1. Genetika va evolyutsiya fanining mazmuni, rivojlanish tarixi
Download 0.59 Mb.
|
REJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gregor Mendel
REJA 1. Genetika va evolyutsiya fanining mazmuni, rivojlanish tarixi 2. Muayyan va nomuayyan o’zgaruvchanlik 3. Kombinativ o’zgaruvchanlik 4. Mutatsion o’zgaruvchanlik Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fanning rivojlanishiga Ch. Darvin- ning turlarning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti katta hissa qo’shdi. Genetikaning fan sifatida vujudga kelishiga somatik va jinsiy hujayralarning xususiyatlarini o’rganishdagi yutuqlar yordam berdi. Genetikani mustaqil fan sifatida rasmiy tan olinishida 1990-yil gollandiyalik Gugo de Friz, germaniyalik Karl Korrens va avstraliyalik Erix Chermaklarning duragaylash bo’yicha olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu botanik olimlar bir-biridan bexabar holda turli obyektlar ustida tadqiqot o’tkazib, ota-ona irsiy belgilarining nasldan-naslga berilishi va kelgusi avlodlarda ajralishi haqidagi maqolalarini e’lon qildilar. Ammo bu olimlar chex ruhoniysi Gregor Mendel ochgan irsiyat qonunlarini qaytadan kashf etdilar xolos. Chunki, Mendelning irsiyat haqidagi qonunlari 1685-yilda nashr ettirilgan “O’simlik duragaylari ustidagi tajribalar” asarida bayon etilgan. Shuning uchun Gregor Mendel o’rinli ravishda genetikaning asoschisi hisoblanadi. Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi. Tashqi muhitning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri ikki xil – muayyan va nomuayyan bo‘lishi ham mumkin. Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir yo‘nalishda o‘zgaradi. Muayyan o‘zgaruvchanlik guruhli o‘zgaruvchanlik ham deb ataladi. Masalan, oziqning o‘zgarishi hayvonlarning mahsuldorligiga va o‘simliklarning hosildorligiga ta’sir etadi. Kunlar sovishi bilan shimolda yashovchi barcha sutemizuvchi hayvonlarning juni qalinlashadi. Muayyan o‘zgaruvchanlik evolutsiya jarayonida organizmlarning reaksiya normasi doirasida muhitga moslanishini ta’minlaydi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling