1. Futbol texnikasining tasnifi Futbol taktikasining tasnifi


Download 22.07 Kb.
bet1/5
Sana28.01.2023
Hajmi22.07 Kb.
#1135362
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Futbol texnikasining tasnifi Futbol taktikasining tasnifi


Sport va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi fanidan topshiriq
FUTBOL O‘YIN TEXNIKASI VA TAKTIKASI TASNIFI
REJA.


1. Futbol texnikasining tasnifi
2. Futbol taktikasining tasnifi
3. Harakatlanish texnikasi
4. Maydon o‘yinchisining texnikasi
5. Darvozabonning o‘yin texnikasi


Tayanch tushunchalar:o‘yin texnikasi, xarakatlanish texnikasi, zarbа berish, sakrashlar, zarba berish, to‘xtatish, olib yurish


1. Futbol texnikasining tasnifi.
Futbol texnikasining tasnifi texnik usullami umumiy (yoki o‘xshash) o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo‘lishdan iborat. 0 ‘yin faoliyati ifodalanishiga qarab futbol texnikasi ikkita yirik boTimga ajratiladi: maydon o‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi boiim esa harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi boiimchalariga taqsimlanadi. Kichik boiim lar 24 turli usullarda ijro etiladigan muayyan texnik usullardan: harakatlanish texnikasi usullari va usullardan iborat. Ulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim usul va usullar o‘zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallardagina farq bo‘ladi. Har xil usul, usul va turlami ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi. Futbol texnikasining tasnifi 1-rasmda ko‘rsatilgan. 0 ‘rganilayotgan materialni tizimlashtirish usul, usul turlarini tuzukroq tushunishga, ulami to‘g’ri tahlil qilishga, olingan bilimlami takomillashtirish vazifalarini muvafaqqiyatli hal qilishga yordam beradi. Futbol texnikasining ifodalanishi maydon o‘yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo‘lim bo‘lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi.


2. Futbol taktikasining tasnifi
Futbol o‘yining asosiy tushunchasi shundan iboratki raqib maydoniga yaxshi o‘yin ko‘rsatib darvozaga to‘p kiritish va o‘z maydonida raqib jamoasiga darvozaga to‘p kiritishni oldini olishdan iboratdir. Taktika deganda nima tushuniladi, har qanday boshlangan ishni maqsadi sari olib borish. Amaliyotdan ma’lumki, kim nazariy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, taktik ko‘nikmalami egallashda muvaffaqiyatga erishadi. Nazariy bilimlar murakkab o‘yin vaziyatlarda to‘g‘ri mo‘ljal ola bilishga, ehtimollik qarorlami baxolash va ulami tahlil etishga, ularda eng samaradorligini tanlab olishga yordam beradi. Taktikada nazariy tayyorgarlik о‘yin qoidalarini bilish va taktikaning alohidada vositalarini egallashni ko‘zda tutadi. Futbolchi o‘yinning asosiy tizimlari va ulaming variantlarini jamoadagi muayyan ampula o‘yinchilarining vazifasini uchrashuvning har xil bosqichlaridagi harakatlaming o‘zaro munosabatini obyektiv shartsharoitlaming o‘yin jaryoniga ta’siri hamda tashqi omillardan jamoa manfaatlari yoTida foydalanishni bilish zarur. har bir harakatda bo‘laming barchasini inobatga olish kerak. Taktik mahorat о‘sib borgan sayin bilimlaming o‘yin jarayonning ko‘rsatadigan ta’siri ham ortadi. Futbol taktikasi nazariyasini o‘rganish o‘yining asosiy qoidalarini tushuntirishdan boshlanib, ular o‘yin mashqlarini boshqarish davomida hamda mashg‘ulot o‘yinlari vaqtida amaliy jihatdan o‘zlashtiriladi. Murabbiy jamoa ichidagi vazifalaming taqsimlanishi alohida o‘yinchilar oldilaridagi muammolar haqida yosh shug‘ullanuvchilarga to‘liq tushunarli ma’lumot berishi, muayyan hududda o‘ynaydigan aniq bir o‘yinchinmg harakatlari yordamida ixtisoslashtirilgan tarzda ayrim o‘yinchilaming asosiy vazifalarini ta’riflab berishi lozim. 0 ‘rgatishning keyingi pog‘anasi o‘yinning alohidada bosqichlarini batafsil tahlil qilib chiqadilar. Yaxshisi bunday tahlil da o‘tkazilgan uchrashuvlarda o‘yinchilar yo‘l qo‘ygan kamchiliklami tanqid qilib o‘tgan ma’qul. 0 ‘yin bosqichlari tahlilidan so‘ng turli murakkablikdagi taktik vazifalaming nazariy echimini o‘rganishga o‘tish mumkin. Harakat ko‘nikmalarini o‘rgatish jarayonida taktik faoliyatlami amalga joriy etish uchun shug‘ug‘llanuvchilarga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolaming oldini olish hamda o‘rganilgan harakatning mustahkamlash usullari haqida tushuncha beriladi.

Download 22.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling