1-topshiriq. Taqdimot tayyorlash tartibi


Download 37.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi37.98 Kb.
#1833305
  1   2   3
Bog'liq
1-topshiriq (11)



 


1-TOPSHIRIQ. TAQDIMOT TAYYORLASH TARTIBI 
 
Ushbu topshiriq talabaga Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanidan olingan nazariy 
bilimlarni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishga, tushunchalarini va kategoriyalarini va 
tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida 
tayyorlangan boʻlib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish 
faoliyatini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Taqdimot (10-15ta slayddan kam bo‘lmagan) ko‘rinishida tayyorlanadi va HEMIS 
platformasiga belgilangan muddatlarda joylash talab etiladi. Belgilangan muddatdan kech 
yuklangan topshiriq (universitet ECTS kredit modul tizimi hamda “Talabalarning bilimini 
baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq) baholanmaydi. Shuningdek, talaba tomonidan 
HEMIS platformasiga yuklangan ma’lumotga shaxsan o‘zi mas’ul hisoblanadi va noto‘g‘ri 
yuklangan ma’lumot noll ball bilan baholashga asos bo‘ladi.
Taqdimot tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar:

reja

mavzuning dolzarbligi; 

o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish

asosiy qism; 

xulosa; 

taqdimotda tasvirlar va vizual materiallarni ishlatish 

foydalangan adabiyotlar 

taklif va tavsiyalar. 

mavzu yuzasidan suratlar
 
Taqdimotni rasmiylashtirish va yuklash bo‘yicha texnik talablar: taqdim etilayotgan 
esse PowerPoint dasturida, Times New Roman yozuv turida, 14 kegl, 1 interval, 1 sm abzasda 
bo‘lishi bo‘lishi va Pdf (PowerPoint) faylda platformaga yuklash talab qilinadi. 
Talaba berilgan mavzu bo‘yicha keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni 
amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Bu maqsadga erishishda talabadan o‘z ustida 
muntazam ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda egallab borishi hamda mazkur 
fanning o‘quv rejadagi berilgan soatiga muvofiq 80 foiz mustaqil ta’lim komponentiga e’tiborni 
qaratishi lozim. 

Download 37.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling