1. Gap bo'laklarining odatdagi tartibi qanday bo’ladi?


Download 26.84 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi26.84 Kb.
#186638
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf ona ttili

19.Bajarmoq, ado etmoq, bitirmoq, o'rinlatmoq, do'ndirmoq, o'tamoq, bajo qilmoq. Ushbu sinonimik qatordagi qaysi so'z «burch- vazifani ado etish» ma'nosida qo'llanadi?

A) do'ndirmoq B) o'tamoq C) o'rinlatmoq D) bajo qilmoq

20.Qaysi gapda so'roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ifodalangan?

A) Shuni yozgan yigitni bir ko'rarmikanman?!

B)Agar niyat xolis bo'lsa, u diyorni eng dorilomon bir diyorga aylantirmasmi edilar?!

C)Ukaginam, bitta choy damlab kelmaysanmi?!

D)Odammisiz, nimasiz?! Uning ovozi o'ziga juda uzoqdan eshitilayotganga o'xshardi. - Axir, insof, vijdon degan narsa bormi sizda?!

21.Qaysi gapdagi undalma emotsional bo'yoqning ortishiga xizmat qilgan?

A)Enajon, sig'may qolasizmi deyman?

B) O'rtoqlar, bugun majlisimizda bitta masala ko'riiadi.

C) E, hoy, anor olib bermadimmi? - dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo bu mayin tovushdan qo'rqqulik edi.

D) Gapiring, Erkin aka! - dedi u qizarib ketgan ko'zlarini menga tikib.

22.Kirishlarda qanday tinish belgi(lar)i qo'llaniladi?

1) vergul; 2) tire; 3) qavs.

A) 1 B)1,2 C) 1, 3 D) 1,2,3

23..Qaysi gapda kirish birikma qatnashgan?

A) Siz kelasiz-u, men turmasam?!. Bosh ko'tarib qarab qo'ymasam?., (Bu qandoq hol bo'ldi?)

B) Bilishimcha, ukalari bittagina bo'lsa kerak. Balki, atayindir? - To'g'ri, balki, atayindir.

C) To'g'risini aytganda, bir yozish niyatim ham bor edi.

D) Zaynab yovqarash bilan, yalt etib dushmaniga qaradi (ha, u yori emas, dushmani edi!), o'rnidan turdi.

24.Jilmaymoq so'zining qaysi sinonimi stilistikjihatdan neytral hisoblanadi?

A) tirjaymoq B) irshaymoq C) irjaymoq D) iljaymoq

25.Kasal,, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og'riq. Ushbu sinonimik qatordagi qaysi so'z nisbatan eskirgan?

A) betob B) notob C)bemor D) xasta

26.Matn haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang.

1) gaplar ketma-ketligining bog'lantshiilik

asosida yuzaga keladi; 2) og'zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladi; 3) gaplaming tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitiigi asosida yuzaga keladi; 4) tilning eng yirik birligi.

A)1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,2, 3,4 D) 2,3,4

27.Qaysi matnda iqtiboslar shu matnning o'ziga xos belgilariga aylangan?

A) badiiy matn B) ilmiy matn C)publitsistik matn D) so'zlashuv matni


Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling