1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sifati


Yonlama zondli karotaj (BKZ) o‘tkazish


Download 0.97 Mb.
bet3/5
Sana27.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1727735
1   2   3   4   5
Bog'liq
7. Quduqlarni tadqiqot qilish

Yonlama zondli karotaj (BKZ) o‘tkazish

Bu usulda quduqlar qirqimini aniqlashda har xil o‘lchamli zondlar to‘plamidan foydalaniladi. Yonlama karotaj natijalariga asosan o‘rganilayotgan qatlam taxminiy ((kajushiysya) qarshiliklariga nisbatan zond egri chizig‘i quriladi. Zondlash egri chiziqlarini hisoblangan (BKZni maxsus paletkasi) kattaliklar bilan solishtiriladi. Yonlama zondli karotaj keng qo‘llaniladi, lekin qatlamlar juda rang-barang bo‘lganda, ularni solishtirma og‘irligi juda katta bo‘lganda va quduq past qarshilik ((0,5Om.m.) li qorishma bilan to‘ldirilganda, tog‘ jinslarining qarshiligini aniqlashda bu usulning aniqligi kamayadi. Bunday holatlarda yonlama karotaj ishlatiladi.
Yonlama (Bokovoy )karotaj (BK)

Yonlama karotaj yordamida tadqiq qilinganda KS ga nisbatan tashkil topgan tog‘ jinslari va quduq ta’siri kamayishi aniq ko‘rinadi. Zond(uch, yetti va to‘qqiz elektrodli) lar yordamida ekranlangan elektr maydoni, quduq o‘qiga nisbatan perpendikulyar, disk shaklida fokuslanadi. Bunday elektr maydonlari kuchlanish chiziqlari qatlamga chuqur kirib boradi. Bu o‘lchash ishlarini xatoligini kamaytiradi. Yonlama karotaj qarshiliik bo‘yicha turli xil bo‘lgan, o‘rtacha va kichik qavatli qatlamlarni o‘rganishda ustunlikga ega. Bu usul sho‘rlanganligi yuqori bo‘lgan burg‘ulash qorishmasi va qarshiligi katta bo‘lgan qatlamlar uchun juda samaralidir.
Induksion karotaj (IK)
Induksion karotaj (IK)-bu usulda quduq ichida uyurma toklar induksiyalanadi va ular ta’sirida tog‘ jinslari ichida elektromagnit maydoni hosil bo‘ladi. Uyurma tok kuchi tog‘ jinslarining solishtirma elektr o‘tkazuvchanligiga to‘g‘ri praporsionaldir. Induktiv karotaj quduq ichida burg‘ulash qorishmasi bo‘lmagan holatda ham amalga oshiriladi. Shuning uchun Induktiv karotaj (IK)ni, quduq ichi odatiy burg‘ulash qorishmasi bilan yoki maxsus burg‘ulash qorishmalari bilan to‘ldirilgan hollarda ham qo‘llash mumukin. Induktiv karotaj(IK)dan sho‘r burg‘ulash qorishmalari bilan burg‘ulashda va yuqori solishtirma og‘irlikga ega bo‘lgan tog‘ jinslarida foydalanish cheklangandir.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling