saylanish huquqi umuman inkor qilinayotgan bir davrda,O’zbekiston Oliy majlis qonunchilik palatasiga ayollarning saylanishi uchun 30% kvotaning ajratilishi, 1995 yilda – Oila kodeksining qabul qilinishi, bir tomondan yurtimizda ayollarga munosabat va oilaviy qadriyatlar qadimiy ildizlarga egaligini ifodalasa, ikkinchi tomondan fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi oqilona siyosatning yorqin ifodasidir.



2. X–XII asrlarda Markaziy Osiyo mutaffakirlarining ta’limotlaridagi adolatli jamiyati haqidagi qarashlarni izohlang?

2. Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan.

Xususan, Abu Nasr alFarobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiyhuquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat etakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar”, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi

Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni mungazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning «Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak» degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.



3. Yangi davrda fuqarolik jamiyatining yangi talqinlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuriting?

3. Yangi davrda davlat roli masalasi yangicha anglay boshlanadi: agar antik davr va o‘rta asrlarda ijtimoiyfalsafiy fikr davlat ustuvorligiga qaratilgan bo‘lsa, bu davrga kelib, mazkur nisbatda inson (fuqaro) fenomeni, o‘z huquqlari, ehtiyoji va qiziqishlari bilan birgalikdaustuvor ahamiyat kasb eta boshlaydi. Davlat faqat mana shu qiziqishlarni mavjud bo‘lgan qonuniy tizim doirasida amalga oshirilishini ta’minlovchi institut sifatida gavdalanadi.



4. Jadidchilik xarakatining g‘oyaviy me’rosida fuqarolik jamiyati haqidagi konseptual qarashlarni sharhlang?

4. Yurtimizda ijtimoiyfalsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g‘oyalari ma’rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o‘z davridan ilgarilab o‘tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an’ana va urfodatlar demokratlashuvga to‘siq bo‘lmasligini, aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini asoslaydi.



5. Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy konseptual masalalarning g‘oyaviy va fundamental xususiyatlarini ochib bering?

5. fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari ijtimoiy muammolar tahlilining tizimli mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga original konseptual va amaliy echimini talab qilayotgan yangi masalalarni ko‘ndalang qilib qo‘yganligidir.

Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondoshuvlari

Formatsion yondoshuv

Sivilizatsion yondoshuv

Modernizatsiya yondoshuvi



6. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’yekti deganda nimani tushunasiz?

6.Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o'ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o'rganishdan iboratdir.



Fuqarolik jamiyati fanining obyekti - bu rivojlangan mamlakatlarda va O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalardagi tub o'zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o'n yilliklarni o'z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o'zar uyg'unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o'rganiladi.

7. Fuqarolik jamiyati fanini asosiy vazifalari nimalardan iborat?

7. Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;

-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;

-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;

-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;

- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;

- taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;

- talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish;

- fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish;

- fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;

- talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;

- “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish;

- “Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;

- saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;

- fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish;

- ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish;

- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;

- jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish;

- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;

- nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish;

- ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;

- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;

- jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish;

- ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish.

8. Fuqarolik jamiyati fanining asosiy tushunchalari mazmuni to‘g‘risida qanday tasavvurlarga egasiz?

8. Fanning asosiy tushunchalari: fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaro faolligi, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yuksak ma’naviyat, daxldorlik hissi, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, Millatlar va konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir.



9. Fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy bosqichlarini yoritib bering.

9.Fuqarolik jamiyati ma'lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma'naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:

Iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko'p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysikijamiyatda uning har bir a'zosi, qandaydir mulkka ega bo'lishi, o'z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo'lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste'mol faoliyati erkinligining ta'minlanganligi.

Ijtimoiy-siyosiy asos - mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o'z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma'lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo'lida jamlangan bo'lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. "Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari" tamoyilining namoyon bo'lishi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek, "Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko'zda tutadi" .

Huquqiy asosi - inson uchun ahamiyatli bo'lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi yuridik tenglikning ta'minlanishi va ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo'li bilan tan olinishi. "Qonun hukumron bo'lgan joyda erkinlik ham bo'ladi" (A.Temur). "Adolat - qonun ustuvorligida" tamoyilining amal qilinishi. ..."Fuqarolar bilan davlat o'zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog'liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo'lib,hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas.Ayni vaqtda fuqarolarning o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari bshqa fuqarolarning,davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo'lmasligi lozim" .

Ma'naviy asos - insonlar o'z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug'ilganda ular uchun kurasha oladigan bo'lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari,fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. "Tafakkur ozod bo'lmasa,ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson to'la ozod bo'lolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi"

10. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?

10. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

-erkin individlar uyushmasi;

-o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;



-murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim;

-o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling