1. Fyuchers savdosi tushunchasi Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablari Fyuchers savdosining maqsadlari


Download 20.13 Kb.
bet3/3
Sana12.03.2023
Hajmi20.13 Kb.
#1262399
1   2   3
Xedjlash va birja chayqovi

Xedjlash bu – narx dinamikasida real tovarlar narxi va xuddi shu tovarlarning fyuchers shartnomalari narxi o'rtasidagi farqqa asoslanadigan birja fyuchers savdosi jarayonida foyda olish usulidir.
Birja savdosi amaliyotida xedjlash va chayqov farqlanadi. Birja chayqovi bu – vaqt bo'yicha, makon bo'yicha va har xil tovar turlariga fyuchers shartnomalarining narx dinamikasidagi farqqa asoslanadigan birja fyuchers savdosi jarayonida foyda olish usulidir.
Siyosiy-iqtisodiy ma'noda xedjlash ham, birja chayqovi ham oddiy chayqovni, ya'ni ishlab chiqarishga emas, balki narxlar o'rtasidagi farqqa asoslangan holda foyda olish usulini ifodalaydi. Xedjlash va birja chayqovi – chayqovning birjada amalga oshiriladigan birgalikda bo'la oladigan va bir-birini to'ldiradigan, lekin shu bilan bir paytda o'zaro farq qiladigan ikki xil turi. Bu tanganing ikki tomonidar. Xedjlash birja chayqovisiz bo'la olmaydi va aksincha.
Xedjlashni birjada qoidaga ko'ra, bir vaqtning o'zida real tovar bozorining qatnashchilari: ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar, savdogarlar hisoblangan korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar amalga oshiradi.
Birja chayqovi bilan odatda birja a'zolari va fyuchers shartnomalari narx dinamikasida o'ynash istagida bo'lgan barcha xoxlovchilar (odatda xususiy shaxslar) shug'ullanadi.
Xedjlashdan maqsad
Xedjlashdan maqsad real tovar bozorida sotishdan olinadigan foyda bilan taqqoslaganda qo'shimcha foyda olishdir. Maqsad – tijoratning boshqa shakllari bilan bir qatorda eng katta foyda olish bo'lgan birjadagi tijorat faoliyatining o'ziga xos shaklini ifodalaydi. Xedjlash ikki yoqlama xarakterga ega, ya'ni bir vaqtning o'zida real tovar narxi va fyuchers shartnomasi narxiga tayanadi, bu esa muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
U birja (fyuchers shartnomalari) bozorning real tovar bozori bilan bilvosita aloqasini ta'minlaydi. Xedjlash real tovar bozorida narx yo'qotishlaridan birja sug'urtalash funktsiyasini bajaradi va ayrim xarajatlarning qoplanishini ta'minlaydi.
Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling