tarmogʻining
nuqtalari
balandlik
oʻzgarishlarini ularning asriy va davriy fizik sabablarini hisobga olgan
holda hisoblash usullarini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston hududi yuqorisidagi ionosferaning F va D qatlamlari
holatini real vaqtda doimiy koʻrsatib turuvchi axborot resurs yaratish.
Oʻzbekiston geodezik balandlik koordinata sistemasining aniqligini
oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
2.2.
Geoaxborot tizimida konversiyalash, georeferenslash va
transformatsiyalash
Geografik oʻzgartishlar matematik jarayon boʻlib, unda nuqtalar
koordinatalarini bir koordinatalar sistemasidan boshqasiga oʻzgartirish
amalga oshiriladi.
Aniq geodezik ishlarni bajarishda geoidga nisbatan ellipsoidning aniq
oʻrnini hisobga olish zarur. Ushbu bazaviy ma’lumot negizida oʻrin olgan
turli ellipsoidlar koordinata sistemalari va kartografik proyeksiyalarning
oʻzgartirilishiga geografik oʻzgartishlar (konversiyalash) deyiladi.
Geografik oʻzgartishning bir nechta usullari mavjud. Berilgan geografik
koordinatalar (kenglik, uzoqlik va balandlik) boshlangʻich nuqtasining
geosentrik toʻgʻri burchakli koordinatalar markazidan siljishi qiymatini
hisobga olgan holda boshqa geografik koordinatalarga oʻtish eng sodda usul
hisoblanadi. Bunda ikkala ellipsoid oʻqlari yoʻnalishlari parallel deb
olinadi, bu esa koʻp holatlarda haqiqiyga toʻgʻri kelmaydi. Bu usul uncha
katta boʻlmagan hududlardagi ishlar uchun mos keladi, chunki
oʻzgartirish jarayonida yuz beradigan xatoliklar berilgan boshlangʻich
qiymatlardan kichikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |