Jumanazorov diyorbekning arxeologiya va etnologiya asoslari fanidan mustaqil ishi


Download 46.69 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2023
Hajmi46.69 Kb.
#1099110
  1   2
Bog'liq
Ilk temir davri manzilgohlari. Ko`hna shaxarllar.

    Bu sahifa navigatsiya:
  • MAVZU

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH INNOVOTSION UNIVERSITETI



22.06. GURUH TARIX (sirtqi) TA’LIM YO‘NALISHI TALABASI
JUMANAZOROV DIYORBEKNING
ARXEOLOGIYA VA ETNOLOGIYA ASOSLARI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


MAVZU: Ilk temir davri manzilgohlari. Ko`hna shaxarllar.


URGANCH – 2023

Mavzu: Ilk temir davri manzilgohlari. Ko`hna shaxarllar.
Reja:


  1. Ilk temir davri manzilgohlari.

  2. Temir davrida ishlab chiqarish

  3. Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklar

Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish. xoʻjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan soʻng insoniyat hayotida sodir boʻlgan tarixiy bosqich. Bu davr xoʻjalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. "Temir davri" atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan boʻlsada, fanga 19-asrning oʻrtalarida daniyalik arxeolog K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3ming yillikning 1yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. av. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. av. 11-asrdan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkazye, Hindiston va Xitoyda xoʻjalik va harbiy qurolaslahalar yasashda temirdan keng miqyosda foydalanilgan, soʻngra temir asboblar yasash Eron va Oʻrta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari) Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shimoliy mintaqalarda 16—17-asrlarda maʼlum boʻlgan. Temir tabiatda yombi sifatida uchramaydi. U ruda zarrachalari toʻplamini yumshoq xamirsimon holatga kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini 900— 1350° atrofida qizdirib maxsus koʻralarda boskrndan konussimon nay orqali havoni puflab kuchaytirish yoʻli bilan bajarilgan. Koʻra tubida kritsa (1 – 5 kg lik gʻalvirak temir boʻlagi) hosil boʻlib, uni olovda qizdirib, suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past boʻlgan. Mil. av. 9—7-asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni poʻlatga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab boʻladi.
Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika oʻzgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarish.da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi.da gemir qurollardan foydalanishga oʻtish katta voqea boʻldi. Chunki degʻqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo boʻldi. Temir davrida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xoʻjaligiga aylandi.
Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xoʻjaliklarining rivojlanib borishi shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan oʻzgarishiga olib keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va oʻzaro ayirboshlash savdo markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi.
Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari vujudga kelgan.
1960—70y.larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari oʻrganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6— 4-asrlarga oid uyjoy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60y.larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda Temir davriga oid Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973-yilda Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.
Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi, Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida oʻrganilgan. 80—90 yillardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7—6-asrlarga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, B. Matboboyev va boshqalarning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi.
lk temir davriga kelib, yani eramizgacha bo‘lgan X-VII asrlarda hududiy davlatlarning shakllanish jarayoni kechgan. Bu davrda shaharlar hududiy davlatlarning markazi sifatida faoliyat etishi kuzatiladi. Qadimgi Baqtriyaning shimoliy qismi bo‘lgan Surxondaryo viloyatida ilk temir davrida uchta hududiy davlatning shakllanganligini kuzatishimiz mumkin. Bular Sherobod, Boysun, Surxon dehqonchilik o‘lkalarida joylashgan «nom» tipidagi hududiy davlatlar bo‘lib, siyosiy markazlari Jondavlattepa, Hayitobodtepa va Qiziltepa shaharlari bo‘lgan.
Xuddi shunday «nom» tipidagi hududiy davlatlarning Qadimgi So‘g‘d va Qadimgi Farg‘ona vodiysida ham tarkib topganligi kuzatilmoqda. Ularning markazlari Daratepa (Kitob), Ko‘ktepa (Chelak), Afrosiyob (Samarqand), Farg‘ona vodiysidagi Dalvarzin kabi shahar tipidagi yodgorliklar bo‘lgan. Ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar bir yoki bir nechta daryo o‘zanlari hududlarini birlashtirib, markaziy shahri va shu markaz atrofida jamlangan qishloq va qo‘rg‘onlar majmuasidan iborat bo‘lgan. Shaharlarining umumiy maydoni 8 gektardan 25 gektargacha boradi. Ular ikki qism, ark va shahristondan iborat bo‘lgan. Arxeologik kuzatuvlarga qaraganda shu davr shaharlari tashqi ko‘rinishiga ko‘ra bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan. Ark va shahriston qalin mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, devorlarning qalinligi 5-6 metrni tashkil etadi. Devor ustida jangchilar yuradigan maxsus yo‘lak bo‘lgan, shahar devorlariga o‘q otish uchun harbiy minora – mudofaa burji qurilgan. Mudofaa devori va burjlarning har ikki metrida shinaklar o‘rnatilgan. Ilk temir davri shaharlarining xarakterli tomonlaridan biri shahar atrofida handaklar qazilgan, harbiy holat vaqtida handaklar suvga to‘ldirilgan va shahar mudofaasi yanada mustahkamlangan.
Arkda shahar hokimining saroyi joylashgan bo‘lib, eng baland va hashamatli qilib qurilgan. Shahristonda ibodatxonalardan tashqari, hunarmand va savdogarlarning uylari, savdo rastalari, harbiy kazarmalar joylashgan bo‘lgan. Shahristonda tosh to‘shalgan yo‘laklar bo‘lib, yo‘laklar bir arava sig‘adigan kenglikda bo‘lgan.
Dehqonlar shahar atrofidagi qishloq va qo‘rg‘onlarda yashagan. Ilk temir davriga oid qishloq Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Qizilcha qo‘rg‘oni misolida o‘rganilgan. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli bo‘lib, devorlari paxsa va xom g‘ishtdan terilgan, xonalarning poli va devorlari loy shuvoq bilan shuvalgan. Uyning old tomoni keng hovlidan iboratligi kuzatilgan, bu yerdan topilgan topilmalar qishloq hayot tarzini to‘liq xarakterlaydi. Omoch, o‘roq singari topilmalar, qishloq aholisining dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatadi (Sagdullayev, 1887).
Er.av. VII asrga kelib hududiy davlatlar asosida Vatanimiz janubida Qadimgi Baqtriya, VI asrda esa quyi Amudaryo va Orol bo‘ylarida Qadimgi Xorazm shohliklari, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari, cho‘llarida ko‘chmanchi Sak qabilalarining konfederatsiyasi bo‘lganligi kuzatiladi. Davlatlarning hududiy kengayishi natijasida, shunga monand shaharlar ham rivojlanib borgan va joylashgan geografik o‘rni va egallagan siyosiy mavqeiga qarab katta va kichik shaharlar toifasiga bo‘linib borgan.
Markazlashgan davlatlar hududi juda keng bo‘lib, bir va bir necha keng o‘lkalarni o‘z tarkibiga olgan. Bu davrga kelib, shaharlar egallagan siyosiy mavqeiga qarab toifalarga ajrala boshlaydi. Qadimgi Baqtriya shohligi hududlarida Bolo Hisor, Oltindilyor (Shimoliy Afg‘oniston), Qiziltepa, Jondavlattepa, Haitobodtepa (Surxondaryo), Baytudasht (Janubiy Tojikiston) kabi shahar tipidagi arxeologik yodgorliklarning mavjudligi aniqlangan. Bolo Hisor o‘rnida qadimgi Baqtra shahri joylashga, bu shahar Gerodot va Kteseylarning ta’kidlashicha, Baqtriyaning markazi bo‘lgan.
So’nggi yillarda ilk temir asri shaharlari tarixi va madaniyati bo’yicha anchagina ishlar qilingan bo’lishiga qaramay bu masalada shaharlar shakllanishining o’ziga hos hususiyatlari, yirik manzilgohlar evolyusiyasi hamda yirik markazlar va qishloqlar o’rtasidagi munosabatlar tahlili masalalari yetarlicha to’liq o’rganilmagan. Bu holat ayrim ko’hna shaharlar atrofidagi manzilgohlar saqlanmaganligi yoki ular, qalin madaniy qatlamlar ostida qolib ketganligi bilan izohlanadi.
Mil. avv. II ming yillikning oxiri-1 ming yillikning birinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo hududlarida moddiy, madaniy va ijtimoiy hayotning turli tomonlarini qamrab oluvchi muhim o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Bu davrning eng muhim o’zgarishlaridan biri - temirdan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi va asta-sekinlik bilan keng hududlarga yoyilishi bo’lib, bu yangi tarixiy davr ilk temir asri deb yuritiladi. Metallurgiya sohasida temirchshshkning rivojlanishi jamiyatning keyingi taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratdiki, bu jarayon O’rta Osiyo sharoitida mulkiy tabaqalanish va ilk davlatlarning paydo bo’lishini yanada jadallashtirdi.
O’rta Osiyoning janubiy hududlaridagi mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid nisbatan yaxshiroq o’rganilgan va ayrimlari o’zida shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklarga Shimoliy Parfiyadagi Ulkentepa va Ulug’tepa, Marg’iyonadagi Yozdepa, Janubiy Baqtriyadagi Tillatepa, Shimoliy Baqtriyadagi Kuchuktepa, Qiziltepa kiradi.
Mil.avv. IX-VIII asrlardan boshlab, ko’chmanchi-chorvador qabilalarning markaziy va janubiy vohalarga jadallik bilan siljishi bo’lib o’tganidan keyin, nisbatan yaxshiroq natija beradigan temir qurollar ishlatilishi asosida o’troq dehqonchilik hududlarida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vohalari, dasht hududlarda esa ko’chmanchi chorvachilik shakllandi. Shahar madaniyati rivojlanishining yangi bosqichiga kiruvchi bunday qadimgi markazlarga Kopetdog’ tog’ oldi hududlari ham kiradi. Haqiqagan ham, o’tgan asrning 30-yilarida janubi-sharqiy Kopetdog’ tekisligida, Koushub temir yo’l stansiyasidan 1,5 km janubi-sharqda, Namozgohtepa yaqinida shahar ko’rinishidagi Ulkendepa xarobalari ochib o’rganilgan. Mil.avv. II ming yillik oxirlaridan -I ming yillik o’rtalariga qadar mavjud bo’lgan bu qo’hna shahar, tadqiqotchilar tomonidan nafaqat Janubi-Sharqiy, balki, Markaziy Kopetdog’ xududlaridagi eng qadimgi markaz sifatida e’tirof etilgan. Ulkendepa rejaviy jihatdan qo’p burchakli qal’aga ega bo’lib, bu istehkom boshqa qurilishlardan ancha baland (20 m)da bunyod etilgan. Ko’hna shaharning o’zi 500x290 metr hajmida bo’lib, minoralari bo’lmagan mustahkam devor bilan o’rab olingan. Mudofaa devorining asoslari 40 metrgacha, balandligi esa 5 metrdan 10 metrgacha. Devor atrofi chuqur xandaq bilan o’ralgan. Ko’hna shahar atrofida o’z vaqtida qishloq qo’rg’onlari va oddiy aholining turar-joylari bo’lgan tepaliklar saqlanib qolgan. Ulkendepaning sopol majmualari mil. avv. I ming yillik boshlariga oid Yoz II majmualari bilan o’xshashlik topadi.
Ilk temir davrining yirik yodgorliklaridan biri Surxondaryo viloyati, Sho’rchi tumanida joylashgan Qiziltepa ko’hna shahri bo’lib, bu yerda 1970-1971 yillardan boshlab uzoq yillar tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Qiziltepa ko’hna shahri mil avv. X-U asrlarda mavjud bo’lib, ko’pqatlamli yodgorlik hisoblanadi. Qiziltepada keng ko’lamli qazishmalar o’tkazilishi natijasida aniqlangan arxeologik majmualar mil.avv.USh-U1 asrlarda Qiziltepa hududlaridagi yirik mustahkam markaz o’rnida maydoni 22 ga bo’lgan, paydo bo’lgan yoki shakllanayotgan shahar mavjud bo’lganligini ko’rsatdi. Qiziltepa atrofidan o’ndan ziyod kichik manzilgohlar guruhi aniqlangan bo’lib, A.Sagdullayev uni Qizilcha deb nomladi va u Qiziltepaning qishloq xo’jalik atroflarini tashkil etgan.
So’nggi 10 yilliklarda olingan ko’p sonli arxeologik ma’lumotlar Baqtriya hududlarida mil.avv.VII-VI asrlar ishlab chiqarish kuchlari va jamiyatning boshlang’ich yacheykasi bir necha kichik jamoalardan tashkil topgan uy jamoalari bo’lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu yerdagi turli manzilgohlarda turli ko’rinishlardagi qurilishlar mavjud edi. Misol uchun, shakllanayotgan shahar ko’rinishidagi yirik markaz bo’lgan Qiziltepaning mahobatli qal’asi mustahkam devorlar bilan o’rab olingan bo’lib, mudofaa maqsadida bunyod etilgan. Bunga o’xshash aniq maqsadlarni ko’zlab inshootlar bunyod etish aniq shaxslar tomonidan nazorat qilingan va rag’batlantirilib turilganligi shubhasizdir. «Avesto»dagi «dahyupati»-viloyat hokimi, yoki «sastar»-harbiy boshliq mana shunday shaxs bo’lishi mumkin edi. Ular qatorida Qiziltepa hukmdori nafaqat, Mirshodi vohasi balki, butun Surxon havzasi hududlarini boshqargan bo’lishi mumkin. A.Sagdullayev bu taxminni Surxon vohasining boshqa hududlaridan shu davrga oid Qiziltepa kabi yirik va mustahkam himoyalangan, mahobatli qurilishlari bo’lgan, qo’shimcha mudofaa qurilishlari bilan himoyalangan madaniy-mafkuraviy va ijtimoiy-iqtisodiy markazlar topilmaganligi bilan izohdaydi.
Bu davrga oid Shimoliy Baqtriyadagi yana bir yodgorlik uch qatorli devorlar halqasi bilan o’rab olingan, 4 metrli paxsa asosda qad ko’targan Kuchuktepa bo’lib, u katta va mustahkam inshootni o’zida aks ettiradi. Tadqiqotchilarning taxminlaricha, ikki qismdan (mustahkam qal’a va manzilgoh) iborat Kuchuktepa qo’rg’oni urug’ oqsoqollari vakillaridan biriga tegishli bo’lgan. Qo’rg’on tashqarisida alohida uylar joylashgan.
Ahmoniylargacha bo’lgan davrda Janubiy So’g’d hududlari ham o’troq dehqonchilik qabilalari tomonidan jadallik bilan o’zlashtiriladi. Ayrim tadqiqotchilar Janubiy So’g’d, Marg’iyona va Baqtriyaga hududiy jihatdan yaqin bo’lib, ular bilan bitta tarixiy-madaniy birlik-o’lkani tashkil etgan deb hisoblaydilar.
Boshqacharoq shakldagi shu davrga oid manzilgohlar Tojikistonning janubida o’rganilgan. Shulardan biri Ko’lob viloyatida, Hazratishoh tog’ oldi hududlarida joylashgan Karimberdi yodgorligi hisoblanadi. Atrof vohalardagi chorvador aholining markaziy shahri sifatida e’tirof etilayotgan ushbu yodgorlikdan devorlarning tosh poydevori, yodgorlik atrofidan esa hunarmandchilik ishlab chiqarishining izlari (tandir ko’rinishidagi xumdon) ochilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Karimberdi yodgorligi qurilish uslubi shu hududlarda mavjud bo’lgan tog’ oldi manzilgohlaridan ajralib zuradi. Manzilgoh sohiblarining asosiy mashg’uloti chorvachilik va lalmikor dehqonchilik hisoblangan.
Yoz I ko’rinishidagi majmualarning moddiy madaniyati ko’p hollarda so’nggi bronza davri an’analarini davom ettiradi. Misol uchun, qurilishda g’ishtlarning avvalgi shakllari saqlanib qoladi. Ayrim hollarda qo’hna shaharlar tuzilishi va himoya inshootlari rivojlanishida ham umumiylik kuzatiladi. Bronza davridayoq Shimoliy Baqtriyaning yirik manzilgohlaridan biri bo’lgan Jarqo’tonda balandligi 1 metrdan 2 metrgacha bo’lgan g’isht poydevorlar ma’lum edi. Ushbu poydevorlar ustiga ko’p xonali uylar barpo etilib, markaziy turar-joylar himoya xususiyatiga ega bo’lgan devorlar bilan o’rab olingan.
Hududlar o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar shaharlar taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ham alohida ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bunday aloqalar hunarmandchilik buyumlari, hususan, sopol idishlar ishlab chiqarish va ulardagi o’xshashlikda ko’proq kuzatiladi.
Geografik jihatdan bu hududlarda quyidagi tabiiy xo’jalik zonalari ajratiladi: o’ng qirg’oq Oqchadaryo, chap qirg’oq Sariqamisholdi havzasi va Orolbo’yi havzasi. Bu havzalardagi hayot tarixning turli davrlarida Amudaryo suvlariga bog’liq bo’lgan. Bu hududlarda yirik daryodan ko’p sonli irmoqlar orqali tekisliklarga chiqadigan suvlardan foydalanish tufayli mil.avv. I ming yillikning ikkinchi choragidan boshlab dehqonchilik iqtisodiyoti, o’troq va yarim ko’chmanchi chorvachilik xo’jaliklari, ovchilik va baliqchilikni o’zlashtirgan sak va massaget qabilalari uyushmalari shakllandi.
Bu davr Xorazm moddiy madaniyatini o’rgangan tadqikotchilarning e’tirof etishlaricha, Xorazmdagi o’ziga xos madaniyat sohiblari Janubiy Turkmaniston va Shimodi-Sharqiy Eron xududlaridagi qadimgi dehqonchilik sivilizasiyalari bilan uzviy aloqada bo’lganlar. Bu holat arxaik Xorazm ko’chmanchi aholisining janubdagi boy sivilizasiya yuluqlaridan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib, miloddan avvalgi UI-U1 asrlarda Qadimgi Xorazm davlati paydo bo’lishiga turtki bo’lgan edi. Bu jarayon avvalo, Sariqamisholdi hududlarida ko’zga tashlanadi va bu hududlar Xorazm shaharsozligining boshlanishi bilan bog’lanadi.

Download 46.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling