1. Gaz omborlari fazifalari Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi
YER OSTI GAZ QUVURLARINING KO‘CHADA JOYLASHISHI
Download 40 Kb.
|
LatipovShaxzod
YER OSTI GAZ QUVURLARINING KO‘CHADA JOYLASHISHIYer osti gaz quvurlari shaharlarda, asosan, ko‘chaning qatnov yo‘llari tagidan o‘tkaziladi. Agarda ko‘chalarda keng piyoda yo‘llari bo‘lsa yoki maysazorlar bo‘lsa, ular tagidan o‘tkazish maqsadga mu- vofiq, chunki qatnov yo‘llarini buzish va tiklash qimmat turadi. Gaz quvurlarini o‘tkazishda gaz quvurlari bilan bino, yer osti va yer usti inshootlari va daraxtlar oralig‘ida ma’lum masofani ta’minlash kerak. Bu masofalar texnik sharoitlarda va qurilish qoidalarida keltirilgan. Shular bilan tanishib chiqamiz. 1. Yer osti gaz quvuri bilan bino orasidagi masofa quyidagicha bo‘lishi kerak: a) past bosim gaz quvurlari uchun – kamida 2 m; b) o‘rta bosim gaz quvurlari uchun – kamida 4 m; d) yuqori bosim gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun – kamida 7 m; e) yuqori bosim gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun – kamida 10 m. Bu masofalar yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda uning bino ichiga kirmasligini ta’minlay olmaydi, lekin kirish xavfini kamaytiradi. 2. Yer osti gaz quvuri bilan tramvay yo‘ligacha bo‘lgan masofa: a) past va o‘rta bosim gaz quvurlar uchun yaqin relsgacha bo‘lgan masofa kamida 2,8 m bo‘lishi kerak; b) yuqori bosim gaz quvurlari uchun kamida 3,8 m bo‘lishi kerak. 3. Temir yo‘l relsigacha bo‘lgan masofa: a) past bosim uchun – kamida 3,8 m; b) o‘rta bosim uchun – kamida 4,8 m; d) yuqori bosim uchun (0,3 – 0,6 MPa) – kamida 7,8 m; e) yuqori bosim uchun (0,6 – 1,2 MPa) – kamida 10,8 m; Bu masofalar gaz quvurlarini yotqizish va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida transport harakatini to‘xtatmasdan olib borishga imkon beradi. 4. Daraxtlardan kamida 1,5 m masofada o‘tish kerak, chunki un dan yaqin bo‘lsa, xandaq qaziganda, daraxtning ildizi kesilib ketadi.Bundan tashqari, quvurdan gaz chiqa boshlasa, daraxt ildizlariga ta’sir qilib, uni quritadi. 5. Elektr kabeli bilan yer osti past va o‘rta bosim gaz quvuri orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi kerak.Agarda yuqori bosim bo‘lsa, kamida 2 m bo‘lishi kerak. Bu masofalar xandaq qaziganda yoki ta’mirlash ishlari olib borilganda kabelni uzib yubormaslik uchun kerak. 6. Gaz quvuri bilan suv tarmog‘i orasidagi masofa: a) past bosim uchun – 1,0 m; b) o‘rta bosim uchun – 1,0 m; d) yuqori bosim uchun (0,6 MPa ga) – 1,5 m; e) yuqori bosim uchun (1,2 MPa gacha) – 2,0 m. 7. Gaz quvuri bilan kanalizatsiya orasidagi masofa: a) past bosim uchun – 1,0 m; b) o‘rta bosim uchun – 1,5 m; d) yuqori bosim uchun (0,6 MPa gacha) – 2,0 m; e) yuqori bosim uchun (1,2 MPa gacha) – 5,0 m; 8. Issiq suv uzatish tizimi kanalining tashqi devoridan gaz quvurigacha bo‘lgan masofa: a) past, o‘rta, yuqori bosim (0,6 MPa gacha) uchun – 2 m; b) yuqori bosim (0,6 – 1,2 MPa) uchun – 4 m. Bu masofalar gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda boshqa yer osti inshootlariga kirish xavfini kamaytiradi. 9. Agarda bir xandaqda 2 ta gaz quvuri o‘tgan bo‘lsa, quvurlar diametri d Θ 300 mm bo‘lsa, ular orasidagi masofa kamida 0,4 m bo‘lishi kerak. Agarda quvurlar diametri d>300 mm bo‘lsa, quvur devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Bu masofa quvurlarni ishlatish jarayonida ularni tekshirish hamda tuzatish ishlarini olib borish uchun zarur. Yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqqanda, u yerdagi bo‘shliqlar orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Shuning uchun gaz quvurlari iloji boricha bosimsiz ishlaydigan quvurlardan uzoqroq bo‘lgani ma’qul, chunki gaz ular orqali binolarga kirish mumkin. Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling