1. Gap bo'laklarining odatdagi tartibi qanday bo’ladi?


Download 26.84 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi26.84 Kb.
#186638
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf ona ttili

28.Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o'xshatmoq, o'rin- latmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do'ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ushbu sinonimik qatordagi qaysi so'z nisbatan kam qo'llanadi?

A) qoyillatmoq B) o'rinlatmoq C)mondalamoq D) kelishtirmoq

29.Matn sarlavhasi qanday qo'yiladi?

1) matndagi yaxlit mavzu-mazmunga muvofiq; 2) matndagi asosiy g'oyaga muvofiq; 3) muallifning maqsadiga muvofiq.

A) 1 B)2 C)2, 3 D) 1,2,3

30. Vatan, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk.

Berilgan sinonimlardan qaysi birida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo'lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i bo'yog'i aks etib turadi?

A) mamlakat B) yurt C)vatan D) el

31.Hujjatlar matniga qo'yiladigan eng muhim talabiardan biri - bu...

A) qisqalik B) tushunarlilik C) xolislik D) badiiylik

32.Juda so'zining qaysi sinonimi harakatga nisbatan qo’llanilib, bu so'zda belgi darajasi kuchli, lekin juda kam qo'llanadi?

A) chandon B) g'oyat C)o'larday D) uvvalo

33.Berilgan fikrlardan nechtasi to'g'ri?

1)Ritorik so'roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni o'zida yashirin ifodaiaydigan gaplar bo'lib, uiar eng kuchli uslubiy vositalardan sanaladi.

2)Ritorik so'roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodaii, ta’kidii va ta’sirchan tarzda beriladi.

3)Ritorik so'roq gaplar, asosan, so'zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo'llanadi.

4)Ritorik so'roq gaplar o'rni bilan ilmiy va rasmiy uslublarda ham qo'llanadi.

A) bittasi B) ikkitasi C)uchtasi D) to'rttasi

34.Qaysi javobda ishonch munosabatini bildiruvchi kirish so'z qatnashgan?

A)ehtimol B) xayriyat C) albatta D) xullas

35.Undalmalar undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun...

1)turli undoviar ham birga qo'llanadi; 2)takror holda keladi; 3)gapning ichida keladi; 4)gapning boshida kelad 5)gapning oxirida keladi.

A) 1,2,4 B) 1,2 C)1,2, 3,5 D) 1,2,3,4,5

36.Noto'g'ri fikrni aniqlang,

A)So'zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralangan, ».bu uslub qo'llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo'l qo'ymaydi.

B)So'zlashuv uslubida qo'shma gaplarning, asosan, bog'lovchisiz turi ishiatiladi.

C)Qo'shma gaplarning qaysi turi qo'llanilishi uslublarga qarab qat’iy chegaralanmaydi.

D)Badiiy va publitsistik uslublarda esa xilma-xil ma’no nozikliklari, uslubiy bo’yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo'shma gaplarning har ikki turi qo'llanaveradi.

37.1) kasal; 2) betob; 3) notob; 4) bemor; 5)nosog'; 6) xasta; 7) og'riq.

Berilgan sinonim so'zlardan qaysilari odamga nisbatangina qo'llanadi?

A) 2,4 B) 2, 3,4, 7 C)1, 2, 4 D) 2, 3,4, 6

38.Iqtibos nima?

A) matnning sarlavhasi B) matnning qisqacha tezisi

C) bir matndan boshqa matnga kiritilgan parcha D)muallifning o'z fikri


Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling