Korxonalar boshqaruvida axborot tizimlaridan foydalanishning uslubiy jihatlari
Download 43.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kirish so’zlar
FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA [Jild: 01 Nashr: 04 (2022)] www.mudarrisziyo.uz KORXONALAR BOSHQARUVIDA AXBOROT TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING USLUBIY JIHATLARI Nishonqulov Shohruh 1 1, Qo’qon universiteti 2-bosqich Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish haqida boradi. Kirish so’zlar: raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar. Raqamli iqtisodiyot – bu xo’jalik faoliyatini yuritish bo’lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko’rinshidagi ma’lumotlar bo’lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko’rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog’langan faoliyatdir. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o’yinlari ko’riladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko’plab qulayliklar paydo bo’lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do’stimizga pul o’tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo’q, biz pulni mobil bank orqali o’tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko’plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni o‘sib bormoqda, bu esa o’z navbatida aholi iqtisodiy faoliyatiga hamda sanoat korxonalari faoliyatining kuchaytirish tadbirlariga olib kelmoqda, va nafaqat sanoatni balki respublikaning jamiki iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga olib keladi. Iqtisodiy va 2 FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA Jild: 01 Download 43.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling