1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sifati


Download 0.97 Mb.
bet5/5
Sana27.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1727735
1   2   3   4   5
Bog'liq
7. Quduqlarni tadqiqot qilish

NEYTRONNO GAMMA KAROTAJ (NGK)
Neytronno gamma karotaj (NGK)-tog‘ jinslari atomlar yadrosi bilan neytronlar oqimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hodisasini tadqiq qilishga asoslangandir. Neytron gamma karotaj (NGK) o‘tkazishda tog‘ jinslari yadrosini radiatsion ushlashi natijasida gamma nurlanishni tezlashishi o‘lchanadi. Bu nurlanishni qiymati asosan asbobni o‘rab turgan muhit birligida neytronlar yutilish soniga bog‘liq bo‘ladi. Neytronlarni yutilish tezligini pasaytiruvchi va yutuvchi unsur(element)lar: vodorod, xlor, bor, litiy, kadmiy, kobolt va boshqalar. Yuqorida sanab o‘tilgan unsur(element)lardan neytronno gamma karotaj o‘lchov natijalariga vodorod va xlor ko‘proq salbiy ta’sir etadi.
Vodorod neft va qatlam suvlarida bo‘lib ular neft va suvga to‘yingan tog‘ jinslarida neytronlarni yuqori sekinlashuvi va yutilishi kuzatiladi.
Xlor neytronlarni yutish bo‘yicha vodorodga nisbatan taxminan 100 baravar katta qirqimga egadir.
Bundan tashqari neytronlarni xlor orqali yutilishida gamma-nurlanish spektrlari, neytronlarni vodorodga yutilganga qaraganda yuqori energetik komponentlar bilan to‘yinadi, shuning uchun sho‘rlangan qatlam suvlari xlor ishtirokida radiatsion gamma- nurlanishni tezlashishiga oilb keladi. Bu hodisa neft va suvga to‘yingan qatlamlarni neytrono-gamma karotaj (NGK) egri chiziqlari yordamida aniqlashga yordam beradi.
AKUSTIK KAROTAJ (AK)
Akustik karotaj (akustik karotaj) bu usul quduqni burg‘ulashda tog‘ jinslarni o‘tishda qarshilik egiluvchanlik tebranishlari tezligini o‘lchashga va tog‘ jinslarini yutish qobiliyatini aniqlashga asoslangandir. Egiluvchan to‘lqinlarni tarqalish tezligi va yutilishi ko‘p tabiiy faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Tik paydo bo‘lgan yoriqlar yotiq yoriqlarga nisbatan akustik karotaj (AK) qiymatiga kam ta’sir ko‘rsatadi.
Akustik karotaj(AK) quduqlarda quyidagi masalalarni yechish uchun xizmat qiladi:
-quduqlar qirqimini litologik bo‘linishini,
- ohaktoshli tog‘ jinslarida yoriqlar va kavaklar paydo bo‘lgan hududni;
-kollektorlar va ularni g‘ovakligini;
-seysmologik qidiruv bergan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun egiluvchan to‘lqinlarni qatlamdagi va o‘rtacha tezligini aniqlash;
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling