chiqdi. Boshqa tomondan olganda, Oʻrta Osiyo mintaqasi ham gorizontal,
ham vertikal harakatlar uchun faol deformatsiyaga ega hisoblanadi. Vertikal
siljishlar esa nafaqat qatlamlararo deformatsiya, balki atmosfera bosimi va
yer namligining ta’siri natijasidir.
Ortometrik balandliklarni aniqlash uchun ellipsoid koordinatalardan
tashqari
gravimetrik
maydonning
yuqori
aniqlikka
ega
boʻlgan
koʻpgarmonikalik matematik modellari ham kerak boʻladi. Bu usulni
yanada rivojlantirish uchun loyihada Kitob va Toshkent stansiyalaridan
klassik va sun’iy yoʻldoshlar (GNSS, DORIS) yordamida olingan
koordinatalar oʻzgarishi vaqt qatorlaridan foydalanish koʻzda tutilgan.
Ionosferada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar litosferadagi jarayonlarning
indikatori ekanligini hisobga olgan holda, loyihada VLF va Super SID
asboblari – juda past chastotali elektromagnit toʻlqinlar qabul qilgichlari
yordamida ionosfera holatini monitoring qilish koʻzda tutilgan. Bu
nafaqat punktlarning balandligini topish aniqligini yaxshilash, balki
ionosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar va mintaqamizning seysmik
faolligi oʻrtasidagi korrelatsiyani tadqiq qilish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu
loyiha
doirasida
Astronomiya
institutining
Maydanak
observatoriyasida yana bir GNSS stansiya oʻrnatiladi va u kelajakda
xalqaro geodinamik tarmoqqa kiritiladi. Qoʻyilgan masaladan kelib
chiqqan holda, loyihaning bir necha asosiy bosqichini sanab oʻtish mumkin:
Oʻzbekiston
geodinamik
Do'stlaringiz bilan baham: |