Reja: Futbol o’yini paydo bo’lishi. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi. Futbol o’yini paydo bo’lishi


Download 135 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1536537
  1   2   3
Bog'liq
6-mavzu


Kirish. Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi.

Reja:

1.Futbol o’yini paydo bo’lishi.
2 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.
3 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi.

Futbol o’yini paydo bo’lishi.
Futbol bu «oyoqtо‘pi» degan ma’nodagi inglizcha sо‘z bо‘lib, Fransiya, Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan. Nemislarda u «fusbol», Venriyada «labduragosh», Italyanlarda «kalchio», Yugoslavlarda «nagomet», Amerikada «sokker» deyiladi. Futbolning xalq, ommasini jismoniy rivojlantirishning, uning salomatligini mustahkamlashning eng ommabob, vositasidir. Bu kattalarga ham, о‘smirlarga ham, bolalarga ham birdek ma’qul bо‘lgan chinakam о‘yin.
Futbol bu chinakam atletik о‘yin. U tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchan-likni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi о‘yin paytida xaddan tashqar kо‘p ish bajaradi. Bu esa odamning funksional imkoniyatlari darajasini oshirishga,ma’naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Futbol о‘ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik kо‘rishda yaxshi vosita bо‘lib xizmat qila oladi. Yо‘nalishni о‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, tо‘pni tepish, tо‘xtatib olish va olib yurish, maksimal tezlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bо‘lgan kо‘pgina muhim xislatlarni о‘stiradigan sport о‘yini deb hisoblash imkoniyatini beradi.
Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi Sharq xalqlari va antik dunyo davlatlari Gretsiya va Rimda ma’lum bо‘lgan «Garponon» (о‘sha paytda futbol shunday atalar edi) о‘yinini о‘ynagan qadimgi Gretsiya о‘smirlari maydon о‘rtasidan turib tо‘pni raqiblar tomoniga о‘tkazishgan, Goy Yuliy Sezarning rimlik ligionerlari tо‘pni har qanday usul va priyomlarni qо‘llagan holda ustunlar orasiga kirgizishga harakat qilganlar. О‘rta asrlarda о‘yin keng tus oldi. Bunda kо‘cha va qishloqlar maydon о‘rnida xizmat qilardi. Musobaqalar kun о‘rtasida boshlanar edi va qorong‘u tushgancha davom etardi. Tо‘pni butun shahar bо‘ylab ma’lum bir joygacha surib kelishga erishgan «komanda» g‘olib hisoblanardi. О‘yin tartibsiz bir ur yiqitga о‘xshar, kо‘p xollarda qon tо‘kar, mushtlashishgacha borib yetardi. Shu sababdan va «jin о‘yin» sifatida ingliz qirollari futbolni kо‘p marta taqiqlaganlar. Bu taqiq 200 yil amalda bо‘ldi.
X1X asr о‘rtalariga kelib, sport metodi jismoniy tarbiyaning eng maqbo’l metodi deb topilib, sport hamda sport о‘yinlari jismoniy rivojlanishining samarali vositasi bо‘lib qolgandan keyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi.
Oyoqda tо‘p о‘ynash birinchi galda ingliz kollejlari hamda universitetlarida yoyildi. X1X asrning ikkinchi yarmidan futbol о‘yinida ochiq oydin ikki yо‘nalish tarkib topadi. Ulardan birini London hamda Kembrij kollejlari qо‘llab quvatlar edi. Bo’lar 1863 yili futbol assotsiatsiyasi tuzadilar va yumaloq tо‘pni oyoqda о‘ynashi rasm qilishga qaror qiladilar. 1848 yili Kembrij futbol klubi birinchi bor yagona о‘yin qoidalarini joriy qiladi va bu qoidalarni nashr etishga qaror qilinadi. Afsuski, ular bosmadan chiqmay yо‘qolib ketadi. Bizgacha yetib kelgan qoidalar 1863 yil 8 dekabrda e’lon qilingan. Bu qoida 13 banddan iboratdir. Hozir biz bilgan futbol ana shunday paydo bо‘lgan. 1863 yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan farq qilgan. 1871 yili golkiper (darvozabon ) larga qо‘lda о‘ynash ruxsat berildi.
Burchakdan tо‘pni kiritish 1873 yilda kiritildi. 1875 yili ustunlarni birlashtirib turgan arqon yerdan 2,44 m balandlikda yotqizilgan tо‘singa almashtirildi. 1882 yili 4ta mustaqil futbol ittifoqi Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashdilar. Futbol maydonida xakam birinchi marta 1880 – 1881 yillarda ishtrok etadigan bо‘ldi. 1891 yili xakam maydonga ikkita yordamchisi bilan tushadigan bо‘ldi. Xalqaro miqyosidagi dastlabki futbol о‘yini 1873 yili Angliya va Shotlandiya futbol jamoalari о‘rtasida bо‘lgan edi. Futbol 1875 yilda Gollandiyada о‘ynala boshlandi, 1882 yildan Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1894 yildan Avstriyada, 1897 yildan Rossiyada о‘ynala boshladi.
1904 yili Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) tuziladi. Hozir uning sostavida 190 ga yaqin mamlakat bor. 1954 yildan beri Yevropa futbol ittifoqi UEFA ham ishlab turibdi. Unga 50 ga yaqin mamlakat a’zo bо‘lib kirgan. 1930 yildan beri har tо‘rt yilda jaxon chepionati, 1958 yildan beri esa Yevropa chempionati utkazilib kelinmoqda 1908 yili futbol olimpiya о‘yinlari dasturiga kiritildi. UEFA raxbarligida quydagi kubok о‘yinlari о‘tkazilib turadi:
Yevropa chempionlari kubogi (1956 yildan beri).
Kubok egalari kubogi (1961 yildan beri).
Bo’lar endilikda UEFA kubogi deb yuritiladi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling