1. Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-МАРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi.
6-Маъруза. Qadimgi Yunoniston tarixi. Miloddan avvalgi II ming yillikda Yunoniston. Krit-Miken jamiyati rivojlanishi xususiyati. Miloddan avvalgi IX asr oxiri- VI asrlardaAttika. Afinada quldorlik demokratiyasining paydo bo’lishi Yunon-fors urushlari 1.Geografik o ‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi. Yunoniston geografik jihatdan uch qismga bo‘linadi: 1. Fessaliya va Epir, shimolda Moli va Pagasey ko‘rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Saronika bilan cheklangan markaziy qism. 3. Peloponnes yarim orolidan iborat janub. Yunonistonning shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog‘lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib kelgan. Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo‘ldi. Uning janubidagi Sperxa daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin mo‘yna uchun jo‘nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir yunon madaniyatiga aloqasi bo‘lmagan yovvoyi o‘lka bo‘lib, uni Markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog‘lab turgan. Fessaliya barcha tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerdagi ikki tekislikni fessaliyalik bosqinchilar ishg‘ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qisman ularni vodiydan tog‘larga siqib chiqarganlar. Fessaliyaning g‘arbiy qismida g‘alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qulay qirg‘oq va qo‘ltiqlar yo‘q. Shimoliy Yunonistonni Markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta tog‘lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi. Markaziy Yunonistonda kam sonli tog‘lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi qirg‘og‘ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Mil.avv. V asrda afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi bo‘lgan. Parnas (2450 m) va Kifris tog‘larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo‘lgan. Markaziy Yunoniston yo‘lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo‘lgan. Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o‘tagan. Parnasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185 kv.km) bo‘lgan. Ko‘rinishidan doriylar shu yerda ilk bor o‘rnashganlar. Fokidadan g‘arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan tog‘li va ozroq unumdor vodiyga ega bo‘lgan Etoliya viloyati joylashgan. Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo‘ltig‘igacha bo‘lgan hudud Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km hududni egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo‘lgan Beotiyada g‘allachilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog‘lari o‘rab turadi. Yunonistonning markazida tuprog‘i dehqonchilikka noqulay bo‘lgan Attika viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis bo‘lsa-da, marmar, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo‘lgan. Afinaning dengiz yo‘lini Salamin oroli to‘sib turadi. Salamin uchun Afina Megara va Egina bilan uzoq urush olib borgan. Faqat Eginaning bo‘ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga yo‘l ochdi. Korinf va Saronik qo‘ltiqlari orasidagi tog‘lik hududda Megara shahri joylashgan. Korinf qo‘ltig‘idan so‘ng Peleponnes yarim oroliga o‘tish mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi turadi. Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g‘arbida joylashgan. Bu viloyatlarda g‘alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan bo‘lib, Alfey va Kladey daryolari qo‘shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiada shahri joylashgan. Elidadan shimolda Axeya viloyati turadi. Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16oC ni tashkil etadi. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, tuproq hozirgidek toshloq bo‘lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo‘lgan. Mil.avv. VI asrgacha faqat bug‘doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan. Yunonistonda oltin yo‘q, mis juda ko‘p. Xalkida shahrining nomi ham «mis» degan ma’noni bildiradi. Qadimda bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyadan sifati past temir, Tasos va Sifnos orollaridan mil.avv. VIII–VI asrlardan kumushqazib olingan. Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu konlardan olingan daromad mil.avv. V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchi shahar-davlatga aylanishi hamda boshqa yunon shahar- davlatlariga boshchilik qilishiga shart-sharoit yaratgan. Afinada tog‘-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori darajada bo‘lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor bo‘lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-yo‘g‘i 10 km uzoqlikda joylashgan. Mashhur Parfenon va Propiley inshootlari pentelikon marmaridan bunyod etilgan. Egey dengizi havzasida mil.avv. III–II ming yilliklarda yunon bo‘lmagan, kelib chiqishi Osiyodan bo‘lgan turli leleglar, pelasg, kariylar joylashgan edi. Mil.avv. II ming yillik boshlarida Yunoniston hududiga axey qabilalari paydo bo‘ldi. Axeylar bilan mahalliy pelasg, kariy va minoylar o‘rtasida murakkab munosabatlar yuzaga keladi. Mil.avv. XII asrda Dunay ortidan Bolqon yarim oroliga doriy qabilalarining migratsiyasi boshlandi. Mil.avv. II ming yillik oxirida Yunoniston va Egey dengizi havzasini egallab oldi. Natijada yangi etnik birlik – ellinlar shakllandi. Ular to‘rt qabila guruhidan iborat edi: 1. Axeylar. Ular tog‘li Arkadiya, Krit oroli va Kichik Osiyoning ba’zi hududlarida yashar edilar; 2. Doriylar. Ular Peloponnes yarim orolining katta qismi, Krit va Rodos orollari, Kariya va Kichik Osiyoda joylashganlar; 3. Ioniylar. Ular Attika hududi, Egey dengizining markaziy orollari va Kichik Osiyodagi Ioniya viloyatini egalladilar; 4. Eoliylar. Ular Beotiya, Fessaliya, Etoliya, Lesbos oroli va Kichik Osiyodagi Eolida orolini egalladilar. Mil.avv. XI–IX asrlarda yunon qabilalarining har bir guruhi o‘z diniy dunyoqarashi, o‘z sheva xususiyatlariga ega bo‘lsalar-da, bir tilda so‘zlashib, o‘zlarini bir xalq, bir madaniyatga mansub ekanliklarini his qila boshlaganlar. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling