1. Gaz qonunlari. Avogadro qonuni
Download 27.46 Kb.
|
мустақил иш1
Mavzu: Gaz qonunlari. Avogadro qonuni.Gazning molyar hajmiReja: 1. Gaz qonunlari.2. Avogadro qonuni.3. Gazning molyar hajmiGazlar tekshirish uchun eng oddiy obyekt bolganligi sabab li, ularning xossalari va gazsimon moddalar orasidagi reaksiyalareng toliq o‘rganilgan. Fransuz olimi J.L.Gey-Lyussak hajmiy nisbatlar qonuninianiqladi: reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmlari bir xil sharoitda (temperatura va bosimda) bir-biriga oddiy butun sonlar nisbatida boladi. Masalan, 1 1 xlor 1 1 vodorod bilan birikib, 2 1 vodorod xlorid hosil qiladi; 2 1 oltingugurt (IV) oksid 1 1 kislorod bilan birikib, 2 1 oltingugurt (VI) oksid hosil qiladi. Bu qonun Italiya olimi A.Avogadroga oddiy gazlarning (vodo¬ rod, kislorod, azot, xlor va boshqalar) molekulalari ikkita bir xil atomlardan tarkib topgan, deb taxmin qilishga imkon berdi. Vodorod bilan xlorning birikishida ularning molekulalari atomlarga ajraladi va bu atomlar vodorod xlorid molekulalarini hosil qiladi. gazning molyar hajmi — bu modda hajmining shu moddaning miqdoriga nisbatidir: Vm=V/n bunda Vm — gazning molyar hajmi (o‘lcham birligi m3/mol yoki l/mol); V— sistemadagi moddaning hajmi; n — sistemadagi moddaning miqdori. Yozuvga misol: gazning Lm(n.sh.)=22,4 1/mol. 1860-yilda kimyogarlarning Karlsruedagi Xalqaro syezdida Avogadro ta’limoti umum tomonidan e’tirof etildi. Syezd atom-molekular ta’limotning rivojlanishiga kuchli turtki boldi. Lekin bu ta’limot D.I.Mendeleyev kimyo viy elementlarning davriy qonunini kashf etgandan keyin, ayniqsa tezrivojlandi. Avogadro qonuni asosida gazsimon moddalarning molyar mas salari aniqlanadi. Gaz molekulalarining massasi qancha katta bo‘lsa, bir xil hajmdagi gazning massasi shuncha katta boladi. Gazlarning teng hajmlarida bir xil sharoitda molekulalar soni, binobarin, gazlarning mollar soni bir xil boladi. Gazlarning teng hajmlari massalarining nisbati ularning molyar massalarining nisbatiga teng: m1: m2=M1 : M2 bunda: m1— birinchi gaz muayyan hajmining massasi, m2 — ikkinchi gaz xuddi shunday hajmining massasi, M1 va M2 — birin chi va ikkinchi gazning molyar massalari. Download 27.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling