1. Geografiya o`qitish metodlari haqida tushuncha. Ta’lim metodlari klassifikatsiyasi. Metodlarga qo`yilgan talablar


GEOGRAFIYA TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH


Download 100 Kb.
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi100 Kb.
#1391339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6 GEOGRAFIYA TA\'LIMIDA QO\'LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI

GEOGRAFIYA TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
Inson voqealikni bilish jarayonida narsalarni bir-biri bilan qiyoslaydi, ularni taqqoslaydi, o’xshashligi va farqlarini aniqlaydi: tahlil va sintez yo’li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi va umulashtiradi. Natijada voqealikdagi narsa va hodisalar to’g’risida tushuncha hosil bo’ladi.
Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va maxvum tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha deyiladi.
BILIMLARNI EGALLASH JARAYONI BILIM QISMLARI

DARAJAGA TUSHUNCHA

SABAB-OQIBAT

KO’NIKMA VA MALAKALAR

DUNYoQARASHNI SHAKLLANTIRISH G’OYaLARI1

1. Tushuncha ta’rifini egallash va uni tanish sharoitda qo’llash;
2. Tushuncha mazmuni belgilari, belgilar o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlash, tushunchani o’quv vazifalarni bajarishda qo’llay olish;
3. Tushunchani yangicha vaziyatda qo’llay olish ko’nikmasi.

O’qituvchi yordamida sabab-oqibat larni aniqlash.
Sabab-oqibatni mustaqil hamda tayyor rejalar yordamida repraduktiv aniqash.
Sabab-oqibatlarni ijodiy asosda qo’llash. Ularni yangicha o’quv vazifalarida qo’llay olish.

Ko’nikmani namunalar yordamida qo’llay olish.
Ko’nikma va malakalarni repraduktiv vaziyatlarda qo’llash.
Istalgan o’quv vaziyatida ko’nikmani amaliy jihatdan qo’llay olish.

Ob’ekt va hodisalar o’rtasidagi aloqalarni dastlabki elementlarni egallash. Ob’ekt va hodisalarni “faol fikrlash ularni tahlil qilish umumlashtirish, va tizimlash”.
G’oyalarni mustaqil umumlashtirish, egallangan bilimlarni yangi ob’ekt va xodisalar misolida qo’llash.

Masalan, Avstraliya, Antarktida, Ural, Briz, Passat va h.k. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat, holatlarga shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt (Mavhum) tushuncha deb ataladi. Masalan: kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k. Geografik tushunchalar qo’llash jihatidan ikki turga bo’linadi.
1. Umumiy tushunchalar
2. Yakka tushunchalar
Umumiy tushunchalarga bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar gavdalantiradi. Umumiy tushunchalarga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki bir xil nom bilan atalauvchi narsa va hodisalar kiradi.
Masalan: daryo, iqlim, tabiat zonasi, iqtisodiy tuman va xakozo. Umumiy tushunchlar mazmuni ta’rif berish va ularga xos bo’lgan belgilarni aniqlash jarayonida kelib chiqadi. Yakka tushunchalar, yakka ob’ekt va hodisa haqidagi geografik nom bilan ataluvchi tushunchadir. Masalan, Oltoy tog’lari, Amudrayo, Pomir, Markaziy Osiyo hududi, Frantsiya Respublikasi, Afg’oniston va hakozo.
Yakka (mintaqaviy) tushunchalar o’zida xos yig’ma tushunchalardan iborat bo’ladi. Masalan: “Osiyo” yakka tushunchasi o’z ichiga juda ko’p yakka tushunchalarni oladi. “Osiyo tog’lari”, “Osiyo iqlimi”, “Osiyo daryolari”, “Osiyo qo’llari” va xakozo. Yakka tushunchalar mazmuni ularga geografik ta’rif berish orqali ochiladi. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq vaqt va murakkab jarayon.
Tushunchalarni egallash uning negizida yangi tushunchalarni egallash uchun asbob bo’lib xizmat qiladi va tushnchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik o’rnatishni ta’minlaydi.
Tushunchani egallash deganda: uning mazmunini, hamda u bilan bog’liq bo’lgan tasavvurlarni egallashga tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha o’quvchilar ongida turlicha usullar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni har bir narsa, voqea, hodisa mazmunini belgilaydi.
Geografik tushunchalarni egallashning eng asosiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi.
Tushunchalarni shakllantirish bosqichlari va yo’llari.
Tushunchani shakllantirish yo’llari.


Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling