1. Genetika va evolyutsiya fanining mazmuni, rivojlanish tarixi
Nomuayyan yoki shaxsiy (individual)
Download 0.59 Mb.
|
1 2
Bog'liqREJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombinativ o‘zgaruvchanlik.
- Mutatsion o‘zgaruvchanlik
- Gen mutatsiyalari
- Xromosoma mutatsiyalari
- Foydalanilgan adabiyotlar A.G’ofurov, S.Fayzullayev, J. Saidov “GENETIKA” Tafakkur nashriyoti Toshkent 2010
Nomuayyan yoki shaxsiy (individual) o‘zgaruvchanlikda esa tashqi muhit
omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi va bunday o‘zgarish ayrim individlarda sodir bo‘lib, boshqalarida kuzatilmaydi. Evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgaruvchanlikka nisbatan nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega, chunki u nasldan naslga o‘tadi va shuning uchun xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o‘simlik navlarining tabiiy sharoitda esa turlar vujudga kelishida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning tasodifi y kombinatsiyalari, xro mosomalar chalkashuvi va genlarning rekombinatsiyasi asosida kelib chiqadi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi. Mutatsiyalar foydali, neytral va zararli bo‘ladi. Foydali mutatsiyalar, deyarli kam uchrasa ham ular namoyon bo‘lgan organizmlar tabiiy va sun’iy tanlash jarayonida saqlanib qoladi. Mutatsiyalarni genotipning qaysi tarzda o‘zgarishiga qarab bir qancha tiplarga ajratish mumkin. Gen mutatsiyalari bir gen doirasida sodir bo‘ladigan irsiy o‘z- garuvchanlikdir. Gen mutatsiyalari boshqa xil mutatsiyalarga nisbatan ko‘proq tarqalgan. DNK molekulasida bitta gen doirasida nukleotidlar tartibining o‘zgarishi yoki bir nukleotid o‘rniga boshqasining o‘rnashib qolishi gen mutatsiyasining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning anchagina katta, mik roskopda ko‘rsa bo‘la digan mutatsiyalardir. Xromosoma mutatsiyalarida xromosomalar soni o‘z garmaydi, ammo bir yoki bir nechta xromosomada qayta tuzilishlar kuzatiladi. Genom mutatsiyalar, bir tur organizmlariga xos xromosomalar to‘plamidagi xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq mutatsiyalardir. Genom mutatsiyasi to‘plamdagi xromosomalar sonining karrali ortishi xarakteriga qarab turlarga ajratiladi: polip loidiya – xromosoma to‘plami sonining o‘zgarishi, geteroploidiya – to‘plam dagi ayrim gomologik xromosoma sonining o‘zgarishi. Xulosa Genetikaning asosiy vazifalariga genning o’zgarishi, gen kelib chiqishi,genlarning ta’sir mehanizmlari, ularning nazoratidagi jarayonlar butun organizmda murakkab belgi va xususiyatlarning boshqarilishini o’rganish kiradi. Shunday qilib, kombinativ o’zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vujudga keladigan mutatsion o’zgaruvchanlik xilma-xil bo’lib, oranizmlar evolyutsiyasi va genetikasida muhim rol o’ynaydi. Foydalanilgan adabiyotlar A.G’ofurov, S.Fayzullayev, J. Saidov “GENETIKA” Tafakkur nashriyoti Toshkent 2010 A. G’ofurov, S. Fayzullayev, J. Saidov. X. Xolmatov.”Genetikadan masala va mashqlar” O’qituvchi nashriyoti Toshkent 1991 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling